Ochiq eshiklar kuni o'tkazildi

28-oktabr 2023
Universitet yangiliklari

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining joriy yil 9-avgustdagi 351-sonli buyrug‘i ijrosi doirasida kecha Qarshi davlat universiteti Tibbiyot fakultetida “Ochiq eshiklar kuni” o‘tkazildi. Tadbirga Qarshi Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi o‘qituvchilari va 3-bosqich o‘quvchilari taklif etildi. 

Mehmonlar Tibbiyot fakultetida yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishtirildi. Jumladan, simulyatsiya xonasi, o‘quv auditoriyalar, mikrobiologiya va biokimyo laboratoriyalari, fakultet kutubxonasi, inkubatsiya markazi texnikum o‘quvchilarida katta taassurot qoldirdi.