0 (375) 225 - 34 - 13               

 

QARSHI DU ARM FOK LABORATORY LANGUAGES TTJ JARAYON MARAFON MASTER OBOD 02 03 04 05 07
01 / 15

QARSHI DU

QARSHI DU

QDU

QARSHI DU
QARSHI DAVLAT UNIVERSITETI
02 / 15

ARM

03 / 15

FOK

04 / 15

LABORATORY

05 / 15

LANGUAGES

06 / 15

TTJ

TTJ

07 / 15

JARAYON

08 / 15

MARAFON

09 / 15

MASTER

MAGISTRATURA

10 / 15

OBOD

OBOD

11 / 15

02

12 / 15

03

13 / 15

04

14 / 15

QarshiDU

05

QarshiDU
15 / 15

07

Qarshi davlat universiteti bakalavriatiga abituriyentlarni ro‘yxatdan o‘tkazish yakunlandi! Hujjat topshirganlar orasida 14 yoshli abituriyent ham bor!

Mamlakatimizda oliy ta’lim muassasalarida abituriyentlardan hujjatlarni qabul qilish jarayoni ham yakuniga yetdi.

Ayni damda hujjat topshirgan abituriyentlar test sinovlariga tayyorgarlik ko‘rish bilan band. Aytish kerakki, o‘qish istagida bo‘lgan yoshlar orasida qashqadaryoliklar ham yuqori o‘rinlarni qayd etgani kishini quvontirdi. Bu yilgi qabul jarayonlarini kuzatib borganlar ko‘pgina kutilmagan holatlarga guvoh bo‘lishgani turgan gap. Nuroniy otaxonlarning o‘qish istagida oliy ta’lim muassasalariga hujjat topshirishi esa ko‘pchilik uchun kutilmagan hol bo‘ldi. Kitoblik Jasurbek G‘ulomov endigina 14 yoshni qarshi oldi. Biroq shunday bo‘lsada u joriy yilda Kitob tumanidagi 3-sonli akademik litseyning Tabiiy fanlar yo‘nalishini tamomladi. Tabiiy fanlarga bo‘lgan alohida mehr uni Qarshi davlat universiteti biologiya ta’lim yo‘nalishiga hujjat topshirishiga turtki bo‘ldi. Ayni paytda talaba bo‘lish istagida yosh abituriyent test sinovlariga qizg‘in tayyorgarlik ko‘rmoqda.

2019/2020 o‘quv yili qabulida Qarshi davlat universitetida jami 49372 nafar abituriyentlar ro‘yxatdan o‘tkazildi. Shundan: 44676 nafar  abituriyent Qarshi davlat universitetini, 4696 nafari boshqa OTMlarni tanlagan. Qarshi davlat universitetini tanlagan abituriyentlarning 24899 nafari kunduzgi ta’lim shakliga va 19777 nafari sirtqi ta’lim shakli bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tkazilgan. 2019/2020  o‘quv yili uchun qabul jarayoni  kunduzgi ta’lim shakliga 2019 yil 15 iyundan  15 iyulga qadar, sirtqi ta’lim shakliga 1 iyuldan 15 iyulgacha tashkil etildi. Magistratura mutaxassisliklariga hujjatlar 1 iyuldan 30 iyulgacha qabul qilinadi Abituriyentlarni ro‘yxatdan o‘tkazish ishlari uyushqoqlik bilan yuqori saviyada tashkil etildi. Qabul komissiyasi qoshida qabul jarayonlarini muntazam ravishda yoritib borish maqsadida ”Axborot-maslahat” markazi, hamda abituriyentlar va ularning ota-onalarini qiziqtirgan savollariga javob berish uchun universitetda 8.00 dan 18:00 gacha ishlaydigan “Aloqa markazi” faoliyat ko‘rsatdi.  2019/2020  o‘quv yili qabulidan boshlab oliy ta’lim muassasiga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha kirish test sinovlarini iyul-avgust oylarida o‘tkazish belgilangan.

________________________________________________________________

© Qarshi davlat universiteti  www.qarshidu.uz 

________________________________________________________________