Talabalar almashinuvi dasturi uchun arizalar tanlovi

22-iyul 2023
E’lonlar

Erasmus+ taʼlim, oʻqitish, yoshlar va sport sohalarida Yevropa Ittifoqi dasturidir. Asosiy harakat 1: Erasmus+ sxemasi bo'yicha talabalar va xodimlarning stajyorlar va yoshlarning almashinuvi, shuningdek professorlar, oʻqituvchilar, trenerlar, yoshlar xodimlari, taʼlim muassasalari xodimlari va fuqarolik jamiyati tashkilotlari uchun boshqa davlatda oʻqish va/yoki kasbiy tajriba almashish imkoniyatlaridir.

Serbia Respublikasining Kraguyevits universiteti Iqtisod fakultetida bir semester mobaynida Erasmus+ xalqaro kredit mobilligi dasturi doirasida Qarshi davlat universitetidan 1 nafar talabani tanlov asosida qabul qilishini e’lon qildi.  Aviachipta va yashash xarajatlari Erasmus+ ICM KA171 dasturi tomonidan qoplanadi. Qiziqqan nomzodlar ariza topshirishlari tavsiya etiladi. Tanlangan talabalar suhbat uchun chaqiriladi.

Eslatma: talabalar Serbiyada bir semestr (5 oy) qolish uchun viza olishlari shart. O‘zbekistonga eng yaqin Serbiya konsulligi Qozog‘iston, Nursulton (Ostona) shahrida joylashgan. Erasmus+ stipendiyasi quyidagi viza xarajatlarini qoplamaydi:

Serbiya konsulligiga borish va qaytish aviachiptalari;

Viza suhbati muddatida konsullik joylashgan shaharda yashash xarajatlari.

Ariza hujjatlari:

  • Rezyume
  • Baholar daftarchasi nusxasi ingliz tilidagi tarjimasi ilova qilingan holda
  • Motivatsiya xati (siz nima uchun ushbu almashinuv dasturini tanlaganingizni tushuntirishingiz kerak, namunali xalqaro almashinuv talabasi bo‘lishingiz uchun qaysi sifatlaringiz/qobiliyatingiz yordam beradi va qaytib kelganingizdan keyin universitetingiz ilmiy-o‘quv faoliyatiga qanday hissangizni qo‘shasiz va hokazo.)
  • Chet tilini bilish sertifikati (IELTS 6/6.5/ TOEFL (ibt) 79/ CEFR B1/B2)

 

Topshirish muddati: 2023 yil 5-avgustgacha.

Ariza hujjatlari quyidagi elektron pochtaga yuborilishi kerak:

 erasmusoffice.karsu@mail.ru