0 (375) 225 - 34 - 13               

 

01 / 06

QARSHI DU

QDU

QARSHI DU
02 / 06
03 / 06
04 / 06
05 / 06
06 / 06

O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 27 yilligi hamda 6 sentabr – “Kurash” milliy sport turi kuni munosabati bilan sport musobaqasi bo‘lib o‘tdi

Ovozlar reytingi:  / 0
SayozZo'r 

O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 27 yilligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 2 oktabrdagi “Kurash” milliy sport turini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi PQ-3306-son qaroriga muvofiq

2018 yil 14 sentabr kuni Qarshi davlat universiteti Sport sog‘lomlashtirish majmuasida universitet o‘g‘il-qiz talabalari o‘rtasida universitet birinchiligi  musobaqasi bo‘lib o‘tdi. Mazkur  musobaqada viloyat kurash federatsiyasi vakillari,  viloyatning faxriy kurashchilari, ommaviy axborot vositalari vakillari hamda universitet rahbariyati qatnashdilar.

Sport musobaqasi universitet rektori, professor B.Shoimqulov kirish so‘zi bilan boshlandi. U o‘z so‘zida kurash milliy sport turini yoshlar o‘rtasida yanada rivojlantirish hamda ommalashtirish, o‘sib kelayotgan avlodda milliy iftixor va vatanparvarlik tuyg‘usini mustahkamlash, shuningdek, jamiyatda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish va jahon sport maydonida yuqori natijalarga erishish uchun har bir yosh doimo aniq maqsad yo‘lida  intilish lozimligini ta’kidladi. Shundan so‘ng Davlat madhiyasi yangradi va musobaqaga start berildi. Musobaqada 48-90kg vazn toifasida talaba-yoshlar g‘oliblik uchun tatamiga chiqdilar. Har bir vazn toifasida murosasiz bahs kechdi. Ayniqsa tomoshabinlar tomonidan kurashchilarni tinimsiz ruhlantirilib turilishi musobaqaga yanada shiddat bag‘ishladi.

Natijalar quyidagicha bo‘ldi:

48 kg vazn toifasida qizlar o‘rtasida  Safarova Dilnoza 1 o‘rin, Ikromova Maftuna 2 o‘rin, Yaxshiboyeva Surayyo 3 o‘rin, Egamberdiyeva Elsevar 3 o‘rinni, 57 kg vazn toifasida qizlar o‘rtasida  Elamonova Navbahor 1 o‘rin, Bahromova Dinara 2 o‘rin, Eshonova Mo‘tabar 3 o‘rin, Sa’dullayeva Dilafruz 3 o‘rinnni, 66 kg vazn toifasida o‘g‘il bolalar  o‘rtasida Ahmedov Jaloliddin 1 o‘rin, Boyaliyev Furqat 2 o‘rin, Mamashev Fayzullo 3 o‘rin, Choriyev Uchqun 3 o‘rinni, 73 kg vazn toifasida o‘g‘il bolalar  o‘rtasida Karomatov Dovurxon 1 o‘rin, Baratov Odil 2 o‘rin, Abdushukurov Jamol 3 o‘rin, Davronov Olim 3 o‘rinni, 81 kg vazn toifasida o‘g‘il bolalar  o‘rtasida Tojiyev Arslon 1 o‘rin, Begimov Mansur 2 o‘rin, Abadov Odilbek
3 o‘rin, Saloyev Mirhojiddin 3 o‘rinni, 90 kg vazn toifasida o‘g‘il bolalar  o‘rtasida Kenjayev Anvar1 o‘rin, Toshtemirov O‘lmas 2 o‘rin, Samandarov Abbos 3 o‘rin, Quvvatov Jumageldilar 3 o‘rinlarni egalladilar.

Musobaqa so‘ngida g‘oliblarga universitet estalik sovg‘alari taqdim etildi.

 

 

________________________________________________________________

© Qarshi davlat universiteti  www.qarshidu.uz 

________________________________________________________________