0 (375) 225 - 34 - 13               

 

01 / 06

QARSHI DU

QDU

QARSHI DU
02 / 06
03 / 06
04 / 06
05 / 06
06 / 06

ILMIY HAMKORLIK-TARAQQIYOT POYDEVORI

Ovozlar reytingi:  / 1
SayozZo'r 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 26 maydagi “2017-2021 yillarda qayta tiklanuvchi energetikani yanada rivojlantirish, iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohada energiya samaradorligini oshirish chora-tadbirlari

Dasturi to‘g‘risida”gi PQ-3012-sonli qaroriga muvofiq olib boriladigan ilmiy-tadqiqot va amaliy izlanishlarga o‘z e’tiborini qaratgan Qarshi davlat universiteti olimlari Yevropa ittifoqining “Erasmus” dasturi asosida bajariladigan ishlarga faol ishtirok etmoqdalar. Ulardan biri “RENES: Qayta tiklanuvchi energiya manbalari va barqaror atrof-muhit sohasida magistrlik dasturini ishlab chiqish” loyihasi hisoblanadi.

Loyiha grantxolderi-Italiyaning L`Akuila universiteti hisoblanib, uni amalga oshirishda Yevropaning 4 ta OTMlari ya’ni, Italiyaning L`Akuila Universiteti bosh koordinator, Germaniyaning Berlin Texnika Universiteti, Shvetsiya Texnologiya Qirolligi instituti, Bolgariyaning Sofiya Ximiya-texnologiya va metallurgiya Universiteti UCTM (BL) va O‘zbekistondagi  6 ta OTMlari hamda noakademik tashkilotlar ishtirok etmoqdalar.

Loyiha 3 yilga (2016-2019 yy.) mo‘ljallangan bo‘lib, uning maqsadi: O‘zbekiston davlat muassasalari, sanoati ekologik va energiya muammolarini mahalliy va mintaqaviy darajada hal qilishga ega bo‘lgan qayta tiklanuvchi energiya manbalari va barqaror atrof-muhit sohasidagi mutaxassis – muhandisning yangi profilini yaratishdan iborat.

Yuqorida zikr qilingan “RENES” loyihasini va unga quyilgan vazifalarni samarali amalga oshirish maqsadida univesitetda dots. A.A.Vardiyashvili boshchligida ishchi guruh shakllantirilgan.

RENES xalqaro loyihasiga muvofiq, joriy yilning 20-24 avgust kunlari Qarshi davlat universiteti fizika-matematika fakulteti “Kasbiy ta’lim” kafedrasida qayta tiklanadigan energiya manbalari laboratoriya uskunalarini kompyuter dasturi yordamida boshqarish va qurilmalarni ishlatish bo‘yicha “EDIBON” firmasining yetakchi  mutaxassisi Filipps Gretsiano tomonidan hamkor OTMlar loyiha ishtirokchilari uchun seminar tashkil etildi. Unda respublikaning 4 OTMlari ya’ni GulistonDU, UrganchDU, AndijonDU va ToshkentAYQLE institutidan ishtirokchilar qatnashishdi.

Mazkur loyiha doirasida Ispaniyaning “EDIBON” firmasi tomonidan “Kompyuterda boshqariladigan quyosh elektr energiya oluvchi qurilma”si va “Kompyuterda boshqariladigan quyoshdan issiqlik energiya oluvchi laboratoriya qurilma”lari o‘rnatilib, amaliy tajriba sinovlari o‘tkazildi.

RENES loyihasi bo‘yicha qayta tiklanuvchi energiya manbalari va barqaror atrof-muhit sohasidagi magistrlik dasturini ishlab chiqilishi va kompyuterda boshqariladigan qurilmalardan foydalanilgan holda amaliy ishlarni olib borilishi o‘z navbatida bu sohadagi mutaxassis-muhandislarning yangi profilini yaratishga xizmat qilib, yurtimiz ravnaqi yo‘lida muhim ahamiyat kasb etadi.

 

________________________________________________________________

© Qarshi davlat universiteti  www.qarshidu.uz 

________________________________________________________________