XALQ TA’LIMI XODIMLARINI QAYTA TAYYORLASH VA ULARNING MALAKASINI OSHIRISH HUDUDIY MARKAZI

Markaz direktori: Filologiya fanlari nomzodi, dotsent:

Ernazarova Gulnoza Xamrayevna

Telefon: +99875 221-15-08

Elektron manzil: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.  

Web-sayt: http://qashqadaryomoi.uz/index.php/uz/ 

 

Xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi 1952 yilda Qarshi shahrida tashkil etilgan. 1985 yilda viloyat pedagogik xodimlar malakasini oshirish instituti, 1993 yilda viloyat xalq ta'limi xodimlari malakasini oshirish instituti maqomlari berilgan. 2005 yilda institut viloyat xalq ta'limi pedagog xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti, 2015 yildan boshlab, Qashqadaryo viloyati xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish institute, 2017 yilda esa qarshi davlar universiteti huzuridagi xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi deb nomlanmoqda.

Malaka oshirish markazi tarkibida 6 kafedra:

Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar kafedrasi,

Pedagogika, psixologiya va ta’lim menejmenti kafedrasi,

Maktabgacha, boshlang‘ich va maxsus fanlar kafedrasi,

Tabiiy va aniq fanlar kafedrasi,

Amaliy va maktabdan tashqari ta’lim kafedrasi,

Til va adabiyot ta’limi kafedrasi mavjud.

Malaka oshirish markazi tarkibida qo‘yidagi bo‘limlar mavjud:

O‘quv jarayonini tashkil etish bo‘limi,

Masofadan o‘qitishni hududiy muvofiqlashtirish bo‘limi,

Qayta tayyorlash va malaka oshirish ta’limi jarayonini monitoring qilish va sifatini baholash bo‘limi,

Ilg‘or pedagogik texnologiyalari va tajribalarni joriy etish bo‘limi,

Kadrlar bo‘limi,

Umumiy bo‘lim va arxiv,

Axborot-resuris markazi

Xo‘jalik ishlari bo‘limi

Markazga turli yillarda Xanafiy Sayfullin, Nabi Turdiyev, Abdulla Fattayev, Sattor Saidov, Said sa’dullayev, Suyar Toshev, Ismat Xudayberdiyevlar rahbarlik qilgan.

2015-yil iyul oyidan boshlab filologiya fanlari nomzodi, dotsent Ernazarova Gulnoza Xamrayevna rahbarlik qilmoqda.

Malaka oshirish markazida ilmiy-tadqiqot ishlarini rivojlantirishga alohida etibor qaratilgan. Malaka oshirish markazi jamoasi tomonidan malaka oshirish ta’limining turli muammolari hamda umumpedagogik yo‘nalishlar bo‘yicha ilmiy-metodik tadqiqotlar, izlanishlar olib borilmoqda.

Malaka oshirish markazida tinglovchilarni qabul qilish qamrovi yildan-yilga oshib bormoqda. Malaka oshirgan tinglovchilar soni 1960 yillarda 3500-4000 nafarni, 1990 yillarda 4500-6000 nafarni tashkil etgan bo‘lsa, bugunga kelib malaka oshirayotganlar soni 8000 nafardan oshdi. Institut Jahon banki, Osiyo taraqqiyot banki, Birlashgan Millatlar Tashkiloti, YUNISEF tashkilotining hamkorlik dasturlarida ishtirok etib kelmoqda.

JoomShaper