0 (375) 225 - 34 - 13               

 

01 / 06

QARSHI DU

QDU

QARSHI DU
02 / 06
03 / 06
04 / 06
05 / 06
06 / 06

XOTIN-QIZLAR – PREZIDENTIMIZ E’TIBORIDA

Ovozlar reytingi:  / 0
SayozZo'r 

2018-yil 9-fevral kuni universitet faollar zalida Qarshi davlat universiteti xotin-qizlar qo‘mitasi va viloyat xotin-qizlar qo‘mitasi hamkorligida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 2-fevraldagi “Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash va oila institutini mustahkamlash sohasidagi faoliyatni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi

Farmonining mazmun-mohiyatini o‘rganishga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirda universitetning professor-o‘qituvchilari, iqtidorli talaba-qizlar ishtirok etdilar.

Tadbirni ma’naviy-ma’rifiy ishlar prorektori Sh. Nuriddinov kirish so‘zi bilan ochdi. U o‘z so‘zida bugungi kunda xotin-qizlarimiz jamiyatimizning turli jabhalarida samarali mehnat qilib, tashabbuskorlik ko‘rsatib kelayotganligini ta’kidladi va ushbu farmon ularning ijtimoiy-siyosiy huquqlarini yanada takomillashtirishga xizmat qilishini aytib o‘tdi.

Tadbirda Viloyat hokimi o‘rinbosari, xotin-qizlar qo‘mitasi raisi R.Eshqobilova “Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash va oila institutini mustahkamlash sohasidagi faoliyatni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmonning mazmun-mohiyati va O‘zbekiston xotin-qizlar qo‘mitasi va uning hududiy bo‘limlarining yangilangan tuzilmalari to‘g‘risida atroflicha ma’lumot berdi.

Psixologiya kafedrasi dotsenti M. Fayziyeva “Oila- jamiyat va davlat himoyasida” konstitutsiyaviy prinsipini amalga oshirish borasida Farmonda belgilab berilgan vazifalar haqida tadbir ishtirokchilariga ma’lumot berdi. Universitet xotin-qizlar qo‘mitasi qoshidagi “Zulfiyaxonim qizlari” klubi yetakchisi, O‘zbek filologiyasi fakulteti 4-kurs talabasi Sh.Bobojonova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonida Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti tanlovi tarkibiga kiritilgan o‘zgartirishlar va imkoniyatlar kengaygani to‘g‘risida iftixor bilan so‘zladi.

Tadbirda talaba-yoshlar ham o‘zlarini qiziqtirgan savollarni berib, kerakli javoblarga ega bo‘ldilar. Universitet xotin-qizlar qo‘mitasi raisi dotsent G.Uzoqova o‘z so‘zida ushbu Farmon xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy huquqlarini kafolatlaydigan tarixiy hujjat bo‘lganligini yana bir bor ta’kidlab, tadbir ishtirokchilariga o‘z minnatdorchiligini bildirdi. Tadbir barchaga manzur bo‘lib, Farmonning mohiyatini anglashda yordam berdi.


________________________________________________________________

© Qarshi davlat universiteti  www.qarshidu.uz 

________________________________________________________________