Farzona “QVZ” jamoasi tengsiz bo‘ldi 

22-sentabr 2023
Universitet yangiliklari

“Quvnoqlar va zukkolar” ko‘rik-tanlovi Oliy ligasining 2023-yilgi mavsumi va Premer ligasining 2-mavsumi boshlandi. Ayni kunlarda tanlovning hududiy bosqichlari bo‘lib o‘tmoqda. Joriy yilning 20-sentyabr kuni Termiz shahrida “Quvnoqlar va zukkolar” ko‘rik tanlovi yubiley mavsumining hududiy saralash bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Unda Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlari OTMlaridan jami 11 ta jamoa ishtirok etdi. G‘oliblik uchun bellashuv nihoyatda qizg‘in kechdi. Yoshlar sahnada o‘z mahoratlarini ko‘rsatishiga imkoniyat yaratildi. Quvonarlisi, Qarshi davlat universitetining Farzona jamoasi “Eng namunali jamoa” nominatsiyasini qo‘lga egallagan holda “Quvnoqlar va zukkolar” ko‘rik-tanlovining respublika bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.