Tyutorlar yakuniy test sinovlaridan o‘tdi

Joriy yilning 1-29-aprel kunlari Qarshi davlat universitetida malaka oshirish o'quv kurslari yuqori saviyada tashkil etildi. Malaka oshirish o‘quv kurslariga universitetning Falsafa va sotsiologiya, Oʻzbek mumtoz adabiyoti,  Psixologiya, Oʻzbekiston tarixi, Jahon tarixi, Milliy gʻoya, ma'naviyat asoslari, Davolash va pediatriya ishi kafedralarining tajribali professor-o‘qituvchilari jalb etilgan holda olib borildi. Tyutorlarning bilim saviyasi va malakasini oshirish o‘quv kurslarida universitetda faoliyat olib borayotgan barcha tyutorlar mas’uliyat va faollik bilan ishtirok etishdi. O’quv kursi yakuni bo'yicha 30-aprel kuni tyutorlardan test shaklida imtihon olindi.