0 (375) 225 - 34 - 13               

 

01 / 06

QARSHI DU

QDU

QARSHI DU
02 / 06
03 / 06
04 / 06
05 / 06
06 / 06

Xotin-qizlar uchun imkoniyatlar kaliti

Ovozlar reytingi:  / 1
SayozZo'r 

Mamlakatimiz taraqqiyoti va xalqimiz farovonligini yanada yuksaltirish yo‘lida izchillik bilan amalga oshirilayotgan islohotlar jarayonida xotin-qizlarning mavqeini yanada yuksaltirish, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash,

huquq va manfaatlarini himoya qilishga muhim ahamiyat qaratilmoqda. Zulfiya mukofotining joriy etilishi ham yurtimiz xotin-qizlarining ezgu intilishlarini ro‘yobga chiqarish borasida yaratilayotgan imkoniyatlarning bir ko‘rinishidir. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 13 avgustdagi “Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti komissiyasining yangilangan tarkibini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 650-son qarori ijrosi doirasida 2018 yil 10 sentabr kuni Qarshi davlat universiteti O‘zbek filologiyasi fakultetida Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sovrindorlari va talaba yoshlar o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.  Uchrashuvni universitet xotin-qizlar qo‘mitasi raisi G.Uzoqova kirish so‘zi bilan ochib, Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti ta’lim, fan, adabiyot, madaniyat, san’at, sport va jamoatchilik faoliyatida alohida yutuqlarga erishgan,  a’lo o‘qishi, faolligi bilan tengdoshlariga namuna bo‘layotgan qizlar safini tobora kengaytirish, ularni yuksak maqsadlar sari ruhlantirishda qanot bo‘layotganligini ta’kidladi.

Tadbirda O‘zbek filologiyasi fakulteti boshlang‘ich xotin-qizlar qo‘mitasi raisi, tilshunos olima Olima O‘rinova so‘zga chiqib, Zulfiyaxonim ijodini chuqur o‘rganish va anglash qizlarimizning ong va tafakkurining teranlashuvida, bilim doirasining kengayishida, axloq, odobida namuna maktabi bo‘lib xizmat qilishini alohida  e’tirof etdi.

Shuningdek, mazkur uchrashuv davomida Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sohibasi, Qarshi davlat universiteti  nemis tili o‘qituvchisi Maftuna Nodirova, Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti Respublika bosqichi ishtirokchisi, universitetning  O‘zbek tili va adabiyoti yo‘nalishi magistranti Shohsanam Bobojonovalar ham so‘zga chiqib, Zulfiya she’riyati muxlislari davrasi keng bo‘lib, undan barcha birdek bahramand bo‘la olishi, shoiraning hayot yo‘li o‘zbek qizlarini matonatli va sadoqatli bo‘lishida o‘rnak bo‘lishi, shoira ijodi yoshlarni vatanparvarlik, istiqlol g‘oyalariga sadoqat, mustaqillik bergan imkoniyatlarga shukronalik, milliy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalashda muhim omil bo‘lib xizmat qilishi xususida batafsil to‘xtalib o‘tishdi.

Tadbir qiziqarli savol-javoblar va o‘zaro muloqot ko‘rinishida ko‘tarinki ruhda bo‘lib o‘tdi.

________________________________________________________________

© Qarshi davlat universiteti  www.qarshidu.uz 

________________________________________________________________