Targ'ibot tadbiri

Bugun Tarix fakulteti 2-kurs 022-62-guruhi talabaliri ishtirokida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi. Unda fakultetning Yoshlar bilan ishlash bo'yicha dekan o'rinbosari M.Karimov tomonidan “O'zbekiston - 2030” strategiyasining ramzi haqida tushunchalar berildi. Xususan, strategiya logotipining umumiy silueti – “Yangi O‘zbekiston” va “Uchinchi Renessansning”ning mashhur ramzi – “Yangi O‘zbekiston” bog‘idagi Mustaqillik monumenti obrazidan asos sifatida foydalanilganligi qayd etildi. Siluetning asosiy tavsifi batafsil tushuntirildi. Mavzu bo‘yicha talabalarni qiziqtirgan savollarga javob berildi.