01 / 07
02 / 07
03 / 07
04 / 07
05 / 07
06 / 07
07 / 07

O‘zbekiston delegatsiyasining Sibir federal universitetiga tashrifi

Joriy yilning 29 may kuni O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalari vakillaridan iborat delegatsiya Sibir federal universitetiga tashrif buyurdi.

Tashrifdan ko‘zlangan maqsad ta’lim sohasidagi ikki tomonlama aloqalarni rivojlantirish istiqbollarini muhokama qilish edi. SFU Xalqaro hamkorlik departamenti boshlig‘i YAroslav Sokolovskiyning fikricha O‘zbekiston universitetlari bilan hamkorlik qilish SFU uchun alohida bir qiziqish uyg‘otmoqda.

U “hozirgi kunda Sibir federal universitetida dunyoning 40 ziyod davlatlaridan talabalar tahsil olishmoqda, ular orasida Tojikiston, Qozog‘iston, Qirg‘izstondan ham talabalar mavjud. O‘zbekiston – Rossiya uchun qardosh mamlakat, bizning yaqin jo‘g‘rofiy qo‘shnimizdir, va biz o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirishga imkon beradigan loyihalarni yaratishga, o‘zaro talaba va o‘qituvchi almashinuvini ko‘paytirishga umid bildiramiz”, - deb ta’kidladi. 

Sibir federal universitetining imkoniyatlari to‘g‘risida, unga qarashli profil institutlarning vakillari so‘zlab berishdi. SFU Gumanitar institut direktori Denis Gergilyov O‘rta Osiyo tarixi bo‘yicha tarmoqli dasturlarni rivojlantirish taklifini bergan bo‘lsa, pedagogika, psixologiya va sotsiologiya instituti direktori Olga Smolyaninova inson va jamiyat bilan bog‘liq fanlarning rivojlanishiga ishonch bildirdi. 

Neft va gaz ta’limi sohasidagi o‘zaro manfaatli aloqalar to‘g‘risida Neft va gaz instituti direktori o‘rinbosari Andrey Barkanov so‘zlab berdi: “O‘zbekistonda neft va gaz sohasi 120-150 ming ishchidan iborat “O‘zbekneftegaz” kompaniyasi orqali namoyon etiladi. Agar har yili o‘rtacha 1% ishchi tabiiy ravishda ishdan ketsa, yiliga bir yarim ming atrofda kadrlar tayyorlashga talab paydo bo‘ladi. SFU o‘qish neft va gaz sohasini yuqori malakali kadrlar bilan ta’minlashga, bundan tashqari chet el texnologiyalari etishmovchiligini bartaraf etishga imkon beradi”. 

O‘zbekiston delegatsiyasi vakillari, o‘z navbatida, oliy ta’lim muassasalarida amalga oshirilayotgan istiqbolli ta’lim yo‘nalishlarinining taqdimotini o‘tkazishdi. 

“Biz Ispaniya va Germaniya universitetlari bilan hamkorlik aloqalarini yaxshi yo‘lga qo‘yganmiz, Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi davlatlararo hamkorlikni kengaytirish asnosida Sibir federal universiteti bilan ham aloqalarni tiklamoqchimiz. Biz SFUda matematika va texnik soha qanchalik kuchli ekanligiga amin bo‘ldik va hozirda biz ayniqsa gumanitar va pedagogika yo‘nalishlari bo‘yicha mashg‘ulotlar doirasidagi o‘quv jarayonlari bilan tanishishni hoxlayapmiz”, - deb ta’kidladi Qarshi davlat universiteti rektori Baxodir Shoimqulov.