Qarshi davlat universiteti katta yuristkonsult lavozimiga shartnoma asosida malakali huquqshunoslarni ishga taklif etadi!

19-aprel 2024
E’lonlar

Qarshi davlat universiteti katta yuristkonsult lavozimiga shartnoma asosida malakali huquqshunoslarni ishga taklif etadi!

Talabgorlarga qo‘yiladigan talablar:
➡️O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlari, yuridik xizmatga hamda ta’limga oid  barcha  hujjatlardan xabardor bo‘lishi;
➡️Universitetning xo‘jalik-moliya faoliyatiga oid  shartnomalarini tuzish va rasmiylashtirish tartibini bilishi;
➡️Oliy ma’lumotga ega bo‘lishi (huquqshunos, yurist);
➡️Kamida 5 yillik huquqshunos (yurist) sifatida ish stajga ega bo‘lishi;
➡️Davlat tilini, shuningdek, rus yoki ingliz tillarini  bilish lozim.

Katta yuristkonsult lavozimiga xodimlarni ishga qabul qilish jarayonida  nomzodlarning hujjatlari o‘rganib chiqiladi hamda  talabgorlar bilan suhbat tashkil etiladi.

Manzil: 180103. Qarshi shahri Ko‘chabog‘ ko‘chasi 17-uy Qarshi davlat universiteti Xodimlar bo'limi 
Telefon: 75 220-02-10, 75 220-02-18 
Elektron pochta: kardu@umail.uz 
Muddat: 25-aprel sanasiga qadar.