Kelajak yoshlar qo`lida

Qarshi davlat universiteti fizika-matematika fakulteti va jismoniy madaniyat fakulteti professor-o`qituvchilari hamda talabalari bilan Ichki ishlar akademiyasi xodimlari

va Kamolot YoIH vakillari E.Boratov, A.Ismatov, talabalar shaharchasi direksiyasi rahbari N.Pardaqulovlar tomonidan 2017-yil 16-iyun kuni “Kelajak yoshlar qo`lida” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo`lib o`tdi. Tadbirda fizika-matematika fakulteti dekani prof.A.Q.Tashatov, fakultet ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo`yicha dekan muovini, t.f.n.N.G`.Eshqorayeva, jismoniy madaniyat fakulteti dekani F.Eshpo`latov,  jismoniy madaniyat fakulteti ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo`yicha dekan muovini E.O.Davronov, O`zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademiyasi gumanitar va ijtimoiy-iqtisodiy fanlar kafedrasi dotsenti, tarix fanlari nomzodi, podpolkovnik A.Norbekov, Qashqadaryo viloyati Dehqonobod tumani Ichki ishlar bo`limi profilaktika katta inspektori, mayor B.Abdujabborov, amaliy matematika va informatika kafedrasi o`qituvchilari B.E.Daminova, R.Pirova, jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi kafedrasi katta o`qituvchisi F.Bobomurodov va talabalar qatnashdilar.

 “Diniy ekstremizm va fundamentalizmning mustaqilligimizga tahdidi” mavzusi  yuzasidan O`zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademiyasi gumanitar va ijtimoiy-iqtisodiy fanlar kafedrasi dotsenti, tarix fanlari nomzodi, podpolkovnik Abdikamil Norbekov  so`zga chiqdi.

“Yoshlarga oid davlat siyosati to`g`risidagi qonunning mazmuni va mohiyati” mavzusi yuzasidan Qashqadaryo viloyati Dehqonobod tumani Ichki ishlar bo`limi profilaktika katta inspektori, mayor Bobonazar Abdujabborov ma`ruza qildi va talabalarni qiziqtirgan savollarga to`liq va aniq javob berdi.

“Soha mutaxassislarining talabalar bilan hamkorligi” mavzusida informatika o`qitish metodikasi o`qituvchisi B.E.Daminova o`z fikrlarini bildirdi.

 

JoomShaper