Xorijiy talabalar qabuli – 2023

12-iyul 2023

2023-2024 o‘quv yili uchun KONTRAKT TO‘LOVI: 

  • Bakalavriat – $1,570; (Tibbiyot yo‘nalishlari - $2,180)
  • Magistratura - $1,660

Kontrakt to‘lovi quyidagi xarajatlarni qoplaydi:

  1. O‘qish
  2. Talabalar turar joyi
  3. Internet (QarDU hududida)
  4. Kutubxonadan foydalanish

Ta’lim yo‘nalishlari:

 

CHЕT ELLIK ABITURIYENTLAR SUHBAT ORQALI QABUL QILINADI

Suhbat 20 avgustdan 31 avgustgacha o‘tkaziladi.

Cuhbatdan muvaffaqiyatli o‘tgan abituriyentlar bilan belgilangan tartibda shartnoma tuziladi.

Ariza va hujjat topshirish muddati 20 iyundan 20 avgustgacha.

 

HUJJAT TOPSHIRISH TARTIBI:

Kerakli hujjatlar:

  1. O‘qishga kirish uchun ariza (PDF versiyasi ilova qilinadi)
  2. Milliy va xalqaro passport nusxasi.
  3. O‘qigan fanlari va ular bo‘yicha olgan baholari (ballari) ko‘rsatilgan sertifikat/diplomning rus yoki o‘zbek tillariga notarial tasdiqlangan nusxasi. Magistratura (MA) darajasiga hujjat topshirish uchun bakalavr darajasi talab qilinadi.
  4. Elektron rasm (3.5x 4.5) - 6 dona (orqasi oq fonda)
  5. Yashash uchun ruxsatnoma (agar mavjud bo‘lsa)

To‘ldirilgan ariza va barcha kerakli hujjatlar elektron formatda (PDF) 20 avgustga qadar karsu.international@gmail.com manziliga yuborilishi kerak.

Qo‘shimcha ma’lumot olish uchun bog‘laning:

Sherzod Temirov
Xalqaro hamkorlik bo‘limi
Tel.: +998 91 214-11-15
E-mail: karsu.international@gmail.com