KIMYO KAFEDRASI

Ovozlar reytingi:  / 3
SayozZo'r 
Ko'rishlar soni: 7590

Kafedra mudiri: kimyo fanlari nomzodi,

dotsent Kamolov Luqmon Sirojiddinovich

Telefon: (+99891) 951-68-48

Elektron manzili: kamolov.luqmon@mail.ru

 

 

 

Kafedra tarixi

Kimyo kafedrasi 1964-yilda tashkil etilgan. O‘tgan davr mobaynida dastlab kafedraga prof Q.Shodmonov, dots. N.Boboqulov, dots. E.Yoqubov, dots.I.Naxatov, dots. M.J. Qurbonov kafedra mudiri lavozimida faoliyat ko‘rsatgan. Hozirgi kunda “Kimyo” kafedrasini dotsent Kamolov Luqmon Sirojiddinovich faoliyat ko‘rsatmoqda.

Kafedrada 9 nafar fan nomzodi, shundan 4 nafar  dotsent, 5 nafar katta o‘qituvchi va 13 nafar assistent-o‘qituvchilar  faoliyat ko‘rsatadi. Ilmiy salohiyat – 41 % ni tashkil etadi

Kafedrada 5140500 - Kimyo yo‘nalishi va 5A140501-Kimyo (yo‘nalishlar bo‘yicha),5A 140503-neft va  gaz kimyosi  va texnologiyasi magistratura mutaxassisligi bo‘yicha kadrlar tayyorlanmoqda hamda 02.00.03-Organik kimyo, 02.00.03- Organik kimyo, 02.00.14 - Organik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi mutaxassisliklari bo‘yicha tayanch doktoranturalar mavjud.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 20-maydagi “Oliy ta’lim muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash sifatini tubdan yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-1533-sonli qarori asosida Qarshi davlat universitetda o‘quv laboratoriyalar zamonaviy asbob uskunalar bilan jihozlandi.

Kafedra o‘qituvchisi Choriyev Azimjon Uralovich 2017 yil “Almashingan metoksifenollarni xloratsetillash va xloratsetil mahsulotlar asosida sintezlar” mavzusida 02.00.03 - Organik kimyo mutaxassisligi bo‘yicha falsafa fanlari doktori (PhD) ilmiy darajasini oldi.

Kafedra o‘qituvchisi Berdimurodov Elyor Tuxliyevich 2018 yil “Kukurbit [n] urillar va tioglikolurillarning po‘lat korroziyasini ingibirlash mexanizmini fizik-kimyoviy o‘rganish” mavzusida 02.00.04 – Fizikaviy kimyo mutaxassisligi bo‘yicha falsafa fanlari doktori (PhD) ilmiy darajasini oldi.

Kimyo kafedrasida xalqaro aloqalarni kuchaytirish maqsadida Xitoy Xalq Respublikasining iyanzin Universitetida kafedra o‘qituvchisi E.Berdimurodov 1 yil davomida stajirovkada bo‘ldi. 2017 yilning noyabir oyida kimyo kafedrasi Janubiy Koreya respublikasinining Xanbat Milliy Universitetining “Nanomaterial” lar laboratoriyasi boshlig‘i professor Von San Choi bilan 5 yillik hamkorlik sharnomasini imzoladi. Hamkorlik 5 yilga mo‘ljallangan bo‘lib, bu vaqt oralig‘ida kadrlar tayyorlash, professor-o‘qituvchilar bilan o‘zaro tajriba almashinish, nanomateriallarni o‘rganish, ilmiy seminar va konferensiyalar tashkil etish rejalashtirilgan. Shu bilan birga keyingi o‘quv yilida (01.03.2018-01.03.2019) vaqt oralig‘ida kimyo kafedra o‘qituvchisi E.Berdimurodovni Xanbat Milliy Universitetining “Nanomaterial” lar laboratoriyasida stajirovka o‘tash uchun yuborish ko‘zda tutilgan.

Kafedrada o‘qitilayotgan fanlar

Bakalavriat:

5A 140503-neft va gaz kimyosi va texnologiyasi mutaxassisligi bo‘yicha

Kafedra professor- o‘qituvchilari: 

Kafedrada olib borilayotgan ilmiy-uslubiy ishlar: 

Kimyo kafedrasida laboratoriya mashg‘uloti

 

Kafedra manzili: Qarshi shahar Ko‘chabog‘ ko‘chasi 17-uy