0 (375) 225 - 34 - 13               

 

01 / 06

QARSHI DU

QDU

QARSHI DU
02 / 06
03 / 06
04 / 06
05 / 06
06 / 06

Karimov Fondi xorij oliygohlarida tahsil olish uchun yangi grantlar tanlovini e’lon qiladi

Ovozlar reytingi:  / 1
SayozZo'r 

Karimov Fondi O‘zbekistonning iqtidorli va iste’dodli yigit-qizlari o‘rtasida xorijiy oliy ta’lim muassasalarida tahsil olish uchun uchinchi grantlar tanlovini mamnuniyat bilan e’lon qiladi. Karimov Fondining yangi ta’lim grantlari quyidagi mutaxassisliklar bo‘yicha Yevropaning oliy ta’lim muassasalarida magistratura bosqichida tahsil olish imkonini beradi:

Qayta tiklanuvchan energiya manbalari;

Kimyo. Kimyo texnologiyasi;

Suv va yer resurslarini boshqarish;

Mashinasozlik texnologiyalari;

Arxitektura. Bino va inshootlarni qurish;

Avtomobil yo‘llari, ko‘priklar, tonnellar, yo‘l o‘tkazgichlar va aerodromlarni loyihalash va qurish;

Tekstil sanoati texnologiyalari va uskunalari;

Turizm xizmatlarini tashkil etish va boshqarish;

Axborot xizmatlari va jamoatchilik bilan aloqalar;

Tanlovda ingliz, nemis yoki fransuz tillarini a’lo darajada bilgan, O‘zbekiston yoki chet el oliy ta’lim muassasasini bitirgan yoki uning so‘nggi kursida tahsil olayotgan, yoshi 35dan oshmagan O‘zbekiston fuqarolari ishtirok etishi mumkin.

Grant sovrindorlarining chet elda tahsil olish va yashash xarajatlari (2 yilgacha) Fond tomonidan moliyalashtiriladi.

Tanlovda ishtirok etish uchun hujjatlar onlayn qabul qilinadi:

https://goo.gl/forms/vNSA6KLY2JDOA86h1

(ro‘yxatdan o‘tish uchun ko‘rsatilgan havola 2018 yil 5 noyabrdan 24 noyabrgacha amalda bo‘ladi)

Tanlovda ishtirok etish uchun taqdim etiladigan hujjatlar ro‘yxati:

Fond tomonidan tasdiqlangan shakldagi tanlovda ishtirok etishga ariza;

tanlov ishtirokchisining shaxsiy anketasi;

tanlov ishtirokchisi tomonidan imzolangan «Chet el oliy ta’lim muassasalarida magistrlik dasturi bo‘yicha tahsil olish uchun Karimov fondi grantini olish bo‘yicha o‘tkaziladigan  III-tanlov Nizomi» Ko‘chirmasi;

oliy ta’lim muassasasi rektori (tashkilot, korxona, muassasa rahbari) nomidan tanlovda munosib nomzod sifatida ishtirok etishi to‘g‘risidagi Tavsiyanoma yoki oliy ta’lim muassasasidan oxirgi bosqichda muvaffaqiyatli tahsil olayotganligi to‘g‘risida ma’lumotnoma;

pasport rangli nusxasi;

oliy ta’lim muassasasini bitirganligi to‘g‘risidagi Diplom nusxasi.

Tanlov to‘g‘risidagi yangiliklar va taqdim etiladigan hujjatlar namunalari Karimov Fondi grantlariga bag‘ishlangan maxsus telegram-kanalda havola etilgan: https://t.me/GrantFondKarimov

Diqqat!!!

Hujjatlar topshirish muddati cheklangan – 2018-yil 5-noyabrdan – 24-noyabrgacha.

Batafsil ma’lumot uchun telefonlar:

+99871 2373420, +99871 2373813

e-mail: info@fondkarimov.uz

________________________________________________________________

© Qarshi davlat universiteti  www.qarshidu.uz 

________________________________________________________________