01 / 06

QARSHI DU

QDU

QARSHI DU
02 / 06
03 / 06
04 / 06
05 / 06
06 / 06

Universitet Murabbiylar Kengashi tomonidan o‘quv seminar o‘tkazildi.

Ovozlar reytingi:  / 1
SayozZo'r 

2018-yil 29-avgust kuni universitet ma’ruzalar zalida Qarshi davlat universiteti Murabbiylar Kengashi tomonidan barcha akademik guruh murabbiylari ishtirokida 2018-2019-o‘quv yilida

murabbiylar tomonidan amalga oshirilayotgan vazifalar yuzasidan o‘quv seminar tashkil etildi. O‘quv seminarida Universitet Murabbiylar Kengashi  raisi, dotsent X.Maxmanova, O‘quv-uslubiy boshqarma boshlig‘i, dotsent N.Xolmirzayev, universitet psixologi A.Xusanov va O‘zbek filologiyasi fakulteti Murabbiylar Kengashi raisi N.Musulmonovalar ma’ruza qildilar. Ma’ruzachilar seminarda guruhlarda amalga oshiriladigan ma’naviy-ma’rifiy faoliyat, murabbiylik masalalari, guruh murabbiylarining yillik ish rejalarini tuzish va uning bajarilishi, guruh talabalarining psixologik portretini shakllantirish mezonlari hamda 1-kurs maktabi tadbirlarini o‘tkazish to‘g‘risida fikr yuritdilar.

Shuningdek, seminarda guruh murabbiylarining fikr-mulohazalari va takliflari eshitilib, ular tomonidan bildirilgan takliflar Murabbiylar Kengashi faoliyatida amaliy foydalanish haqida qarorlar qabul qilindi.