Jaholatga qarshi ma’rifat bilan

29-aprel 2024
Universitet yangiliklari

Bugun, 26-aprel kuni, Xorijiy tillar, Matematika va kompyuter ilmlari hamda Tarix fakultetlarida “Jaholatga qarshi ma’rifat bilan” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etildi. Unda diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashning samaradorligini oshirishda madaniy-ma’rifiy tadbirlarning o‘rni, talaba-yoshlarda mafkuraviy immunitetni shakllantirishning yo‘nalishlari, usullari hamda vositalarining amaliy ahamiyati to‘g‘risida fikrlar bildirildi.

Ma’ruzachilar tomonidan turli va’dalarga ishonib aldanib qolmasdan balki, yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlarga o‘z hissasini qo‘shish, halol mehnat qilishga odatlanish, kelgusida malakali mutaxassis bo‘lib yetishishga harakat qilish bugungi yoshlarning asosiy vazifalaridan biri ekanligi ta’kidlandi. 

Tadbirda rektor maslahatchisi A.Jo‘rayev, Ma’naviy va ma’rifiy ishlarni tashkil etish bo‘limi boshlig‘i Sh.Akramov, Yoshlar bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i N.Pardaqulov, Falsafa va sotsiologiya kafedrasi o`qituvchilari R.Boymatov, A.Shaymanova, fakultetlarning dekan o‘rinbosarlari A.Jo‘rayev, H.Murodov, M.Karimov, Yoshlar bilan ishlash bo‘limi tyutorlari va talaba-yoshlar ishtirok etdi.