01 / 07
02 / 07
03 / 07
04 / 07
05 / 07
06 / 07
07 / 07

YANGI YIL BAYRAMI TABRIGI

 B.A.SHOIMQULOV,

universitet rektori 

Muhtaram professor-o‘qituvchilar, aziz talabalar, qadrli ishchi-xizmatchilar!

O‘z fayzu tarovati, sururbaxsh lahzalari bilan ko‘ngillarni shodlikka burkab tashrif buyurayotgan Yangi yil bayrami barchangizga qutlug‘ bo‘lsin!

Har gal Yangi yil tashrifida bosib o‘tilgan eski yilga bir qur nazar tashlanadi, undagi yutuq va kamchiliklar sarhisob qilinadi. Shuni faxr bilan ayta olamizki, ortda qoldirilgan yana bir taqvimiy yil biz uchun ulkan yutuqlarga boy bo‘ldi. O‘tib borayotgan yil har birimizning xotiramizda, qalblarimizda uzoq qoladigan yil bo‘ldi, desak xato qilmaymiz. Chunki joriy yil mamnuniyat bilan eslanadigan, jumladan, ijtimoiy-iqtisodiy sohalarda zalvorli qadam, yuksalish yo‘lida katta odim sifatida yuksak baholanadigan taassurotlarga boy yil bo‘ldi.

O‘tgan yil mobaynida Respublikamiz miqyosida har bir sohada katta yutuqlar qo‘lga kiritildi. Xususan, asosiy vazifamiz bo‘lgan kadrlar tayyorlashdagi va fan-texnika taraqqiyotidagi ishtirokimiz ham tugab borayotgan yilda sezilarli darajada ilgari siljidi. Universitet o‘quv-uslubiy bazasini mustahkamlash va takomillashtirish borasida amalga oshirilgan ishlarimiz orasida quyidagilarni alohida ta’kidlashni lozim topaman:

– Bugungi kunda universitetimizda 10 ta nomdagi laboratoriyalar mavjud bo‘lib, ularga 14 ta auditoriya ajratilgan va laboratoriya jihozlarining ishlashi uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan. Jroiy yil davomida ushbu laboratoriyalar moddiy texnik bazasini zamonaviylashtirish maqsadida ularning 5 tasi (Fizika, Kimyo, Bialogiya, Gidravlika va Tuproqshunoslik) yangi mebel va tegishli jihozlar bilan 100% ta’minlandi;

– O‘tgan davr mobaynida o‘quv auditoriyalari to‘liq multimediya, axborot texnologiyalari anjomlari bilan ta’minlandi. Bugunga kelib universitetimizdagi yangi kompyuterlar soni 1000 dan ortdi, ularning aksariyati internet tarmog‘iga ulangan. 100 dan ortiq proyektor, orgtexnika va audio apparatlar o‘quv jarayoniga shay qilib qo‘yilgan. Shuningdek, 45 o‘ringa ega 3 ta chet tilini o‘rganish bo‘yicha lingofon sinflari ham til o‘rganuvchilar uchun hozirlab qo‘yilgan. Bundan tashqari, joriy yilda ta’lim sifatini oshirish uchun 100 dan ortiq auditoriyalarni “on-line” tizimda kuzatib borish va tahlil qilish yo‘lga qo‘yildi. Keyingi yillarda universitetdagi barcha auditoriyalarga videokuzatuv kameralarini o‘rnatish rejalashtirilgan;

– Ushbu yilda ta’limning quyi bo‘g‘inlari bilan integratsiya jarayonlari kuchaytirishga jiddiy e’tibor qaratildi. Buning yorqin misoli sifatida Oliy ta’lim muassasalrida maxsus sirtqi bo‘limlarining tashkil etilishini aytish mumkin. 2017 yil 9 avgustda qabul qilingan “Oliy ta’lim muassasalarida pedagogika yo‘nalishida maxsus sirtqi bo‘limlarni tashkil etish to‘g‘risida”gi PQ-3183-son qarori asosida universitetimizda faoliyat boshlagan Maxsus sirtqi bo‘limda 7 ta bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha 1000 ta malakali pedagog kadrlar tayyorlanmoqda;

– Ilmiy sohada professor-o‘qituvchilarimizning innovatsion loyihalar bo‘yicha olib borayotgan tadqiqotlari, ilmiy maqola, monografiya, darslik va o‘quv qo‘llanmalari sifat va miqdor ko‘rsatkichlari yildan yilga o‘sib borayotgani quvonarli holdir. Umumiy sarhisob qilganda, joriy yilda universitetimiz professor-o‘qituvchilari tomonidan respublika va xalqaro miqyosda 2276 ta o‘quv va o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar, ilmiy maqola, konferensiya materiallari va tezislar chop qilindi. Albatta, bunday natijalar kishini quvontirmay qolmaydi. Eng muhimi, bu ko‘rsatkichlar universitetda ilmiy-tadqiqot ishlarining jadallashishi uchun xizmat qiladi. Bundan tashqari, ularning ayrimlari eng yaxshi darslik va o‘quv qo‘llanmasi sifatida vazirlik, tegishli kengashlar va mamlakatimiz oliy ta’lim muassasalaridagi mutaxassislar tomonidan e’tirof etildi;

– 2017 yilda o‘tgan yillarga nisbatan ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash samaradorligi ham ma’lum darajada o‘sdi. Joriy yilda universitetimizda 2 ta fan doktori (DSc) va 6 ta falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiyalar himoya qilindi. Qolaversa, hozirda universitet professor-o‘qituvchilari, doktorant va mustaqil tadqiqotchilaridan yana 8 kishi dissertatsiyalarini yakunladilar hamda tegishli Ilmiy kengashlarga topshirib, himoya arafasida turibdilar;

– Universitetimiz iqtidorli talabalari ham 2016-2017 o‘quv yili davomida qator yutuqlarni qo‘lga kiritdilar. Turli yo‘nalishlar bo‘yicha o‘nga yaqin iqtidorli talabalarimiz Talabalar Respublika fan olimpiadasida faol ishtirok etib, faxrli o‘rinlarni qo‘lga kiritdilar. Besh nafar talabamiz esa tasviriy san’at va muhandislik grafikasi yo‘nalishi bo‘yicha Xalqaro ko‘rgazma va tanlovlarda g‘oliblikni qo‘lga kiritidi. Shu bilan birga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat stipendiyalari va Davlat stipendiyalariga o‘tkazilgan tanlovda iqtidorli talabalarimizdan 4 nafari Navoiy nomidagi Davlat stipendiyasi, Ulug‘bek nomidagi Davlat stipendiyasi va Islom Karimov nomidagi Davlat stipendiyasiga munosib ko‘rildilar.

Bir so‘z bilan aytganda, farzandlarimizni vatanparvarlik, buyuk ajdodlarimizning ezgulik g‘oyalariga yo‘g‘rilgan an’analariga sodiqlik ruhida, barkamol avlod qilib tarbiyalashda faol ishtirokimiz faxrli mehnatimiz mazmunini tashkil etmoqda.

Ayni kunlarda hukumatimiz rahbariyati tomonidan qabul qilinayotgan qator farmon va qarorlar, amalga oshirilayotgan islohotlar mamlakatimiz taraqqiyoti hamda xalqimiz turmush darajasining yanada yaxshilanishi uchun munosib xizmat qilishi shubhasiz. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 20 apreldagi “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2909-sonli qaroriga muvofiq professor-o‘qituvchilarimizning xorijiy OTMlarda malaka oshirishi, ilmiy-tadqiqotchilarimizning PhD doktorlik dasturlarida tahsil olishi, talabalar alamashinuvini yo‘lga qo‘yish maqsadida Koreyaning Xanbat Milliy universiteti bilan ikkitomonlama memorandum imzoladik. Bu kelgusida ta’lim-tarbiya sohasida, ilmiy sohada, umuman, faoliyatimizning barcha jabhasida bizning zimmamizga katta mas’uliyat yuklaydi. Ishonchim komilki, bunday sharafli vazifalarni ado etishda yangi 2018 yilda ham yuksak namunalar ko‘rsata olamiz.

Yana bir bor kirib kelayotgan Yangi yil – ezgu orzu-niyatlar bayrami bilan qutlab, Sizga sog‘lik-salomatlik, oilangizga tinchlik-totuvlik, ilmiy va ijodiy faoliyatingizda ulkan zafarlar tilayman!

 

 

 

JoomShaper