“Biz zo‘ravonlikka qarshimiz!” mavzusida rasmlar ko’rik-tanlovi o‘tkаzildi

23-noyabr 2023
Universitet yangiliklari

Ma’lumki, bugungi kunga kelib mamalakatimizda, xotin-qizlar huquqlari himoyasining qonunchilik bazasini mustahkamlash bo‘yicha mamlakatimizda keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda. Jumladan, “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risida”gi va “Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonunlarning qabul qilingani xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini ta’minlab, ularning jamiyatdagi o‘rinini yanada mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda.  Bugun San’atshunoslik fakultetida Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchisi A.Sattorova  tomonidan “Biz zo‘rovonlikka qarshimiz!” shiori ostida rasmlar ko’rik-tanlovi o‘tkazildi. Tadbirni fakultet dekani E.Jabborov kirish so’zi bilan ochib berib, ayollarga nisbatan zo‘ravonlikka qarshi kurashish hamda mamlakatimiz xotin-qizlarining ijtimoiy-siyosiy faolligini yanada oshirish, qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilib, ularning oiladagi o‘rnini mustahkamlashda huquqiy manfaatlarini himoya qilish va har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga doir masalalar yuzasidan o‘z fikr-mulohazalari bilan o‘rtoqlashdi. Tadbir yakunida tanlov g‘olib va sovrindorlariga tashakkurnoma, diplom va esdalik sovg’alari topshirildi.