0 (375) 225 - 34 - 13               

 

01 / 06

QARSHI DU

QDU

QARSHI DU
02 / 06
03 / 06
04 / 06
05 / 06
06 / 06

XOTIN-QIZLAR O‘RTASIDAGI VOLEYBOL MUSOBAQASI

Ovozlar reytingi:  / 0
SayozZo'r 

Janubiy – G‘arbiy maxsus harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondonligi, Qarshi davlat universiteti, Qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti, Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi Toshkent Axborot texnalogiyalari universiteti Qarshi filiali, O‘zbekiston Yoshlar Ittifoqi Qashqadaryo viloyati Kengashi,

O‘zbekiston Ma’naviyat va ma’rifat markazi Qashqadaryo viloyati bo‘limi, Qashqadaryo viloyati teleradiokompaniyasi bilan hamkorlikda oliy ta’lim muassasalarining harbiy qismlar bilan birgalikdagi  faoliyatini tashkil etish va o‘zaro hamkorligini kuchaytirishga doir tadbirlar rejasiga muvofiq Qarshi davlat universiteti sport majmuida Qarshi davlat universiteti   Qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti, Toshkent Axborot texnalogiyalari universiteti Qarshi filiali, Qarshi Serjantlar tayyorlash maktabi 86729, 11643, 27506-harbiy qismlar xotin-qizlar jamoalari o‘rtasida Voleybol bo‘yicha musobaqa bo‘lib o‘tdi.

Musobaqani o‘tkazilishidan maqsad oliy ta’lim muassasalarining harbiy qismlar bilan birgalikdagi  faoliyatini tashkil etish va o‘zaro hamkorligini kuchaytirish bilan birgalikda Oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchi xotin-qizlari o‘rtasida jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirish, sport musobaqalari orqali xotin-qizlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish hamda  viloyat xotin-qizlar spartakiadasi o‘yinlariga ularni  mahoratini oshirib borish.

Musobaqalarni Jismoniy madaniyat fakulteti dekanati tomonidan tavsiya etilgan bosh hakam va hakamlar hay’ati  baholab bordi.

Bunday sport musobaqalari xotin-qizlar sportini rivojlantirish, sport vositasida xotin-qizlarni  bir maqsad sari jipslashtirish, ular o‘rtasida do‘stlik va hamjihatlik tuyg‘ularini kuchaytirishga xizmat qilishi ta’kidlandi.

Voleybol musobaqasida  Qarshi davlat universitetining “Universitet” jamoasi fahrli 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi va musobaqa g‘olibi deb e’lon qilindi.


________________________________________________________________

© Qarshi davlat universiteti  www.qarshidu.uz 

________________________________________________________________