“Biz yoshlar korrupsiyaga yo‘q deymiz!” mavzusida rasmlar tanlovi o‘tkazildi

28-noyabr 2023
Universitet yangiliklari

Bugun San’atshunoslik fakultetida 9-dekabr — Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni munosabati bilan e’lon qilingan “Aksilkorrupsiya oyligi” doirasida “Biz yoshlar korrupsiyaga yo‘q deymiz!” mavzusida rasmlar tanlovi o‘tkazildi.

Universitet Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens-nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi hamda Xodimlar va talabalar kasaba uyushma ko‘mitasi hamkorligida tashkil etilgan tanlovda san’atning rassomchilik yo‘nalishiga qiziquvchi, qobiliyatli talaba-yoshlarning 50 dan ortiq ijodiy ishlari namoyish etildi.

Tanlov yakunida hakamlar hay’ati a’zolari xulosasiga ko‘ra, mazmun va tasvir jihatdan eng yaxshi deb topilgan asarlar g‘oliblari tashkilotchilar tomonidan rag‘batlantirildi.