Xalqaro konferensiya

19-aprel 2024
E’lonlar

Qadrli hamkasblar!

Sizlarni “A.F.Terpugov nomidagi informatsion texnologiyalari va matematik modellashtirish” xalqaro konferensiyasida ishtirok etishga chorlaymiz!

Xalqaro konferensiya 2024 yil 20-26-oktabr kunlari Qarshi davlat universitetida rus hamda ingliz tillarida onlayn va oflayn shaklda bo‘lib o‘tadi. 
Konferensiyadan ko‘zlangan asosiy maqsadlar:
– axborot va telekommunikatsiya texnologiyalari, matematik modellashtirish, sun’iy intellekt, raqamli iqtisodiyot va boshqa muhim ilmiy tadqiqotlar va texnik ishlanmalar bo‘yicha so‘nggi tadqiqotlar va amaliy natijalarni muhokama qilish;
– ilmiy bilim va amaliyotni birlashtirish;
– ilmiy tadqiqotlar va amaliy ishlanmalarning muhim ilg‘or uzoq muddatli yo‘nalishlarini belgilash;
– ta’lim muhitini yaratishda oliy ta’lim muassasalari va ilmiy tadqiqot tashkilotlarining rolini oshirish.

Xalqaro konferensiyada talaba yoshlar hamda professor-o‘qituvchilar quyidagi yo‘nalishlarda o‘z ilmiy ishlanmalari bilan ishtirok etishlari mumkin:
Matematik va kompyuter modellashtirish;
Matematik teletirbandlik va navbat nazariyasi;
Amaliy ehtimollik va statistik tahlil;
Telekommunikatsiya tizimlari;
Intellektual tizimlar va robototexnika;
Axborot texnologiyalari va dasturiy ta’minot.

Muhim sanalar: 
2024 yil 1 iyul - https://uconfy.com/ saytida ro‘yxatdan o‘tish va qisqacha ma’lumot (tezis) yuklash.
2024 yil 15 iyul - qabul qilish qarori (avtorlar pochtasiga javob keladi).
2024 yil 30 avgust – yakuniy fayllarni yuklanish sanasi.
2024 yil 20 sentabr - konferensiya ishtirokchilarini qo‘shimcha ro‘yxatga olish.
2024 yil 20-26 oktabr – konferensiya kunlari.
CCIS to‘plamiga va rus jurnallariga kengaytirilgan maqolalarni yuklash muddatlari keyinroq e’lon qilinadi.
Saralashdan o‘tgan, 15 betdan kam bo‘lmagan maqolalar Scopus va Web of Science bazalarida indexlanuvchi Communications in Computer and Information Science (CCIS) tizimidagi konferensiya jurnalida chop etiladi. 

Konferensiya tashkilotchilari:
Tomsk milliy tadqiqot davlat universiteti, Rossiya
Qarshi davlat universiteti, O‘zbekiston
Rossiya Xalqlar do‘stligi universiteti, Rossiya
V.A. Rossiya Fanlar akademiyasining Trapeznikov nomidagi Nazorat fanlari instituti, Rossiya
Lobachevskiy nomidagi Nijniy Novgorod davlat universiteti, Rossiya
Sibir Federal universiteti, Rossiya
Boku muhandislik universiteti, Ozarbayjon
Shahrisabz davlat pedagogika instituti, O‘zbekiston
Konferensiya veb-sayti: http://itmmconf.ru/ 
Murojaat uchun: A’zam Imomov (Qarshi davlat universiteti, conf_mammoth@mail.ru)
Telefon: +99893-421-95-83