0 (375) 225 - 34 - 13               

 

01 / 06

QARSHI DU

QDU

QARSHI DU
02 / 06
03 / 06
04 / 06
05 / 06
06 / 06

Inson xotira bilan tirik, qadr bilan ulug’

Ovozlar reytingi:  / 0
SayozZo'r 

Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov tashabbusi bilan e’lon qilingan 9-may- Xotira va qadrlash kuni mamlakatimizda umumxalq bayrami sifatida keng nishonlanadi.

Inson xotira bilan tirik, qadr bilan ulug’. O’tganlarni, ularning xayrli ishlarini, jasoratini yodga olmoq, e’zozlamoq xalqimizga xos ezgu fazilatlardandir. Shu munosabat bilan 017-59-guruh talabalari guruh rahbarlari Xolmurodova Laziza hamda Tabiiy fanlar fakulteti xotin-qizlar qo’mitasi raisi Nuriddinova Dilfuza rahbarligida “Motamsaro ona” haykaliga tashrif buyurishdi va Ikkinchi Jahon urushi qatnashchilarining xotirasiga hurmat-ehtirom ko’rsatishdi. Binobarin, xotira tiriklik chashmasidir. Undan imon-e’tiqod bilan suv ichganlar qudratli va salohiyatli bo’ladi.

Xotirlash – asrlar mobaynida Vatan uchun kurashda halok bo’lganlar xotirasini eslash emas, balki xalq manfaatlari uchun kurashgan, el-yurt hurmatiga sazovor bo’lgan kishilarni eslashdir. Mana shunday buyuk siymolarimizdan biri Birinchi Prezidentimiz Islom Karimovdir. Kuni kecha 017-59-guruh talabalari Birinchi Prezidentimiz haykalini ziyorat qilib, poyiga gullar qo’yishdi.

 

________________________________________________________________

© Qarshi davlat universiteti  www.qarshidu.uz 

________________________________________________________________