0 (375) 225 - 34 - 13               

 

01 / 06

QARSHI DU

QDU

QARSHI DU
02 / 06
03 / 06
04 / 06
05 / 06
06 / 06

Odam savdosi – davr muammosi

Ovozlar reytingi:  / 0
SayozZo'r 

Odam savdosiga qarshi kurashish bo‘yicha Respublika idoralararo komissiyasi tomonidan 2018-yil 14-fevralda tasdiqlangan “Odam savdosi – davr muammosi” targ‘ibot loyihasini amalga oshirish bo‘yicha

chora-tadbirlar rejasining 10-bandida belgilangan vazifalar hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018-yil 1-maydagi 377-sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida Qarshi davlat universiteti professor-o‘qituvchilari va talaba-yoshlari o‘rtasida “Yoshlarning ta’lim olishi, kasb egallashi hamda mehnat qilish bilan bog‘liq ijtimoiy munosabatlarning huquqiy asoslari” mavzusida huquqiy savodxonlik oyligi doirasida soha mutaxassislari ishtirokida ma’naviy-ma’rifiy, huquqiy targ‘ibot tadbirlari o‘tkazildi. Jumladan:

2018-yil 10-may kuni Tarix va ijtimoiy fanlar fakulteti ma’ruzalar zalida, Xorijiy tillar fakulteti ma’ruzalar xonasida, Fizika-matematika fakulteti ma’ruzalar xonasida, Pedagogika fakulteti ma’ruzalar xonasida, Jismoniy madaniyat fakulteti ma’ruzalar xonasida o‘tkazilgan targ‘ibot tadbirlarida viloyat IIB Pasport boshqarmasi fuqarolarning xorijga chiqish-kirishni rasmiylashtirish bo‘limi boshlig‘i leytenant M.Ravshanov, viloyat IIB Terrorizmga qarshi kurashish bo‘limi kapitani A.Nomozov, Qarshi shahar IIB Tergov bo‘limi tergovchisi leytenant Sh.Agayev, Qarshi shahar IIB tergovchisi A.Fayziyev, zahiradagi harbiy podpolkovnik O.Abdusattorov, O‘zbekiston Respublikasi Ichki Ishlar Akademiyasi kursanti A.Nabiyev, MG‘, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi kafedrasi katta o‘qituvchisi A.Yoqubov, ushbu kafedra o‘qituvchilari Z.Boymurodov, D.Sunnatov “Odam savdosi – davr muammosi” mavzusida ma’ruza qildilar.

Ma’ruzachilar o‘z ma’ruzalarida jahon xalqlari tinchligi va osoyishtaligiga tahdid solayotgan odam savdosi va uning salbiy oqibatlari haqida to‘xtalib, odam savdosi, undan o‘zining g‘arazli maqsadlari yo‘lida foydalanuvchilardan ogoh bo‘lish, odam savdosi jabrdiydalariga ko‘maklashish mamlakatimizda tizimli yo‘lga qo‘yilganligi, odam savdosini oldini olish borasidagi profilaktik tadbirlar, targ‘ibot-tashviqot ishlari, ayniqsa bu borada yoshlarimiz ogoh bo‘lishlari lozimligi haqida so‘z yuritdilar.

 

 

 

________________________________________________________________

© Qarshi davlat universiteti  www.qarshidu.uz 

________________________________________________________________