Faxriylar va yoshlar uchrashuvi

25-yanvar 2024
Universitet yangiliklari

Shu kunlarda Qarshi davlat universitetida yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga doir ishlar samaradorligini yanada oshirish maqsadida “Faxriylar va yoshlar”, “Uch avlod uchrashuvi” kabi mavzularda ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar bo‘lib o‘tmoqda. 

Xususan, bugun Sport fakulteti professor-o‘qituvchilari, talaba-yoshlari va universitet profilaktika inspektori M.Jabbarov ishtirokida tashkil etilgan tadbirga O‘zbekiston “Veteran” jangchi-faxriy va nogironlari birlashmasi Qarshi shahar bo‘linmasi raisi Q.Rahmonqulov, jangchi-faxriylardan, Qarshi shahar Mustaqillik mahallasi raisi F.Bozorov taklif qilindi. 

Muloqotda tinchlik oliy ne’mat, uni asrab-avaylash esa muqaddas burch ekanligi ta’kidlandi, davlatimiz tomonidan jangchi-faxriylarga qaratilayotgan e’tibor va imkoniyatlar haqida so‘z bordi. Tadbir mehmonlari o‘zlarining amaliy tajribalarini, hayotiy ibratga boy voqealarni so‘zlab berishdi. Uchrashuv qizg‘in suhbatlarga boy bo‘lib, yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga javob olishdi.