Qo‘shma ta’lim dasturlari

29-sentabr 2023

Qarshi davlat universiteti Rossiya Federatsiyasining Belgorod davlat milliy tadqiqot universiteti, Moskva davlat lingvistika universiteti, Privoljsk tadqiqot tibbiyot universiteti bilan xalqaro hamkorlik asosida qo‘shma ta’lim dasturlarini yo‘lga qo‘ydi. 

Endilikda siz ham Qarshi davlat universitetida ham Rossiya davlati oliy ta’lim muassasalarida ta’lim olib, biryo‘la ikkita universitetning qo‘shma diplomiga ega bo‘lasiz! 

Bu oliy ma’lumot olish istagida bo‘lgan yoshlar uchun ajoyib imkoniyatlar demakdir! 2023/2024 o‘quv yilida quyidagi bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga qo‘shma ta’lim dasturlari asosida qabul e’lon qilinadi!

Belgorod davlat milliy tadqiqot universiteti

bsuedu.ru

  1. Filologiya va tillarni o‘qitish (rus tili);

Qarshi davlat universitetida 3 yil, Belgorod davlat milliy tadqiqot universitetida 1 yil tahsil olinadi.

Yanka Kupala nomidagi Grodno davlat universiteti: bakalavr ta’lim yo‘nalishi

www.grsu.by

  1. Amaliy matematika

Qarshi davlat universitetida 2 yil, Yanka Kupala nomidagi Grodno davlat universitetida 2 yil tahsil olinadi.

Moskva davlat lingvistika universiteti: bakalavr ta’lim yo‘nalishi

linguanet.ru

  1. Filologiya va tillarni o‘qitish (ingliz tili)

Qarshi davlat universitetida 3 yil, Moskva davlat lingvistika universitetida 1 yil tahsil olinadi.

Privoljsk tadqiqot tibbiyot universiteti: bakalavr ta’lim yo‘nalishi

pimunn.ru

  1. Davolash ishi
  2. Pediatriya

Davolash ishi, Pediatriya ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha Qarshi davlat universitetida 3 yil, Privoljsk tadqiqot tibbiyot universitetida 3 yil tahsil olinadi.

Belgorod davlat milliy tadqiqot universiteti: magistratura mutaxassisligi

bsuedu.ru

  1. Tarix (mintaqalar va mamlakatlar)
  2. Lingvistika (rus tili)
  3. Lingvistika (ingliz tili)

Qarshi davlat universitetida 1 yil, Belgorod davlat milliy tadqiqot universitetida  1 yil tahsil olinadi.

O‘qishga kirish uchun quyidagi hujjatlar 20 iyuldan 23 avgustgacha qarshidu.uz sayti orqali elektron tarzda qabul qilinadi:

  1. O‘qishga kirish formasi to‘ldiriladi (elektron rus va o‘zbek tillarida);
  2. Pasport (notarial tasdiqlangan rus tili tarjimasi);
  3. O‘rta yoki o‘rta maxsus ta’limni tugatganligi haqida tasdiqlovchi hujjatning attestat yoki diplom ilovasi bilan (magistratura uchun bakalavr diplomi ilovasi bilan) notarial tasdiqlangan rus tilidagi tarjimasi;
  4. Elektron rasm (orqa foni oq rangda)

Darvoqe, abituriyentlar rus tilini bilishlari muhim hisoblanadi!

Shoshiling!

Ta’lim olish imkoniyatini qo‘ldan chiqarmang!

Porloq kelajak-bilimli yoshlar qo‘lida!

Qo‘shimcha ma’lumotlar quyidagi telegram kanalida.