01 / 07
02 / 07
03 / 07
04 / 07
05 / 07
06 / 07
07 / 07

Akademik tashrifi

2018-yil 9-mart kuni Qarshi davlat universitetida O‘zbekiston Fanlar akademiyasining haqiqiy a’zosi, iqtisodiyot fanlari doktori, akademik Abdurahmonov Qalandar Xodjayevich bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda universitet rahbariyati, doktorantlari va mustaqil tadqiqotchilari, professor-o‘qituvchilari, talabalari hamda universitet qoshidagi 4-akademik litsey o‘quvchilari ishtirok etdilar.

Uchrashuvda Q.Abdurahmonov Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 2016-yil 30-dekabrida Fanlar akademiyasi akademiklari, yetakchi olimlar va respublika oliy ta’lim muassasalarining rektorlari bilan o‘tkazgan “Ilm-fan yutuqlari – taraqqiyotning muhim omili” mavzusidagi uchrashuvida belgilab berilgan topshiriqlari ijrosi, ilm-fanni yanada rivojlantirish, fan–ta’lim–ishlab chiqarish tizimini yanada takomillashtirish, Qashqadaryo viloyatida inson resurslari salohiyatini yanada oshirish masalalari yuzasidan fikr hamda mulohazalarini bayon qildi. Taniqli olim Qashqadaryo viloyatida Harakatlar strategiyasini samarali amalga oshirishga xizmat qiluvchi innovatsion faoliyatni jadallashtirish, joylarda faol tadbirkorlikni rivojlantirish jarayonlarining hozirgi holatini tahlil qilib, o‘z tavsiyalarini berdi.

Ko‘tarinki ruhda o‘tgan uchrashuvda ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.

Bu kabi uchrashuvlar yosh olimlarni qo‘llab-quvvatlash hamda yangiliklar, ixtirolar qilishga undash, ularning innovatsion jarayonlardagi ishtirokini kengaytirish, iqtidori, ilmiy salohiyati va shijoatidan unumli foydalanish kabi ezgu maqsadlarga xizmat qiladi.