0 (375) 225 - 34 - 13               

 

01 / 06

QARSHI DU

QDU

QARSHI DU
02 / 06
03 / 06
04 / 06
05 / 06
06 / 06

BIOLOGIYA KAFEDRASI

Ovozlar reytingi:  / 1
SayozZo'r 

Kafedra mudiri: biologiya fanlari nomzodi, dotsent

Xo‘jamqulov Bahrom Eshboyevich

Telefon: (+998 91) 597-60-54

Elektron manzili:  xujamqulovbahrom@umail.uz

 

 Kafedra tarixi

Biologiya kafedrasi 2014 yil iyun oyida Botanika va Zoologiya kafedralari negizida tashkil etilgan. 

Kafedra “Janubiy O‘zbekiston florasi va faunasini majmuali o‘rganish” va   “Noyob o‘simlik turlarini introduksiya qilish” borasida       ilmiy tadqiqot ishlari olib boradi. Ushbu yo‘nalishda respublika miqyosida bir necha marta ilmiy-amaliy anjumanlar tashkil etildi. 

Ayni paytda biologiya kafedrasida ikki nafar fan doktori, professorlar, 4 nafar fan nomzodi dotsentlar. 5 nafar fan nomzodi, katta o‘qituvchilar, 8 nafar o‘qituvchilar faoliyat olib boradilar. Barcha o‘qituvchilar magistirlik darajasiga ega bo‘lib o‘z yo‘nalishlari bo‘yicha samarali ilmiy tadqiqot ishlari olib bormoqdalar. 

Professor L.Yoziyev “Janubiy O‘zbekiston daraxt va butalar introduksiyasi bilan shug‘ullanuvchi respublikada yetakchi olim sanaladi. Uning shu sohadagi 200 dan ortiq ilmiy va uslubiy ishlari nashr etilgan. Xususan, “Itogi introduksii drevesnix rasteniy v Yujniy Uzbekistan”, “Introduksiya bolotnogo kiparisa i metasekvoyi v Uzbekistan”, “Janubiy O‘zbekistonda Meliya daraxtini iqlimlashtirish natijalari”, “Introduksiya nekotorix drevesnix predstaviteley sem. Fabaceae Lindl. v usloviyax Karshinskogo oazisa” monografiyalari chop etilgan. Bugungi kunda professor L. Yoziyev rahbarligida ITD-9-18 “Yuksak manzarali ekzotik daraxt, butalar va noyob gullarni Qarshi sharoitiga introduksiya qilish, ularni ko‘paytirish metodlari va parvarishlash agrotexnikasini ishlab chiqish” mavzusi bo‘yicha ilmiy amaliy loyiha faoliyat ko‘rsatmoqda.. Kafedra professori S.Mustafayevning “Odnoletniye boboviye yuga Uzbekistana”, “Dikorastushiye boboviye rasteniya – istochnik kormovix resursov”, “Xozyaystvennoye ispolzovaniye bobovix prirodnoy flori” nomli monografiyalari, “Botanika”, “Umumiy ekologiya” (A.O‘roqov bilan hamkorlikda), “Tabiiy bilimlar zamonaviy konsepsiyasi” nomli darsliklari, “O‘simliklar sistematikasi” (SH.Samadova bilan hamkorlikda), “Botanika” “Sitologiya” nomli o‘quv qo‘llanmalari chop etilgan.

Kafedra dotsenti B.Xo‘jamqulov “Hisor Davlat qo‘riqxonasi O‘rta Osiyo tog‘ tabiati andozasi”, “Tok kasalliklari va ularga qarshi kurash” risolalari, Geobotanika o‘quv qo‘lanmasini chop etigan. Kafedra dotsenti B. Boysunovning “Janubiy O‘zbekistonda Meliya daraxtini iqlimlashtirish natijalari” nomli monografiyasi, “Biologiyada matematik usullar” nomli o‘quv-uslubiy qo‘llanmasi chop etilgan. 

SH. Samatovaning “Kanni v usloviyax Karshinskogo oazisa” nomli monografiyasi nashr etilgan. Kafedra dotsenti J.Berdiyevning «Integrirovanniye meri protiv vrediteley yabloni na yuge Uzbekistana» nomli monografiyasi chop etilgan. Shunindek B.Xujamqulov va M.Nasridinovalarnig “O‘zbekistonning foydali o‘simliklar”, R.Choriyev va B.Xujamqulovlarning “Genetikadan mashq va masalar yechish” uslubiy qo‘llanmalari nashr etildi.

Kafedra olimlari tomonidan o‘tkazilgan respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi qatnashchilari 

Kafedrada Janubiy O‘zbekistonning hayvonot dunyosi bo‘yicha ilmiy tadqiqot ishlari olib borayotgan olimlaridan  dotsent G‘. Bobonazarov 3 ta risola va patent olgan,  dotsent A.O‘roqov 3 ta, dots. J. Berdiyev 2 ta risolalar nashr ettirishgan. Bu soha olimlarining yo‘nalishi chorva mollarida uchraydigan parazitlarni  o‘rganishga qaratilgan. Kafedraning barcha o‘qituvchilari doktorlik  ilmiy darajasini olish uchun ilmiy tadqiqot ishlari olib bormoqdalar. 

Kafedra O‘zR FA Botanika va Zoologiya instituti, O‘zMU, SamDU, TDTU, GulDU, TerDU, BuxDU kabi oliy ta’lim muassasalari bilan uzoq yillardan buyon ilmiy hamkorlik qilib keladi. 

Kafedrada 5141100 – «Biologiya» ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha (botanika, zoologiya),  2017-2018 o‘quv yilidan boshlab gidrobiologiya-ixtiologiya yo‘nalishi bo‘yicha ham  magistratura  mutaxassisligi tashkil etildi. Kafedrada ta’lim olayotgan barcha magistrlar kafedrada olib borilayotgan ilmiy tadqiqot yo‘nalishiga mos ravishda magistrlik ishlarini bajarmoqdalar. Kafedraning 3 nafar talabasi Respublika fan olimpiadasida biologiya bo‘yicha birinchi o‘rinni olganlar. Bular Avliyoqulova,  Norqobilova Zarina, Kattaboyeva Gulnoza. Shuningdek kafedra professor-o‘qituvchilari Bo‘ronova Muhayyo rahbarligida Hamrayeva Ma’mura Ulug‘bek davlat stependiyasiga, Kattaboyeva Gulnoza I.Karimov nomidagi stependiyaga sazovar bo‘ldilar. 

  

Kafedra 2018 yil may oyiga “O‘simliklar olami bioxilma-xiligi”ga bag‘ishlangan Respublika ilmiy amaliy anjumanini o‘tkazishni rejalashtirganlar. Kafedra qoshida 308, 309 xonalarga laboratoriya mashg‘ulotlari olib borish  maqsadida chet eldan 32 turdagi zomonaviy o‘quv jihozlari keltirildi. Bu esa bugungi kunda fan sirlarini amaliy mashg‘ulot sifatida talabalarga yetkazishda katta ko‘mak bermoqda. 

Kafedraning ilmiy darajali professor-o‘qituvchilari: 

Yoziyev Lutfullo Habibullayevich            b.f.d., prof 

Mustafayev Samadullo Murtozayevich      b.f.d., prof 

Xo‘jamqulov Bahrom Eshboyevich                b.f.n., dots. 

Bobonazarov G‘appor Yodgarovich               b.f.n., dots. 

O‘roqov Salom                                              b.f.n., dots. 

Berdiyev Jo‘ra Xursandovich                     q.x.f.n., dots. 

Boysunov Bobur Xidirovich            b.f.n., dots.v.b. 

Samatova Shohista Azamatovna             b.f.n 

Davronov Barno Orziyevich                                   b.f.n 

Ro‘ziyev Baxtiyor Xushmurodovich                        b.f.n 

Raxmatullayev Alimardon  Yusupovich    b.f.n 

SHerqulova Jamila Poyonovna                   PhD 

 

Kafedra manzili: Bosh bino  3-qavat  A 312-xona

________________________________________________________________

© Qarshi davlat universiteti  www.qarshidu.uz 

________________________________________________________________