Stajirovka jarayoni yakuniga yetmoqdi

29-aprel 2024
Universitet yangiliklari

Qarshi davlat universiteti professor-o’qituvchilari S. Mo‘minova, U.Abdullayeva, M.Rayhonova hamda O.Karaxonovaning Istanbul Marmara universitetidagi stajirovka jarayoni yakuniga yetmoqda. 

Stajirovka yakunida Marmara universiteti “Fan va adabiyot” hamda “Ta’lim dasturlari va o’qitish” fakultetlari professor-o’qituvchilari bilan kelgusida amalga oshiriladigan ishlar kelishib olindi. 

Shuningdek, professor-o’qituvchilar stajirovkada faol ishtirok etganliklari uchun Marmara universiteti rahbariyati tomonidan sertifikat, tashakkurnoma hamda esdalik sovg’alari bilan taqdirlandilar.