Universitet rektori D.Nabiyev Grodno davlat universiteti Faxriy professori bo‘ldi

Qarshi davlat universiteti rektori, professor Dilmurod Xamidullayevich Nabiyev Belarusning Yanka Kupala nomidagi Grodno davlat universiteti "Faxriy professori" unvoni bilan taqdirlandi. 

Dilmurod Nabiyev mazkur e’tirofga oliy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi xalqaro hamkorlikni tashkil etish va rivojlantirishdagi samarali faoliyati uchun sazovor bo‘ldi.

Shu munosabat bilan tashkil etilgan tadbirda Yanka Kupala nomidagi Grodno davlat universiteti rektori Irina Kiturko Dilmurod Nabiyevga Faxriy professor libosi va tegishli unvon berilganligi to‘g‘risidagi diplomni tantanali topshirdi.

Rektorimizni ushbu unvon bilan universitet jamoasi nomidan samimiy muborakbod etamiz!

Ma’lumot o‘rnida, Qarshi davlat universiteti va Yanka Kupala nomidagi Grodno davlat universiteti o‘rtasida amaliy matematika bakalavr ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha 2+2 shaklida qo‘shma ta’lim dasturlari doirasida malakali kadrlar tayyorlash yuzasidan hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan.