Hamkorlik davom etadi: Top-1000 talikdagi Belarus milliy texnika universiteti bilan hamkorlik shartnomasi imzolandi

Birinchi O‘zbekiston-Belarus forumi doirasida Qarshi davlat universiteti rektori Dilmurod Xamidullayevich Nabiyev hamda Belarus milliy texnika universiteti rektori Xaritonchik Sergey Vasilyevich o‘rtasida hamkorlik shartnomasi imzolandi. 

Shartnomaga ko‘ra, 2024-2025-o‘quv yilidan boshlab ikki  oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida marketing, iqtisod, amaliy matematika bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha 3+1 va iqtisod, amaliy matematika magistratura mutaxassisligi bo‘yicha 1+1 shakllarida qo‘shma ta’lim dasturlari tashkil etiladi.

Ma’lumot o‘rnida, Belarus milliy texnika universiteti Belarus Respublikasida muhandislik ta’limi bo‘yicha yetakchi hisoblanadi. Xalqaro hamkorlik geografiyasiga 30 dan ortiq mamlakatlar – Rossiya, Xitoy, Germaniya, Ispaniya, Italiya, Polsha, Peru, Angliya, Litva, Latviya va boshqalar kiradi. QS dunyo OTMlari top mingtalik reytingida 2024-yilda 801-850 o‘rinni egallagan.