01 / 07
02 / 07
03 / 07
04 / 07
05 / 07
06 / 07
07 / 07

“Ustoz va shogird” an’anaviy tasviriy san’at asarlari ko’rgazmasi

Qarshi davlat universiteti Pedagogika fakulteti “Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi” kafedrasi tomonidan “Ustoz va shogird” deb nomlangan an’anaviy tasviriy san’at asarlari ko’rgazmasi tashkil etildi.

2018 yil 7 iyun kuni Qarshi davlat universitetida Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi yo’nalishi talabalari hamda professor-o’qituvchilari tomonidan yaratilgan tasviriy san’at asarlari ko’rgazmasining ochilish marosimi bo’lib o’tdi.  

“Ustoz va shogird” deb nom olgan ushbu ko’rgazma an’anaga aylangan bo’lib har yili muntazam o’tkazilib kelinmoqda.

Ko’rgazmani universitet ma’naviy-ma’rifiy ishlar prorektori Sh.Nuriddinov ochib berdi. 

Bu yilgi ko’rgazmaning ochilishida Janubiy Koreya Respublikasidan kelgan mehmonlar ham ishtirok etdilar. Xanbat Milliy universiteti Xalqaro aloqalar bo’limi boshlog’i Kang Hee Jeong, Xalqaro dasturlar koordinatori Hwang Sun-Poy va meditatsiya bo’yicha mutaxassis Baek Myong Ok ishtirok etishdi.  Kang Hee Jeong so’zga chiqib, Qarshi davlat universiteti hamda Xanbat Milliy universiteti o’rtasida 2017 yil 8 noyabrda imzolangan ikki tomonlama shartnomadagi bandlarni bajarilishining davomi sifatida kelajakda professor hamda  talabalar almashinuvi amalga  oshirilishi yo’lga qo’yilishini ta’kidladi. 

Kelajakda Qarshi davlat universiteti talabalari hamda professorlarining  Janubiy Koreyada borib o’qishlari hamda malaka oshirishlariga  imkoniyat bo’lishi to’g’risida gapirdi. Ko’rgazma ochilish marosimining so’nggi qismida mezbonlar va mehmonlar  esdalik sovg’alari bilan almashishdi. 

Koreyalik mehmonlar ko’rgazmada qo’yilgan asarlar bilan tanishishdi.Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi yo’nalishida tahsil olayotgan talabalar mehmonlar rasmlarini qalamtasvirda aks ettirdilar hamda ularga esdalik sifatida topshirishdi. 

Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi kafedrasi bilan hamisha hamkorlikda bo’lgan Qarshi san’at kolleji, Qarshi madaniyat va turizm kolleji, Shahrisabz pedagogika kolleji talabalari hamda o’qituvchilari ham ijodiy asarlari bilan ishtirok etishdi.

Ko’rgazma namoyishi 9 iyungacha davom etadi.