Biz bir bo‘lsak yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz!

30-noyabr 2023
Universitet yangiliklari

Yoshlar – ertamiz egalari, kelajagimiz bunyodkorlari, davlatning asosiy va bebaho boyligidir. O‘zbekistonning har bir farzandi,  xalqimizning birdamligi, mamlakat yaxlitligi uchun kurashib yashashni o‘z hayotining ma’nosi deb bilmog‘i kerak! 
Xalqimizning fidokorona mehnati, g‘ayratu shijoati bilan Yangi O‘zbekiston orzusi real haqiqatga aylanmoqda. Xalqaro maydonda Vatanimizga nisbatan hurmat va e’tibor tobora ortib bormoqda.
Prezidentimizni olib borayotgan oqilona siyosatlari natijasida barcha mamlakatlar bilan do‘stona munosabatlar o‘rnatilib, yillar davomida yechimini kutayotgan muammolar hal etildi va etib borilmoqda.

Joriy yilning 29-noyabr kuni Matematika va kompyuter ilmlari fakultetida o‘tkazilgan “Biz bir bo‘lsak yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz!” tinchlik mohiyati” mavzusidagi tadbirda ustozlar tomonidan Yangi O‘zbekiston yoshlari, ularga yaratib berilayotgan imkoniyatlar, yurtimizda hukm surayotgan tinchlik-totuvlik, yoshlarimizning tinchligimizni qadriga yetib, bu imkoniyatlardan unumli va oqilona foydalanishlari lozimligi haqida ma’lumotlar berildi. Tadbirda Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari kafedrasi dotsenti Z.Boymurodov, Matematika va kompyuter ilmlari fakulteti  tyutorlari va talaba-yoshlar ishtirok etdi.