0 (375) 225 - 34 - 13               

 

QARSHI DU ARM FOK LABORATORY LANGUAGES TTJ JARAYON MARAFON MASTER OBOD 02 03 04 05 07
01 / 15

QARSHI DU

QARSHI DU

QDU

QARSHI DU
QARSHI DAVLAT UNIVERSITETI
02 / 15

ARM

03 / 15

FOK

04 / 15

LABORATORY

05 / 15

LANGUAGES

06 / 15

TTJ

TTJ

07 / 15

JARAYON

08 / 15

MARAFON

09 / 15

MASTER

MAGISTRATURA

10 / 15

OBOD

OBOD

11 / 15

02

12 / 15

03

13 / 15

04

14 / 15

QarshiDU

05

QarshiDU
15 / 15

07

“Besh asrkim nazmiy saroyni, titratadi zanjirband bir sher”

2019-yil 8-fevral kuni Qarshi davlat universitetining faollar zalida Maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim fakulteti, Pedagogika fakulteti talaba yoshlari, professor o‘qituvchilari

hamda Qarshi madaniyat va turizm kolleji talaba-yoshlari   ishtirokida ulug‘ shoir va mutafakkir Alisher Navoiy tavalludining 578 yilligiga bag‘ishlangan “Besh asrkim nazmiy saroyni, titratadi zanjirband bir sher” mavzusida adabiy-badiiy, ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Tadbirni Pedagogika fakulteti dekani, dotsent F.Ochilov kirish so‘zi bilan ochib  berdi.

Tadbirda Maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim fakulteti yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan muovini X.Fayzullayev “Besh asrkim nazmiy saroyni, titratadi zanjirband bir sher” mavzusidagi ma’ruzasida Hazrat Alisher Navoiy yaratgan asarlarning olashumul ahamiyati, ulug‘ shoirning o‘zi yaratgan shoh asarlari bilan jahon madaniyati xazinasiga qo‘shgan hissasi, “Xazoyinul-maoniy” lirik kulliyoti, “Xamsa” asaridagi besh dostonda tasvirlangan badiiy obrazlar hozirga qadar jahon adabiyotining eng sara durdonalari sifatida dunyo qitobxonlari qalbini sehrlab kelayotganligini ta’kidladi. Shuningdek, Alisher Navoiyning 1464-1469 yillardagi Samarqandda kechirgan hayoti va ijodiy faoliyati, Movarounnahrlik ijod ahli bilan birga o‘tkazgan damlari, “Majolisun-nafois” asarida ular haqida yozib qoldirgan manbalar, bu manbalarning hozirga qadar katta ahamiyatga ega bo‘lib kelayotganligini aytib o‘tdi. 

Qarshi turizm va madaniyat kolleji talba-yoshlari tomonidan ijro etilgan Alishar Navoiyning g‘azallari asosida yaratilgan kuy va qo‘shiqlar va sahna ko‘rinishlari tadbir ishtirokchilariga manzur bo‘ldi.

 

 

________________________________________________________________

© Qarshi davlat universiteti  www.qarshidu.uz 

________________________________________________________________