“Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va optimallashtirishning dolzarb muammolari”

“Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va optimallashtirishning dolzarb muammolari” mavzusidagi Xalqaro ilmiy-texnik konferensiyaning

AXBOROT XATI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 21 martdagi PQ-1730 – sonli “Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarin yanada joriy etish va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 13 fevraldagi 126-F-sonli farmoyishiga ko‘ra hamda 2017 yil “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” deb e’lon qilinganligidan kelib chiqib, Qarshi davlat universitetida 2017 yil 17-18 noyabr kunlari “Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va optimallashtirishning dolzarb muammolari” mavzusidagi Xalqaro ilmiy-texnik konferensiya o‘tkaziladi. 

Konferensiyaning maqsadi: Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishlarni va ularni boshqarish tizimini matematik, informatsion, algoritmik i mashina ta’minotini yaratish. Optimallashtirish muammosini hal qilish, texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishlarni formallashtirish va algoritmlashtirishning yagona konsepsiyasi asosida ularni optimal  boshqarish algoritmlarini yaratish hamda mavjud texnologiyalarni rivojlantirishning ilmiy-metodik asoslarini ishlab chiqish. 

KONFERENSIYANING ASOSIY YO‘NALISHLARI:

  • Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishlarni avtomatlashtirish va boshqarish;
  • Optimallashtirish muammolari, boshqarishda modellashtirish va algoritmlash;
  • Matematik va kompyuterli modellashtirish;
  • Ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni modellashtirish va boshqarish;
  • Texnikada, iqtisodiyotda, meditsinada, biologiyada va ijtimoiy tizimlarda axborot texnologiyalari;
  • Qayta tiklanadigan energiya turlarini rivojlantirish muammolari;
  • Energiyatejamkorlik, energiyasamaradorlik va energiyamenejment muammolari;
  • Transport logistikasida optimallashtirish metodlari;
  • OTMlarida modulli o‘qitishning zamonaviy texnologiyalari;
  • OTMlarida innovatsion va o‘rgatuvchi texnologiyalar.

Konferensiyaga taqdim etiladigan ilmiy maqolalarga talablar:

- ilmiy maqolalar konferensiya yo‘nalishlariga oid dolzarb mavzularda, ilmiy tahlil va tugallangan fikrlar asosida, ilmiy taklif va tavsiyalar bilan taqdim etilishi lozim;

- konferensiya materiallari o‘zbek, rus va ingliz tillarida taqdim etilishi mumkin;

- har bir maqola kirish qismidan oldin annotatsiya va kalit so‘zlar bo‘lishi lozim (annotatsiya va kalit so‘zlar maqola yozilgan tilda berilishi lozim).

 - har bir maqola to‘rt qismdan tashkil topishi lozim:

Kirish.

Asosiy qism.

Xulosa.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati.

- ilmiy maqolalar matnlari tahrir qilingan holda A-4 o‘lchovidagi qog‘ozga, yuqoridan va pastdan 2 sm., chapdan 3 sm., o‘ngdan 1.5 sm. joy qoldirib, rasmiylashtiriladi. Maqolaning nomi, bir qator tashlab, keyingi qatordan muallifning familiyasi, ismi va sharifi yoziladi. Yangi qatordan esa maqola muallifi ishlaydigan tashkiloti nomi, lavozimi  va muallifning elektron manzili ko‘rsatiladi. So‘ngra 1 interval qoldirilib, maqola annotatsiyasi, yangi qatordan tayanch so‘zlar va bir intervaldan so‘ng o‘rtadan kirish va yangi qatordan maqolaning mazmuni 1 intervalli qatorlarda yoziladi. Matnning elektron nusxasi MS Word dasturida, Times New Roman shriftida, 14 kegel kattaligida, ilmiy maqolalar 5-6 betgacha hajmda bo‘lishi lozim. Matematik formulalar MathType yoki Equation dan foydalanilgan holda kiritiladi. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati matn oxirida beriladi.

Konferensiya tili: o‘zbek, rus va ingliz.

Konferensiyada qatnashish uchun ishtirokchilar 2017 yil 15 sentabrdan  qarshidu.uzsaytidan ro‘yxatdan o‘tishlari va 2017 yil 15 oktabrgacha belgilangan tartibda maqolalarni This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it. elektron pochtasiga  jo‘natishingiz shart.

Maxsus ekspertlar tomonidan konferensiya talabiga mos kelmagan maqolalar dasturga va materiallar to‘plamiga kiritilmaydi. Yuborilgan maqolalar mualliflarga qaytarilmaydi.

Maqolalar konferensiya tashkiliy qo‘mitasi tomonidan tashkil etilgan tahririyat guruhi tomonidan ko‘rib chiqilib, talablarga javob beradigan maqolalar dasturga va maqolalar to‘plamiga kiritiladi.

Tahrirdan o‘tgan maqolalar anjuman materiallari to‘plamida chop etiladi.

Tashkiliy qo‘mita manzili:Qarshi davlat universiteti. O‘zbekiston Respublikasi, Qarshi shahri, Ko‘chabog‘ ko‘chasi, 17-uy. Tel.: 0(375) 221 00 56, faks: 0(375) 221 21 28. Batafsil ma’lumot qarshidu.uz saytida berilgan. 

JoomShaper