01 / 06

QARSHI DU

QDU

QARSHI DU
02 / 06
03 / 06
04 / 06
05 / 06
06 / 06

Xalqaro hamkorlik aloqalari amalda

Ovozlar reytingi:  / 0
SayozZo'r 

2018-yil 2-mart kuni Qarshi davlat universitetiga Rossiya oliy ta’lim muassasalarining yana bir ishchi guruhi tashrifi amalga oshirildi.

Gjel davlat universiteti (GDU) bilan Qarshi davlat universiteti o‘rtasida tuzilgan hamkorlik shartnomasi ijrosini ta’minlash maqsadida GDU xalqaro aloqalar bo‘limi boshlig‘i, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent Barkalova Natalya va Umumkasbiy badiiy fanlar kafedrasi dotsenti, pedagogika fanlari nomzodi Irina Korshunova shu kuni Qarshi davlat universtetida mehmon bo‘lishdi. Mehmonlar rasmiy uchrashuvlardan keyin Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi kafedrasi professor - o‘qituvchilari hamda yo‘nalish talabalari uchun GDUning taqdimotini, so‘ngra esa “Gjel chizgilari” nomli mahorat darsini namoyish qilishdi. Uchrashuv davomida mehmonlar professor-o‘qituvchilar va talabalarni qiziqtirgan savollariga javob berishdi, iqtidorli talabalarimiz esa “Gjel chizgilari”ni bajarishga harakat qilishdi.

Tashrifdan ko‘zlangan asosiy maqsad, avvalo, Qarshi davlat universiteti bilan tanishish, ikki oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida ijodiy va ilmiy hamkorlikni mustahkamlash, qolaversa, o‘zbek va rus xalqlari o‘rtasidagi do‘stona muhitni rivojlantirishga qaratilgan edi.

Bu kabi uchrashuvlar professor-o‘qituvchilarimiz va talabalarimizda chet mamlakatlarda tasviriy san’at, uning rivojlanish bosqichlari, bugungi kundagi ahvoli to‘g‘risida to‘laqonli ma’lumotlarga ega bo‘lishida, ularning ijodiy tafakkuri va taassurotini yanada boyitishga xizmat qiladi.