Tasviriy san`at va muhandislik grafikasi

21-iyun 2023

Kamolov Iftixor Baxtiyorovich


Tasviriy san'at va muhandislik grafikasi kafedrasi mudiri,
Pedagogika fanlari bo'yicha falsafa doktori, Professor
Telefon: +998 99 745-23-82
Elektron pochta: qardu_tsvmg@edu.uz
 
Qabul kunlari: Haftaning Dushanba, Chorshanba kunlari soat 15:00 dan 18:00 gacha

Mehnat faoliyati

2010-2016 yillar - Qarshi davlat universiteti, Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi kafedrasi o‘qituvchisi.
2016-2018 yillar- Qarshi davlat universitetining maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim metodikasi kafedrasi katta ilmiy xodimi, izlanuvchi. 
2018yildan- hozirgi vaqtgacha Qarshi davlat universitetining tasviriy san’at va muhandislik grafikasi kafedrasi mudiri    

Kafedra tarixi

Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi kafedrasi 2008 yil 20 mayda Kasbiy ta’lim kafedrasi negizida tashkil etildi. Kafedrada hozirgi vaqtda 8 nafar professor-o‘qituvchilar faoliyat ko‘rsatmoqda. Shulardan 1 nafari PhD (Pedagogika fanlari bo‘yicha), professor, 1 nafari texnika fanlari nomzodi, dotsent, 1 nafar katta o‘qituvchi, 5 nafari assistent-o‘qituvchilar bo‘lib, ilmiy salohiyat   25% ni tashkil etadi.

Asosiy vazifalari

Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi kafedrasi  “Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi”, yo‘nalishi bo‘yicha mutaxassis tayyorlaydi. 

O‘qitiladigan fanlar

1.Chizma geometriya
2. Qalamtasvir
3. Rangtasvir. Kompozitsiya
4. Chizmachilik
6. Plastik anatomiya
7. Akademik qalamtasvir asoslari va kompozitsiya
8. Dastgohli akademik rangtasvir va kompozitsiya
9. Tasviriy sa’nat texnologiyasi va nusxa ko‘chirish
10. Haykaltaroshlik
11. Amaliy san’at. Badiiy bezak san’ati.
12. Grafik tasvirlash asoslari
13. Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi o‘qitish nazariyasi va metodikasi
14.Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi o‘qitishning innovatsion pedagogik texnologiyalari
15. Kompyuter grafikasi
16. Tasviriy san’at tarixi
17. Muhandislik grafikasi terminologiyasi 
18. Miniatyura

Ilmiy ishlar

Kafedrada asosan quyidagi ilmiy yo‘nalishlarda tadqiqot ishlari olib boriladi:
1. Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida tasviriy san’at va chizmachilik fanlarini zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida tashkil etish metodikasi.
2. Kasb-hunar kollejlarida muhandislik grafikasi fanini o‘qitishni takomillashtirish metodikasi
3. Tasviriy san’at darslarida o‘quvchilarni mantiqiy fikrlashga o‘rgatish metodikasi.
Mazkur ilmiy yo‘nalishlarda texnika fanlari nomzodi dotsent F.Ochilov, Pedogogika fanlari falsafa doktori, professor I.Kamolov rahbarligida tadqiqot ishlari olib boriladi.

Tadqiqotchilar

Kafedra o‘qituvchisi Qorjovov Bobur Jovliyevich kafedra tayanch doktoranti hisoblanib, 13.00.02 - ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (Tasviriy san’at) ixtisosligi bo’yicha “Tasviriy san’at darslarida talabalarni mantiqiy fikrlashini rivojlantirish metodikasi (OTM misolida)” mavzusida pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasi olish uchun ilmiy ish olib bormoqda.
Kafedra o‘qituvchisi Zokir Shafoatovning falsafa doktori(PhD) ilmiy darajasini olish uchun “Talabalarni muhandislik grafikasi fanidan grafik ishlarni samarali tashkil etishning metodik asoslari” mavzusida dissertatsiya ishini davom ettirmoqda.

Hamkorlik

Kafedrada xalqaro aloqalar yaxshi yo‘lga qo‘yilgan. Rossiya faderasiyasining Belgorod davlat milliy tadqiqotlar universiteti, Belgorod davlat texnologiya universiteti, Belgorod davlat san’at va madaniyat instituti, Krasnoyarsk davlat badiiy instituti, Gjel davlat universiteti, Orel  davlat universiteti, Qozog‘iston Respublikasining Ko‘kchatov va Jetisuv  davlat universitetlari hamda Janubiy Koreyaning Xanbat universitetlari bilan hamkorlik shartnomalari tuzilgan. Ularga asosan hamkorlik aloqalari davom etmoqda. Belgorod davlat milliy tadqiqotlar universiteti va Qarshi davlat universiteti o‘rtasida o‘zaro hamkorlik ta’lim dasturi asosida 47.03.01. “Pedagogik ta’lim” Tasviriy san’at va 5110800 – Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi yo‘nalishlari bo‘yicha kelishuv shartnoma imzolandi.
2019/2020, 2020/2021va 2021/2022 o‘quv yillarida o‘zaro hamkorlik yo‘nalishi tashkil etilib unga talabalar qabul qilindi. Qabul qilingan talabalar 3+1 (3 yil QarshiDU da va 1 yil Belgorod DUda) sxema asosida tahsil olishadi.

Kafedra o‘qituvchilari

  • Ochilov Farxod Egamberdiyevich                                      
  •  Astanov Tolib Muxtorovich
  • Xujaqulov Elbek Ermatovich
  • Muxammadiyeva Zarifa Lutfullayevna
  • Sattarova Aziza Anvarovna
  • Mirzayev Orif Nurmuhammadovich
  • Oripov Ne'mat Chulliyevich
  • Qorjovov Bobur Jovliyevich

Sahifalar

San‘atshunoslik fakulteti
Musiqiy ta‘lim kafedrasi
Tasviriy san`at va muhandislik grafikasi