Ommaviy madaniyat va uning yoshlar ongiga ta’siri

Yurtimizga chetdan kirib kelayotgan axborot oqimi natijasida nafaqat yangiliklardan xabardor bo‘layapmiz, balki ularda yashiringan, mentalitetimiz, qadriyatlarimizga zid g‘oyalarga ham duch kelayotganimiz bor gap. Oqibatda “Ommavimy madaniyat” san’atimizga, kiyinish madaniyatimizga, tarbiyamizga o‘z salbiy ta’sirini ko‘rsatmoqda. Bugun Tarix fakultetida “Ommaviy madaniyat va uning yoshlar ongiga ta’siri” mavzusida  davra suhbatida ana shular xususida so‘z yuritildi. 

Tadbirda rektor maslahatchisi A.Jo‘rayev, universitet profilaktika inspektori M.Jabbarov, Ma’naviy va ma’rifiy ishlarni tashkil etish bo‘limi boshlig‘i Sh.Akramov, universitet psixologi A.Husanov, Tarix fakulteti dekani D.Xudoyberdiyev, dekan o‘rinbosari M.Karimov, Yoshlar bilan ishlash bo‘limi tyutorlari, talaba-yoshlar qatnashdi. Tadbirda mavzu yuzasidan ma’ruzalar eshitildi, “Kiyinsh madaniyati” deb nomlangan videolavha namoyish etilib, yig‘ilganlarni qiziqtirgan savolllarga javob berildi.