0 (375) 225 - 34 - 13               

 

QARSHI DU ARM FOK LABORATORY LANGUAGES TTJ JARAYON MARAFON MASTER OBOD 02 03 04 05 07
01 / 15

QARSHI DU

QARSHI DU

QDU

QARSHI DU
QARSHI DAVLAT UNIVERSITETI
02 / 15

ARM

03 / 15

FOK

04 / 15

LABORATORY

05 / 15

LANGUAGES

06 / 15

TTJ

TTJ

07 / 15

JARAYON

08 / 15

MARAFON

09 / 15

MASTER

MAGISTRATURA

10 / 15

OBOD

OBOD

11 / 15

02

12 / 15

03

13 / 15

04

14 / 15

QarshiDU

05

QarshiDU
15 / 15

07

Odam savdosi va terrorizmga qarshi kurashish-davr talabi

Ovozlar reytingi:  / 0
SayozZo'r 

Qarshi davlat universiteti Fizika-matematika fakulteti Informatika o‘qitish metodikasi kafedrasida

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 3-maydagi “Yoshlar bilan ishlash samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4307-son Qarorida belgilab berilgan vazifalardan kelib chiqqan holda talaba-yoshlarning mafkuraviy immunitetini yanada mustahkamlash, ularni milliy g‘oya ruhida tarbiyalash masalasiga alohida e’tibor qaratish maqsadida “Odam savdosi va terrorizmga qarshi kurashish” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi. Tadbirda Qarshi shahar 1-sonli IIB boshlig‘ining o‘rinbosari mayor N.Qodirov, Qarshi shahar Jinoyat qidiruv, terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish bo‘lim boshlig‘i kapitan S.Bekkamov, Qarshi  shahar 3-sonli IIB xotin-qizlar masalalari bo‘yicha katta inspektor mayor Z.Rustamova, Qarshi  shahar 1-sonli IIB profilaktika inspektori leytenant O.Boboyev, Qarshi shahar “Mahallot” mahallasi jomye masjidi imom xatibi E.Sattorov, Fizika-matematika fakulteti Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan muovini A.Jo‘rayev, Informatika o‘qitish metodikasi kafedrasi mudiri dots.Q.Karimov, Informatika o‘qitish metodikasi kafedrasi o‘qituvchilari: 018-54-guruh murabbiyi B.Daminova, 018-55-guruh murabbiyi I.Tog‘ayev, 018-56-guruh murabbiyi N.Begmatova va talabalar ishtirok etishdi. Davra suhbatida so‘zga chiqqanlar, odam savdosi va uning salbiy oqibatlari, terrorizmga qarshi kurashishda ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarning amaliy ahamiyati haqida so‘z yuritdilar. Tinchlikni asrab-avaylashda avvalo, yoshlarni yot g‘oyalarga qarshi kurashish ruhida tarbiyalashimiz kerakligi, bunda bo‘lajak pedagoglarning o‘rni beqiyosligi xususida alohida to‘xtaldilar. Shuningdek, talaba-yoshlar ham tadbirda so‘z olib yuqoridagi salbiy illatlarga qarshi birgalikda kurashish va bu kurashning asosini ta’lim, bilim va fanni mukammal o‘zlashtirish va mustahkam egallash orqali amalga oshirilishi zarurligini ta’kidladilar.

Davra suhbati yakunida “Mehr operatsiyasi” hujjatli filmi namoyish etildi.

________________________________________________________________

© Qarshi davlat universiteti  www.qarshidu.uz 

________________________________________________________________