Magistratura bo'limi

12-iyul 2023

Umida Yoziyeva


Magistratura bo'lim boshlig‘i,
pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent
Telefon: +998 90 729-51-15
Elektron pochta: uyoziyeva@mail.ru
 
Qabul kunlari: Haftaning Dushanbadan Jumagacha soat 15:00 dan 18:00 gacha

Mehnat faoliyati

 

Bo‘lim tarixi

Universitetda magistratura boʼlimi 2001-2002 oʼquv yilidan boshlab faoliyat koʼrsata boshlagan. Hozirda universitetda 29 ta mutaxassisliklar boʼyicha talabalar tahsil oladilar.
Magistraturada oʼquv jarayoni yuqorida qayd etilgan barcha mutaxassisliklar boʼyicha Oʼzbekiston Respublikasi Oliy va oʼrta maxsus taʼlim vazirligining 2020-yil 14-avgustda 3-son buyruq bilan tasdiqlangan malaka talablari va 2022-2023 oʼquv yillarida tasdiqlangan namunaviy oʼquv rejalari, Universitet Ilmiy Kengashida muhokamadan oʼtgan va (29.08.2021 yil) tasdiqlangan ishchi oʼquv rejalari hamda oʼquv jarayoni jadvallari asosida tashkil etilgan. 
Magistratura mutaxassisliklarini tayyorlashda kafedra professor-oʼqituvchilarining ilmiy salohiyatlari ham eʼtiborga olingan. Hozirda magistratura talabalariga 26 nafar fan doktori professorlar hamda 85 nafar fan nomzodi dotsentlar faoliyat koʼrsatadilar. Har bir mutaxassislikka buyurtmalar berishda shu mutaxassisliklar boʼyicha fan doktorlari va fan nomzodlari nazarda tutilgan.Magistratura mutaxassisliklari Qashqadaryo viloyati va qoʼshni viloyatlarning magistratura mutaxassisliklariga boʼlgan talab va ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda buyurtmalar asosida tayyorlanib kelinmoqda. 
Mutaxassisliklarni tayyorlashda moddiy-texnika bazasining mavjudligi muhim oʼrin tutadi. Mutaxassislik kafedralarida va «Аxborot-resurs markazida» magistratura talabalarining ilmiy faoliyatlari hamda magistrlik dissertatsiyalarini tayyorlashda internet tarmogʼiga ulangan . 
Magistratura boʼlimining Ilmiy Kengashida tasdiqlangan yillik va istiqbolli rejalari mavjud. Yillik rejada oʼquv jarayonini tashkil etish, ilmiy-tadqiqot va maʼnaviy-maʼrifiy va tarbiyaviy ishlar oʼz aksini topgan. Istiqbolli rejada magistratura mutaxassisliklari boʼyicha darsliklar, oʼquv qoʼllanmalar, tarjima qilingan oʼquv adabiyotlari, maʼruza matnlari, masalalar toʼplami, laboratoriya boʼyicha uslubiy koʼrsatmalar va boshqalar oʼz aksini topgan. 
Magistr chiqaruvchi kafedralar professor – oʼqituvchilarning darslik va oʼquv qoʼllanmalar yaratish boʼyicha rejalari mavjud. Yangi talablar asosida tuzilgan maʼruza matnlari, oʼquv-uslubiy majmualar ham tayyorlangan. Maʼruza matnlarini tayyorlashda asosan ilmiy-tadqiqot natijalariga asoslangan maʼlumotlardan foydalanilgan. 
Qarshi davlat universitetida hozirgi vaqtda 29 ta mutaxassislik boʼyicha 606 nafar (1 kurs 125 nafar davlat granti, 88 nafar toʼlov -kontrakt, 2-kurs 144 nafar davlat granti, 249 nafar toʼlov-kontrakt) magistrantlar tahsil oladi. Magistratura mutaxassisliklariga universitetda ilmiy salohiyatga ega boʼlgan professor oʼqituvchilar ilmiy tadqiqot ishlariga va magistrlik dissertatsiyalariga rahbarlik qiladilar. 
Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 2-martdagi 36-son qarorida Magistratura toʼgʼrisidagi Nizom tasdiqlangan. 
Ushbu Nizom Oʼzbekiston Respublikasining “Taʼlim toʼgʼrisidagi” va “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi toʼgʼrisidagi qonunlari, Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy malakali ilmiy va ilmiy pedagog kadrlar tayyorlash va attestatsiyadan oʼtkazish tizimini yanada takomillashtirish toʼgʼrisida” 2012 yil 24 iyuldagi PF-4456-son Farmoni, Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʼzbekiston Respublikasi oliy taʼlim tizimida magistratura faoliyatini yanada takomillashtirish. Uning samaradorligini oshirish chora tadbirlari toʼgʼrisida” 2007 yil 10 sentyabrdagi 190 qaroriga muvofiq magistratura faoliyatini yanada takomillashtirish va samaradorligini oshirish, kadrlar tayyorlash sifati va ularning raqobatbardoshligini kuchaytirish maqsadida ishlab chiqilgan va oliy taʼlim muassasalarida magistrlar tayyorlashning asosiy qoidalari va tartibini, umumqabul qilingan xalqaro standartlarga binoan magistrlik dissertatsiyasi mazmuni va sifatiga qoʼyiladigan mezonlar va talablarni belgilaydi. 
Bundan tashqari Oliy va oʼrta maxsus taʼlim vazirligining 2015 yil 11 avgustda 291-sonli xatida “ZiyoNET” tarmogʼini axborot resurslari bilan boyitib borish toʼgʼrisidagi buyrugʼida Magistratura bosqichida tahsil olayotgan magistrantlar dissertatsiya himoyasidan 30 kun avval “ZiyoNET” axborot taʼlim portalida ilmiy maqolalarni yoritilishini taʼminlash topshirilgan. Shu sababli har yili magistrantlar magistrlik dissertatsiyalarini himoya qilishlaridan oldin oʼzlarining dissertatsiya mavzulari boʼyicha chop ettirgan maqolalarini “ZiyoNET” tarmogʼiga joylashtirib boradilar. 
Ushbu 2022-2023 oʼquv yilidan boshlab magistraturada yangi 11 ta magistratura mutaxassisliklari ochildi, bular 70230101-Lingvistika (nemis tili), 70230101-Lingvistika (frantsuz tili), 70710402-Ekologiya (tarmoqlar va sohalar boʼyicha), 70510103-Biotexnologiya, 70530701-Tuproqshunoslik (tadqiqot turi boʼyicha), 70211502-Cholgʼu ijrochiligi (turlari boʼyicha), 70510102-Mikrobiologiya va virusologiya, 70310901-Psixologiya (oilaviy munosabatlar psixologiyasi), 70610204-Аxborot tizimlari (tarmoqlar boʼyicha), 70811801-Mevachilik, 70811901-Sabzavotchilik va polizchilik, 71010301-Sport faoliyati (faoliyat turlari boʼyicha). Bundan tashqari ushbu oʼquv yilida QarDU-BelGU qoʼshma taʼlim dasturi asosida 3 ta mutaxassislikka 70230101-Lingvistika (ingliz tili) BelGU, 70230101-Lingvistika (rus tili) BelGU, 70220301-Tarix (yoʼnalishlar va faoliyat turi boʼyicha) BelGU 17 nafar talaba qabul qilindi.

Asosiy vazifalari

70230101-Lingvistika (nemis tili )
70710402-Ekologiya
70230101-Lingvistika (rus tili )
70510103-Biotexnologiya
70530701-Tuproqshunoslik
70230101-Lingvistika (ingliz tili)
70220301-Tarix ( yo‘nalishlar va faoliyat turi bo‘yicha)
70530901-Fizika (yo‘nalishlar bo‘yicha)
70530101-Kimyo (fan yo‘nalishlar bo‘yicha)
70230101-Lingvistika (o‘zbek tili)
70230101-Lingvistika (fransuz tili tili)
70510101-Biologiya  (fan yo‘nalishlar bo‘yicha)
70540101-Matematika (yo‘nalishlar bo‘yicha)
70310901-Psixologiya (faoliyat turlar bo‘yicha)
70530904-Qayta tiklanadigan energiya manbalari va barqaror atrof muhit fizikasi
71010401-Turizm (faoliyat turlari bo‘yicha)
70540201-Amaliy matematika (soxalar bo‘yicha)
70530402-Geografiya (o‘rganish ob'ekti bo‘yicha)
70411401-Inson resurslarini boshqarish
70510102-Mikrobiologiya va virusologiya
70211502-Cholg‘u ijrochiligi
70310901-Psixologiya (oilaviy munosabatlar psixologiyasi)
70610204-Axborot tizimlari
70811901-Sabzavotchilik va polizchilik
70811801-Mevachilik
71010301-Sport faoliyati (faoliyat turlari bo‘yicha)
Lingvistika (rus tili ) BelGU
Lingvistika (ingliz tili) BelGU
Tarix ( yo‘nalishlar va faoliyat turi bo‘yicha) BelGU