Nemis tili va adabiyoti

16-fevral 2024

Mahmudov Alisher Yo'ldoshevich


KAFЕDRA_NOMI kafedrasi mudiri,
ILMIY_DARAJA_UNVON
Telefon: +998 93 422-31-11
Elektron pochta: alischer-2473@mail.ru
 
Qabul kunlari: Haftaning Har kuni soat 15:00 dan 18:00 gacha

Mehnat faoliyati

1997-yildan boshlab mazkur kafedrada o‘qituvchi, katta o‘qituvchi, kafedra mudiri, Roman-german filologiyasi fakultetining dekan o‘rinbosari, 2023-yil may oyidan boshlab kafedra mudiri lavozimlarida ishlab kelmoqda.

Kafedra tarixi

1965-yili xorijiy tillardan malakali mutaxassislar tayyorlash maqsadida Qarshi davlat pedagogika institutida ingliz va nemis filologiyasi yo‘nalishlariga talabalar qabul qilina boshlandi. Ularga sifatli va yuksak saviyada bilim berish, respublikamiz janubida xorijiy tillar o‘qituvchilarining salohiyatni oshirish maqsadida 1967-yilda Xorijiy tillar kafedrasidan Nemis filologiyasi kafedrasi mustaqil kafedra sifatida ajralib chiqdi. Kafedraga 1970-1972-yillarda katta o‘qituvchi Sh.Abdunazarov, 1973-1975-yillarda katta o‘qituvchi L.Kojenkova, 1976-1990-yillarda filologiya fanlari nomzodi, dotsent N.Elmurodov, 1990-2009 yillarda filologiya fanlari nomzodi, dotsent G‘.Xo‘jayev, 2009-2013-yillarda filologiya fanlari nomzodi, katta o‘qituvchi K.Marqayev, 2014-yilda dotsent M.Kiyamova, 2015-2021-yillarda katta o‘qituvchi A.Maxmudov, 2021-2022-yillarda dotsent K.Marqayev mudirlik qilgan. 2023-yildan boshlab filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent A.Mahmudov kafedra mudiri lavozimida ishlab kelmoqda.

Asosiy vazifalari


60230100 – Filologiya va tillarni o‘qitish (nemis tili) ta’lim yo‘nalishi hamda 70230101 - Lingvistika (nemis tili) mutaxassiligi bo‘yicha kadrlar tayyorlanadi.

O‘qitiladigan fanlar

  • Tilshunoslik
  • Adabiyotshunoslik
  • Nazariy grammatika
  • Leksikologiya va stilistika
  • O‘rganilayotgan til tarixi 
  • Tili o‘rganilayotgan mamlakatlar adabiyoti
  • Tillarni o‘qitish metodikasi va texnologiyalari
  • Qiyosiy tipologiya
  • Tarjima nazariyasi va amaliyoti
  • Tili o‘rganilayotgan mamlakatlar zamonaviy adabiyoti
  • O‘qish va yozish amaliyoti
  • Og‘zaki nutq amaliyoti
  • Til aspektlari amaliyoti 
  • Til ko‘nikmalari integratsiyasi
  • Mustaqil ta’lim ko‘nikmalari
  • Madaniyatlararo kompetensiya
  • Matbuot tili
  • Amaliy grammatika
  • Amaliy fonetika

Ilmiy ishlar

Dotsent A.Y.Mahmudovning “G.E.Lessing ijodida Sharq madaniyati talqini” nomli monografiyasi va “Nemischa-o‘zbekcha tematik lug‘at” nomli qo‘llanmasi, dotsent A.Axmedovning «Til lug‘at tarkibining yangilanish jarayonlari lingvistik muammo sifatida» nomli monografiyasi, «German filologiyasiga kirish» nomli o‘quv qo‘llanmasi, «Praktische Phonetik der deutschen Sprache» va «Fertigkeiten der selbständigen Arbeit» nomli o‘quv-uslubiy qo‘llanmalari, dotsent N.Mahmudovaning uch tilli «Sprichwörter, Poslovitsi, Maqollar» nomli o‘quv-uslubiy qo‘llanmasi, Y.Rahimova hammuallifligida yaratilgan Deutsch kreativ» o‘quv-uslubiy qo‘llanmasi, N.Mahmudova, D.Muqimovalarning «Deutsch für alle»  o‘quv-uslubiy qo‘llanmasi chop etilgan.

Tadqiqotchilar

Kafedra dotsenti, (PhD) Mahmudov Alisher  Yo‘ldoshevich Qarshi davlat universiteti Adabiyotshunoslik kafedrasi mudiri, filologiya fanlari doktori, professor N.Shodmonov ilmiy maslahatchiligida «XVIII-XIX asrlar olmon adabiyotida sharqona tolerantlik va gumanizm motivlari (G.E.Lessing, Y.V.Gyote va H.Hayne dramalari qiyosi va tarjimalari asosida)», Berdimurodov Adham Musurmonovich SamDCHTI professori, filologiya fanlari nomzodi M.Begmatov ilmiy rahbarligida «Nemis va o‘zbek tillaridagi inkor so‘zlarning lingvistik-semantik xususiyatlari», Atamurodova Dilfuza Toshtemirovna Qarshi davlat universiteti dotsenti, filologiya fanlari doktori G.Tojiyeva ilmiy rahbarligida «Nemis va o‘zbek tillarida do‘st konseptining lingvokulturologik talqini», Xasanov Ramish Samatovich SamDCHTI professori, filologiya fanlari doktori B.Rizayev ilmiy rahbarligida «Nemis tilida perfektli aspektual vaziyatlar va ularning o‘zbek tilidagi ekvivalentlari» mavzularida ilmiy tadqiqot ishlarini olib bormoqda.

Hamkorlik

Kafedra professor-o‘qituvchilari xorijiy davlatlar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan. Dotsent A.Maxmudov 2009-yilda Germaniyaning Myugelzeye ta’lim markazida, A.Axmedov 2011-yilda Berlin Gyote institutida, N.Mahmudova 2013-yilda Berlin Gyote institutida, A.Axmedov 2015-yilda Germaniyaning Bremerhafen Amaliy fanlar universitetida malaka oshirgan. Kafedra Germaniya elchixonasi, Germaniya elchixonasi qoshidagi DAAD (Germaniya akademik almashinuv xizmati) tashkiloti, Gyote instituti, O‘zbekiston Milliy universiteti, O‘zDJTU, SamDCHTI, BuxDU bilan hamkorlik aloqalarini yo‘lgan qo‘ygan. Filologiya va tillarni o‘qitish (nemis tili) ta’lim yo‘nalishining 3 nafar talabasi – Qahorova Zabarjad, Nosirova Zarina va Suyunov Sardor Germaniya Federativ Respublikasi tomonidan oliy ta’lim muassasalari talabalari uchun mo‘ljallangan DAAD (Deutscher Akademischer Austauschdienst) – Germaniya akademik almashinuv xizmatining "Sommerkurs – 2022" ta’lim dasturi asosida Germaniyaning yirik shaharlarida yozgi o‘quv kurslarida ishtirok etdilar.

Kafedra o‘qituvchilari

  • Maxmudov Alisher Yo‘ldoshevich  kafedra mudiri, dots.
  • Axmedov  Anvar   Botirovich                        (PhD), dots.
  • Mahmudova  Nigora  Baxromovna                 (PhD), dots.    
  • Rahimova  Muyiba  Temirovna                 kat.o‘qituvchi
  • Rahimova Yulduz G‘aniyevna                         o‘qituvchi
  • Yangiboyeva Anorxol Qoraboyevna                    o‘qituvchi
  • Ro‘ziyeva  Juletta  Elmurodovna                   o‘qituvchi
  • Eshmurodov Ural Xo‘janovich             o‘qituvchi
  • Omonov Shuxrat G‘aniyevich                             o‘qituvchi
  • Yuldoshev Abror SHernazar o‘g‘li                   o‘qituvchi
  • Iskandarova Sevara Eraliyevna                      o‘qituvchi