Amaliy ingliz tili

16-fevral 2024

Mohinur Nizomova Baratboyevna


Amaliy ingliz tili kafedrasi mudiri,
Filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent
Telefon: +998 91 962-72-22
Elektron pochta: nizomovammohinur3@gmail.com
 
Qabul kunlari: Haftaning Chorshanba, Payshanba, Juma kunlari soat 15:00 dan 18:00 gacha

Mehnat faoliyati

2011-2015 yillarda O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining ingliz filologiyasi  yo‘nalishi bo‘yicha bakalavr, 2019 yil Termiz davlat universitetitining 5A11401- “Xorijiy til va adabiyoati (ingliz tili)” mutaxassisligi magistraturani tamomlagan.  

2020-yildan mazkur universitetning Fakultetlararo chet tili (ijtimoiy-gumanitar yo‘nalishlar uchun) kafedrasida o‘qituvchi lavozimida ishga kelgan.

2022- yildan mazkur universitetning Fakultetlararo ingliz tili kafedrasi katta o‘qituvchisi bo‘lib ishlagan.

2023-yildan hozirgi davrgacha  Amaliy ingliz tili kafedrasi mudiri, dotsent lavozimida faoliyat ko‘rsatmoqda.

Kafedra tarixi

1965 yili xorijiy tillardan malakali mutaxassislar tayyorlash maqsadida Qarshi davlat pedagogika institutida ingliz va nemis filologiyasi yo‘nalishlariga talabalar qabul qilina boshlandi. Ularga sifatli va yuksak saviyada bilim berish, respublikamiz janubida xorijiy tillar o‘qituvchilarining salohiyatni oshirish maqsadida 1967 yilda Chet tillari (ingliz va nemis tillari) kafedrasi tashkil topdi. 1967-1992 yillar davomida kafedrani filologiya fanlari nomzodi, dotsent Baxodir Samadov boshqargan. 1992 yildan Ingliz tili va adabiyeti kafedrasi tashkil topgan va kafedrani filologiya fanlari nomzodi, dotsent Bobonazar O‘ralov, 1993-1995 yillarda filologiya fanlari nomzodi, dotsent Yo‘ldosh Temirov ustozlar boshqargan. 1995-2013 yillar davomida Ingliz tili va adabiyeti kafedrasi mudiri etib filologiya fanlari nomzodi, dotsent Qiyomov Ro‘zi Elboboyevich tayinlandi. Keyinchalik ushbu kafedrani filologiya fanlari nomzodi, dotsent S. Egamberdiyev, filologiya fanlari nomzodi A. Aliqulov, A. Nazarov, P. Qurbonov. 2020 yildan buyon Lingvistika kafedrasini katta o‘qituvchi (PhD) M.K.Omonova kafedra mudiri lavozimida ishlab kelmoqda. Qarshi davlat universiteti yangi tarkibiy tuzulmasiga asosan, 2023-yil 29-avgustdan “Amaliy ingliz tili” kafedrasi tashkil etildi va mazkur kafedraga filologiya fanlari bo‘yicha falsafa diktori (PhD), dotsent M.B.Nizomova kafedra mudiri lavozimida ishlab kelmoqda. 

Asosiy vazifalari

60230100 – Filologiya va tillarni o‘qitish (ingliz) ta’lim yo‘nalishi hamda 

70230101 - Lingvistika (ingliz tili) mutaxassiligi bo‘yicha kadrlar tayyorlanadi. 

O‘qitiladigan fanlar

Tillarni o‘qitish metodikasi va texnologiyalari
Tarjima nazariyasi va amaliyoti
Tili o‘rganilayotgan mamlakatlar zamonaviy adabiyoti
O‘qish va yozish amaliyoti
Og‘zaki nutq amaliyoti
Til ko‘nikmalari integratsiyasi
Mustaqil ta’lim ko‘nikmalari
Madaniyatlararo kompetensiya
Matbuot tili
Amaliy grammatika
Amaliy fonetika

Ilmiy ishlar

Kafedra mudiri M.Nizomovaning "Ingliz va o‘zbek tillarida pedagogikaga oid terminlarning taqdiqi" nomli monografiyasi, "Practical English", "Language for economics" nomli o‘quv qo‘llanmalari hamda "Dictionary for pedagogics" nomli lug‘ati nashr etilgan;   katta o‘qituvchilar: N. Shakurovaning "Introduction to Roman German Philology" nomli o‘quv qo‘llanmasi; S. Namozovaning "Semantic of world combination in english" nomli monografiyasi, ", "Til o‘rganilayotgan mamlakatlar adabiyoti" nomli o‘quv qo‘llanmasi; S.Jumanovaning "Intercultural Competense"; nomli o‘quv qo‘llanmalari nashr etilgan.

Tadqiqotchilar

Kafedra mustaqil izlanuvchisi S.Namozova F.f.d prof. B. Yo‘ldoshev rahbarligida "O‘zbekistonda SHekspirshunoslik: taraqqiyot bosqichlari va tamoyillari"(PhD), N.Shakurova  O‘zDJTU professori Q. To‘xtayeva rahbarligida "Ingliz va o‘zbek tillarida “ona” freymining konseptual-kognitiv tahlili" (PhD), S. Jumanova O‘zbek va ingliz tillarida kiyim-kechak nomlarining lingvokulturologik talqini va leksikografik tadqiqi” mavzusida F.f.d prof. G. Tojiyeva rahbarligida (PhD), M.Elmirzaeva QarDU dotsenti, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori M.Nizomova rahbarligida “Ijtimoiy himoyaga oid terminlarning struktur-semantik,  leksikografik xususiyatlari  va tarjima muammolari ( Ingliz va O‘zbek tillari misolida)” mavzusida, I. Karimova “Ingliz va o‘zbek tillarida raqamlarning struktur-semantik, funksional va pragmatik xususiyatlari” mavzusida  F.f.d prof. M. Daniyeva rahbarligida (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tadqiqot olib bormoqda.

Hamkorlik

Shvetsiyaning “Lund” universiteti, BelDU, O‘zDJTU, O‘zMU, SamDCHTI, BuxDU, FarDU, AndDCHTI, NamDCHTI, TerDU, JDPU.

Kafedra o‘qituvchilari

Nizomova Mohinur- kafedra mudiri, f.f.f.d.(PhD), dotsent.
Shakurova Nargiza - katta o‘qituvchi
Qurbonova Surayyo -  o‘qituvchi
Choriyeva Zebiniso    -     o‘qituvchi
Eshqobilova Feruza - o‘qituvchi
Jumanova Sevara    -        o‘qituvchi
Xidirova Gulnoza   - o‘qituvchi
Namozova Saodat - o‘qituvchi
Amirov Kamoliddin - o‘qituvchi
Karimova Iroda - o‘qituvchi
Nusratov Javoxir  -         o‘qituvchi
Uzoqova Shaxnoza      -        o‘qituvchi
Elmirzayeva Maftuna     -     o‘qituvchi
Qayumova Mohichehra      - o‘qituvchi  
Ashurova Maftuna  - o‘qituvchi  
Suvonov Ilyos - o‘qituvchi  
Maxmudova Fotima   - o‘qituvchi