0 (375) 225 - 34 - 13               

 

01 / 06

QARSHI DU

QDU

QARSHI DU
02 / 06
03 / 06
04 / 06
05 / 06
06 / 06

AXBOROT RESURS MARKAZI

Ovozlar reytingi:  / 1
SayozZo'r 

Qarshi davlat universiteti axborot-resurs markazi direktori

Rahmonova Mahfuza Xolmurodovna

Telefon: (99893) 937-89-37

Elektron manzil:  MahfuzaRahmonova15@umail.uz

 

 

Markaz faoliyati haqida

 Qarshi davlat universiteti Axborot-resurs markazi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006 yil 20 iyundagi “Respublika aholisini axborot-kutubxona bilan ta’minlashni tashkil etish to‘g‘risida”gi PQ-381 qarori asosida universitet kutubxonasi zamirida tashkil etildi. Axborot-resurs markazi 1946 yilda pedagogika bilim yurti qoshida o‘z faoliyatini boshlagan. 1961 yildan boshlab pedagogika instituti kutubxonasi maqomi berildi. O‘sha davrda kutubxonaning umumiy kitob fondi 219500 tani tashkil etgan. Shundan darslik, o‘quv va metodik qo‘llanmalar, ilmiy va badiiy adabiyotlar (rus va o‘zbek tillarida) 186500 ta, karta va izomateriallar 700 ta, jurnal va gazetalar 92 nomda bo‘lgan.

2015 yil zamonaviy talab darajasidagi bino to‘liq ishga tushirildi.

Hozirgi kunda Qarshi davlat universiteti Axborot-resurs markazida 5 ta bo‘lim faoliyat olib bormoqda.

Axborot resurs markazi (ARM) umumiy kitob fondi 19019 nomda, 317283 nusxani tashkil etadi. Shundan darsliklar 3942 (20,5 %) nomda 69774 (21,9%) nusxa, o‘quv qo‘llanmalar 4156 (21,8%) nomda 73049 (23%) nusxa, badiiy adabiyotlar 3059 (16%) nomda 41896 (13,2%) nusxa, ilmiy adabiyotlar 3862 (20,3%) nomda 66061 (20,8%) nusxa, boshqa adabiyotlar 4000 (21,2%) nomda 66503 (21,1%) nusxani tashkil qiladi. 

Tillar bo‘yicha tahlil qilinganda, o‘zbek tilida 237942(75%) (shundan kirill alifbosida 184009 (58%) nusxa, lotin alifbosida 53933 (17%) nusxa), rus tilida 57106 (18%) nusxa, xorijiy tilda 22210 (7%) nusxadan iborat adabiyotlar mavjudligi aniqlandi. 

To‘liq matnli elektron-resurslar 120193 nomda mavjud bo‘lib, ulardan darsliklar 32894 ta, o‘quv qo‘llanmalar 35617 ta, ilmiy adabiyotlar 9954 ta, badiiy adabiyotlar 24623 ta, boshqa adabiyotlar 17105 tani tashkil etadi. 

ARM fondidagi adabiyotlarning 39,1% ARMAT dasturiga kiritilgan. QARDU lokal tarmog‘i orqali elektron kutubxonadan professor-o‘qituvchilar, xodimlar va talabalar uchun kerakli adabiyotlarni qidirish, to‘liq matnli elektron kitoblarni ko‘chirib olish imkoniyati mavjud. 

Universitet rasmiy sayti www.qarshidu.uz manzilida joylashgan bo‘lib, saytga doimiy yangiliklar kiritib borilgan. 

2017 yil davomida 352 nomda 3537 nusxadagi 83324894 so‘mlik yangi adabiyotlar xarid qilingan. Shundan: darslik 6 nomda,79 nusxada; o‘quv qo‘llanma 20 nomda, 89 nusxada; ilmiy adabiyot 2 nomda, 12 nusxada; badiiy adabiyotlar 334 nomda, 3357 nusxada adabiyotlar olingan. 

2018 yilda Respublikada chop etilgan 84 nomda 191 nusxada 45287923 so‘mlik vaqtli matbuot nashrlariga obuna bo‘lingan. Jurnal 51 nomda, 72 nusxada, gazeta 33 nomda 119 nusxani tashkil etadi. 

ARMda 3 ta qiroatxonada 190 ta o‘rin mavjud.

 

ARMning moddiy texnika bazasi tahlil qilinganda, 4 ta kompyuter sinfida. 83 ta kompyuter jamlamalari mavjud bo‘lib,  shundan 76 tasi internet tarmog‘iga ulangan. Lokal tarmoq tezligi 100 Mb/s va internet tarmog‘i tezligi 30 Mb/s ni tashkil etadi. Shuningdek, ARMda 1 ta nusxa ko‘chirish apparati, 1 ta skaner va 1 ta printer mavjud.

Qarshi davlat universitetining axborot resurs markaziga talaba va professor-o‘qituvchilarning kunlik tashrifi o‘rtacha 1077 nafarni tashkil qiladi. Shundan 935  nafari talabalar, 142  nafari professor-o‘qituvchilardir. 

2017-2018 yillarda ARMdan foydalanuvchilar qatnovi 415292 tani tashkil etadi: professor-o‘qituvchilar 31055 nafar, talabalar 224805 nafar, malaka oshirish va qayta tayyorlov 75246 nafar va mahalliy axoli 84186 nafar. 

Professor-o‘qituvchilar va talabalarga yangi-yangi elektron-resurslar ya’ni darslik, o‘quv qo‘llanmalar, ma’ruza matnlarining elektron shakli orqali xizmat ko‘rsatish amalga oshirilmoqda. Kam nusxadagi va yangi kelgan kitoblarning skaner asosdagi elektron varianti yaratilmoqda. Ular ta’lim yo‘nalishlari va fanlar bo‘yicha ajaratilgandir. 

 Ziyonet axborot ta’lim tarmog‘i manbalaridan foydalanish imkoni yaratilgan va milliy ma’naviy-axloqiy qadriyatlarni keng targ‘ib qilish va xalqning madaniy-tarixiy merosidan bahramand bo‘lishni ta’minlash, ma’naviy boy va uyg‘un kamol topgan shaxsning ijodiy o‘sishi uchun kitob fondlari, ma’lumotlarning elektron bazalari, Internet resurslari orqali zarur darajadagi xizmatlar ko‘rsatilmoqda. 

________________________________________________________________

© Qarshi davlat universiteti  www.qarshidu.uz 

________________________________________________________________