Boshlang`ich ta`lim kafedrasi

27-oktabr 2023

Shodiyev Rizamat Davronovich


Boshlang'ich ta`lim kafedrasi mudiri,
Pedagogika fanlari doktori, professor
Telefon: +998 91 949-30-43
Elektron pochta: r.d07@mail.ru
 
Qabul kunlari: Haftaning Har kuni soat 09:00 dan 11:00 gacha

Mehnat faoliyati

1980-1985 yy. -Toshkent davlat universiteti talabasi
1985-1987 yy. -Toshkent politexnika instituti Muborak filiali “Oliy matematika” kafedrasi  assissenti
1987-1988 yy. - Rossiya Fanlar Akademiyasi matematika instituti Leningrad bo'limi tadqiqotchisi
1988-1991 yy. - Rossiya Fanlar Akademiyasi matematika instituti Leningrad bo'limi aspiranti                                                              

1992-1993 yy. - Toshkent davlat texnika  universiteti Qarshi filiali “Oliy matematika” kafedrasi katta o'qituvchisi
1993-1995 yy. -Toshkent davlat texnika  universiteti Qarshi filiali Umumtexnika fakulteti dekani 
1995-1999 yy. -Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti “Oliy matematika” kafedrasi dotsenti
1999-2002 yy. - Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti katta ilmiy xodimi
2002-2002 yy. -Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti“Fizika va oliy matematika” kafedrasi dotsenti 
2002-2006 yy. - Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti iqtidorli talabalar  markazi boshlig'i 
2006-2008 yy. - Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti “Fizika va oliy matematika” kafedrasi mudiri
2008-2009 yy. -  Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti “Oliy matematika” kafedrasi mudiri
2009-2012 yy. - Qarshi muhandislik-iqtisodiyot institut rektori vazifasini bajaruvchi
2012-2014yy. - Qarshi davlat universiteti “Boshlang'ich ta'lim” kafedrasi dotsenti
2014-2018 yy. - Qarshi davlat universiteti “Maktabgacha va boshlang'ich ta'lim metodikasi” kafedrasi mudiri 
2018yildan - h.v.  -Qarshi davlat universiteti “Boshlang'ich ta'lim” kafedrasi mudiri 

Kafedra tarixi

“Boshlang‘ich ta’lim” kafedrasi 1960-yilda Qarshi davlat pedagogika institutida "Boshlang‘ich ta’lim metodikasi" nomi bilan tashkil topgan. Kafedraga shu o‘tgan davrda professor M.Ochilov, professor T.G‘afforova, dotsentlar T.Rasulov, SH.Nurullayeva,  N.Oripovalar mudirlik qilgan. 2014-yil 1-apreldan boshlab “Ijtimoy pedagogika” va “Maktabgacha ta’lim” kafedralarini optimallashtirish va tarkibiy o‘zgarishlar natijasida “Maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim metodikasi”  kafedrasi tashkil topdi. 2018-yil oktabr oyidan boshlab kafedra “Boshlang‘ich ta’lim” nomi bilan faoliyat yuritib kelmoqda. Hozirgi kunda mazkur kafedraga pedagogika fanlari doktori, professor  R.D.Shodiyev mudirlik qilib kelmoqda.       2014-yil iyun oyidan boshlab kafedraga  Shodiyev Rizamat Davranovich mudirlik qila boshladi.  Shodiyev Rizamat Davranovich kafedraga mudirlik qilayotgan davrdan buyon kafedrada ilmiy tadqiqot ishlari yanada yuksalishi kuzatilmoqda. Bu davrga kelib, kafedrada 5A111701 - Ta’lim-tarbiya nazariyasi va metodikasi  (Boshlang‘ich ta’lim) magistratura hamda 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi, 13.00.02 –Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi hamda 13.00.05- Kasb-hunar ta’limi nazariyasi va metodikasi ixtisosliklari bo‘yicha tayanch doktorantura (PhD) hamda doktorantura (DSc) faoliyat yuritmoqda. 
2020-yildan buyon 13.00.02 –Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi ixtisosligi Qarshi davlat universiteti huzuridagi Ilmiy darajalar beruvchi PhD.03/04.06.2020.Ped.70.02 raqamli Ilmiy engash faoliyat yuritmoqda.
Kafedra a’zolari asosiy shtat 16 kishini tashkil etib, 2 nafari fan doktori professor,  11 nafari nafar pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD),   dotsentlar 2 nafari katta o‘qituvchi va 1 nafar assistent o‘qituvchilar faoliyat ko‘rsatadi. Ilmiy salohiyat 82 % ni tashkil etadi.
Boshlang‘ich ta’lim kafedrasi 5111700 – boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha ixtisoslik  kafedrasi hisoblanadi.

Asosiy vazifalari

O‘quv ishlari, o‘quv -uslubiy ishlar , ilmiy-tadqiqot ishlari, ta’lim -tarbiya berish, ustoz-shogird ishlari, tashkiliy ishlar va h.k.

O‘qitiladigan fanlar

Oliy matematika 
Umumiy pedagogika 
Texnologiya va uni o‘qitish metodikasi
Tarbiyaviy ishlar metodikasi
Jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi
Boshlang‘ich ta’lim pedagogikasi, innovatsiya va integratsiyasi
Xalq pedagogikasi
 Pedagogik mahorat 
Mutaxassislikka kirish 
Boshlang'ich ta'limda tarbiya fani
Matematika va uni o‘qitish metodikasi                                                                                                                                                                                                                                     

Ilmiy ishlar

Kafedra qoshida “Modernizatsiyalashgan ta’lim texnalogiyalari” nomli ilmiy-metodik seminar doimiy faoliyat olib boradi
2022-2023 o‘quv yili davomida kafedra a’zolari tomonidan 6 ta darslik va 10 ta o‘quv qo‘llanmalari uchun Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi muvofiqlashtirish kengashining guvohnomasiga ega bo‘linib,  nashrdan chiqarildi hamda o‘quv jarayoniga tadbiq etildi.
Shu bilan ilmiy tadqiqot ishlarini natijasi sifatida 4 ta monografiya ham chop ettirilgan.
2018 yildan buyon kafedra mudiri pedagogika fanlari doktori, professor R.D.Shodiyev ilmiy rahbarligida 2 ta fan doktori (DSc) va 10 ta pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyalari himoya qilindi.
P.f.d., professor Sh.O‘.Nurullayeva ilmiy rahbarligida 3 ta pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyalari himoya qilindi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 28 sentabrdagi Qaroriga ko‘ra kafedra mudiri R.D.Shodiyevning ta’lim sohasidagi ko‘p yillik mehnati e’tirof etilib “Shuxrat” medali bilan mukofotlandi.
Kafedra so‘nggi yillarda universitetda yetakchi o‘rinlarda faoliyat olib bormoqda. 

 

Tadqiqotchilar

Umirov Azamat Abdinazarovich

Tirkashev Muhiddin Safarovich 

Hamkorlik

Kafedraning xalqaro va respublika OTM va ITM lar bilan hamkorligi.  Qozog‘iston Respublikasi Muxtor  Auezov nomidagi Shimkent davlat  universiteti bilan tuzilgan shartnomaga muvofiq 2022-2023 o‘quv yilida  p.f.d. prof.SH.O‘. Nurillayeva va  p.f.n.  dotsent U.L. Yoziyevalar universitet talabalariga va magistrantlariga “ Profilaktika virtualnoy addiksii uchenikov nachalnix klassov”  mavzusida  ma’ruza  va seminar mashg‘ulotlarini o‘tkazdilar. P.f.f.d. dotsent  S.N.Yuldashev Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagoglarni Yangi Metodikalarga O‘rgatish Milliy Markazi bilan hamkorlikda olib borilgan  "Yangi metodikalar: zamonaviy pedagoglarning kasbiy va shaxsiy rivojlanishi garovi" mavzusidagi  xalqaro ilmiy- amaliy konferensiyada faol ishtirok etdilar.

Kafedra o‘qituvchilari

  • Shodiyev Rizamat Davranovich - p.f.d., professor
  • Nurullayeva Shaxlo Uktamovna - p.f.d. DSc, professor
  • Nabiyev Abdisalom Murodovich - p.f.n., dotsent
  • Yoziyeva Umida Lutfullayevna –  p.f.f.d. dotsent
  • Aslonova Orzigul Pirimovna- p.f.f.d. dotsent 
  • Berdiyev Baxodir Ravshanovich - dotsent
  • Yarmanova Yulduz Buriyevna – p.f.f.d. katta o‘qituvchi
  • Yo‘ldoshev Sodiq Norchayevich-p.f.f.d. dotsent
  • Choriyeva Feruza Amrullayevna- p.f.f.d. katta o‘qituvchi
  • Yo‘ldoshev Jahongir Tilakmurodovich-  p.f.f.d. katta o‘qituvchi
  • Kazakova Marhabo Qudratovna- p.f.f.d. katta o‘qituvchi
  • Tirkashov Muhiddin Safarovich - katta o‘qituvchi
  • Ochilov Akmal Eshtemirovich- p.f.f.d. katta o‘qituvchi
  • Umirov Azamat Abdinazarovich- o‘qituvchi
  • Niyozqulov Mirjalol Baxtiyorovich- p.f.f.d. PhD
  • Rajabov Adxam Umarqulovich- p.f.f.d. PhD