0 (375) 225 - 34 - 13               

 

01 / 06

QARSHI DU

QDU

QARSHI DU
02 / 06
03 / 06
04 / 06
05 / 06
06 / 06

Zoologiya va fiziologiya kafedrasi

Ovozlar reytingi:  / 0
SayozZo'r 

Kafedra mudiri: b.f.n., dotsent

Karimov Olim Rasulovich

Telefon: (99 890) 722-41-00

Elektron manzili: qardu_fizio@edu.uz

 

Kafedra haqida

Zoologiya va fiziologiya kafedrasi 2018 yil noyabr oyida Biotexnologiya va Biologiya kafedralari negizida qayta tashkil etildi. Kafedrada jami 20 nafar professor-o`qituvchilar 21,5 shtat birligida faoliyat ko`rsatishadi. Shulardan 1 nafari fan doktori, professor, 5 nafari fan nomzodi, dotsent, 5 nafari fan nomzodi, katta o`qituvchi, 2 nafari katta o`qituvchi, 7 nafari o`qituvchi-assistentlar. Ilmiy salohiyat 52,4 foizni tashkil etadi.  

Kafedraning hamkorlik aloqalari

O`zR FA Bioorganik kimyo instituti, Toshkent Tibbiyot Akademiyasi, Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti, O`zbekiston Milliy universiteti, Respublika Salomatlik instituti, Toshkent davlat jismoniy tarbiya instituti, Samarqand davlat universiteti, Qashqadaryo viloyat sog`liqni saqlash bosh boshqarmasi, Shahrisabz hamda Qarshi tibbiyot kollejlari, Qarshi Olimpiya zahiralari kolleji va boshqa oliy hamda o’rta maxsus o`quv yurtlari, Qashqadaryo viloyat DSENM, Qashqadaryo viloyat Xalq ta’limi boshqarmasi va uning hududiy bo‘linmalari, Qashqadaryo viloyat ovchilar va baliqchilar sport jamiyati, qashqadaryo viloyat don ekinlari seleksiyasi va urug‘chiligi ilmiy tekshirish instituti, shuningdek bir qancha ishlab chiqarish korxonalari bilan hamkorlik ishlari olib borilmoqda.

Quyida yuqorida sanab o‘tilgan tashkilotlar bilan hamkorlikda tashkil etilgan dars jarayonlari, amaliyotlar va turli tadbirlardan lavhalar keltirib o‘tamiz:

Kafedrada tayyorlanayotgan ta’lim yo’nalishlari va mutaxassisliklar

Kafedrada 5140100 – Biologiya yo’nalishi bo‘yicha bakalavrlar hamda 5A 140101 – Biologiya (odam va hayvonlar fiziologiyasi hamda zoologiya) hamda 5A 140100 ixtiologiya va gidrobiologiya mutaxassisliklari bo‘yicha magistrantlar tayyorlanadi. Bundan tashqari kafedra a’zolari tomonidan universitetning barcha yo’nalishlarida darslar olib boriladi.

  

Kafedraning ilmiy-uslubiy faoliyati

Kafedrada 1 nafar fan dokdori va 10 nafar fan nomzodi dotsentlar faoliyat olib boradi. Ular tomonidan 2017-2018 o‘quv yili davomida bir qator darslik, monografiya hamda o‘quv qo‘llanmalar, shuningdek xalqaro va Respublika miqyosidagi jurnallarda ham maqolalar chop ettirildi. ettirildi.

Quyidagi 2017-2018 o‘quv yilida kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan chop ettirilgan ilmiy-uslubiy ishlarni keltirib o‘tamiz:

1. Nashr ettirilgan monografiya, o‘quv va o‘quv uslubiy qo‘llanmalar:

Ishning qisqacha mazmuni

Ish hajmi b.t.

Mas’ul ijrochi

Bajar. muddati

Nashr turi, nusxa

Ijroni tekshirish belgisi

1.

Valeologiya asoslari

8,33

O‘qit.G.Bo‘ronova

2017yil

Uslubiy qo‘llanma.

 

2.

Odam anatomiyasi

3,75

O‘qit.B.Jovliyev

2017yil

Uslubiy qo‘llanma.

 

3.

Jismoniy tarbiya gigiyenasi

11,07

Prof.B.Aminov

O‘qit.B.Jovliyev

2017yil

Uslubiy qo‘llanma.

 

4.

Ichki muhit fiziologiyasidan laboratoriya mashg‘ulotlari

3,25

Katta oq. I.Cho’liyev,

o‘qit.I.Sattorova

2017yil

Uslubiy qo‘llanma.

 

5.

Sog‘lom turmush tarzi va uni tashkil etuvchi tarkibiy qismlar

1,7

dots.M.Tursunqulova

2017yil

Uslubiy qo‘llanma.

 

6

Yosh fiziologiyasi va gigiyena

3,4

Bo‘ronova Gulnoza,

Hazratova Hulkar

Qarshi, 2018

Uslubiy qo‘llanma

 

7.

Odam anatomiyasi va fiziologiyasidan laboratoriya mashg‘uloti

3,5

Qurbonov Shoniyoz, Bo‘ronova Gulnoza

Қарши, 2018

Uslubiy qo‘llanma

 

8.

Sog‘lom ovqatlanish fiziologiyasi

20,97

SH.Qurbonov, B.Do‘stchanov,

A.Qurbonov, O.Karimov

Қарши 2018

Monografiya

 

 

2. Chop ettirlgan ilmiy maqolalar ro‘yxati.

T.r.

Maqola

nomi

jurnal nomi

Chop etilgan joyi

maqomi

betlari

Mualliflar

ning f.i.sh

Xalqaro jurnallarda 5 ta

1.

Рол ЦсА - чувствителной поры митохондрий в регулятсии физиологических процессов

«СТУДЕНЧЕСКИЙ ВЕСТНИК» Научний журнал № 11(31) Июнь 2018 г. Част 2 

Россия

halqaro

77 bet

Ikromova Muxlisa,

Chuliyev Ikrom, Xalimov Murodulla, Suyunova Gavxar

2.

Ferrula kuhistanica- ko’histon kovragi o’simligining xomashyo zahirasini o’rganish va ishlab chiqarishga tavsiyalar 

«STUDENCHESKIY VESTNIK» Nauchniy jurnal № 11(31) Iyun 2018 g. Chast 6

 

Rossiya

halqaro

73 bet

Suyunova Gavhar Xoltojiyev Jumanazar Berdiyorova Shalola

 

3.

Анатомическое строение листев и долговечност в зависимости от условии среди изученних видов сем фабаcэаэ в условиях каршинского оазиса 

«СТУДЕНЧЕСКИЙ ВЕСТНИК» Научний журнал № 7(27) Апрель 2018 г. Част 1

 

Россия

halqaro

59-61 bet

Xayitov Ilxom Xalimov Murodulla

 

4.

B gepatiti hbsag virusini aniqlashda immunoenzim tahlilini qo’llash

Internauka: nauchniy jurnal. № 26(60). – M., Izd. «Internauka», 2018

Россия

halqaro

59 -61 bet

Suyunova Gavhar

Shukurov Oybek, Berdiyorova Shalola

5.

Отношение к влаге (засухоустойчивост) изученних видов сем Фабаcэаэ в условиях Каршинского оазиза

Интернаука: научний журнал. № 13(47). – М., Изд. «Интернаука», 2018

Россия

halqaro

16-21

Hayitov I,

Halimov M

Xosilova Z

OAK ro‘yxatidagi jurnallarda: 2 ta

1.

Akadem litsey o‘quvchilarining ovqatlanishida ma’danli moddalar

QarDU xabarlari,

2018 yil, №1

Qarshi

Respublika

31-36 betlar

Umedova Shohida

2.

Stress va oshqozon-ichak tizimi

QarDU xabarlari,

2018 yil, №2

Qarshi

 Respublika

9-10 betlar

Umedova Shohida

Boshqa jurnallar va ilmiy to‘plamlarda: 2 ta

1

Nisholda (Milliy qandolotchilik

“Sixat-salomatlik” jurnali 2018 yil, 5-son.

Toshkent

Respublika

 

Bo‘ronova G.B.

2

Toza suv ichgan kishi sog‘lom, baquvvat...

“Sixat-salomatlik” jurnali 2018 yil, 8-son.

Toshkent

Respublika

9-10 betlar

Qurbonov Sh.

 

Kafedradagi ilmiy-tadqiqot ishlari

Kafedrada quyidagi yo‘nalishlarda ilmiy-tadqiqot ishlari olib boriladi:

1. Oshqozon-ichak yo‘lida turli oziq-moddalarning hazm bo‘lishi;

2. Aholi turli guruhlarining amaldagi ovqatlanishini o‘rganish hamda oqilona ovqatlanish masalalarini targ‘ib qilish;

3. Membrana orqali turli xildagi elementlar va biologik faol moddalarning tashilish mexanizmlarini o‘rganish.

4. Janubiy O’zbekistonning umurtqali va umurtqasiz hayvonlari faunasi, bio-ekologiyasi hamda ulardan oqilona foydalanish;

5. O’zbekiston Janubida qishloq xo’jalik ekinlari va mahsulotlariga zarar keltiruvchi zararkunandalar bio-ekologiyasi, ularga qarshi kurash chora-tadbirlari.

Ushbu yo‘nalishlarda olib borilgan tadqiqotlar asosida bugungi kunda kafedra mustaqil tadqiqotchisi K.Do‘stov o‘zining “Har xil sport turi bilan shug‘ullanuvchilarning (kurashchi, yengil atletikachi, futbolchi va b.) oqilona ovqatlanishi va uni ratsionallashtirish” mavzusidagi PhD dissertatsiyasini samarali davom ettirmoqda. Shuningdek, kafedra o‘qituvchisi G. Bo‘ronovaning “Homilador va emizikli onalarning amaldagi ovqatlanishini tahlil qilish va uni ratsionallashtirish yo‘llari (O‘zbekiston Respublikasining janubiy viloyatlari misolida)” hamda Sh.Umedovaning “Akademik litsey va kasb-hunar kolleji o‘quvchilarining amaldagi ovqatlanishi va uni ratsionalalshtirish yo‘llari” dissertatsiya mavzulari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi OAK Byulletenida mos ravishda  V2018.2.PhD/B201 va V2018.2.PhD/B204 raqam ro‘yxatga olindi va tasdiqlandi (OAK blyulleten, 2018 yil №2).

Bundan tashqari, kafedrada professor-o‘qituvchilar tomonidan yoshlarda sog‘lom turmush tarzini shakllantirishning tibbiy asoslari yo‘nalishlari bo‘yicha ham ilmiy hamda ilmiy-uslubiy ishlar olib borilmoqda. Shuningdek,  joylarda aholi turli guruhlarining amaldagi ovqatlanishini o‘rganish va oqilona ovqatlanish tamoyillarini mahalliy urf-odatlar, sharoitlarni hisobga olgan holda targ‘ib qilish borasida ham katta ishlar amalga oshirildi. Bu qilingan ishlarning natijalari xalqaro va Respublika miqyosida o‘tkazilgan ilmiy konferensiya materiallarida e’lon qilib kelinmoqda.

2018 yil 27-28 aprel kunlari Qarshi shahrida o‘tkazilgan “Jismoniy tarbiya va sportda faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalardan foydalanish” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyada, 2018 yilning 11-mayda Qarshi shahrida o‘tkazilgan “O‘zbekiston o‘simliklar olamidagi bioxilmaxillik:muammolar va yutuqlar” mavzusidagi Respublika ilmiyo-amaliy konferensiyada, 2018 yil 18 may kuni Urganch shahrida o‘tkazilgan Ibn Sino ta’limotida ovqatlanish va zamonaviy diyetologiya Respublika ilmiy-amaliy konferensiyada, 2018 yil 22 iyunda Nukus shahrida o‘tkazilgan“Janubiy orolbo‘yi tabiiy resurslarini oqilona foydalanish” VII Respublika ilmiy-amaliy konferensiyada, 2018 yil 28-29 noyabr kunlari Nukus shahrida o‘tkazilgan “Janubiy orolbo‘yi biologik xilma-xilligini saqlash, qayta tiklash va muhofaza qilishningekologik masalalari” mavzusida Xalqaro ilmiy-nazariy konferensiyada o‘z materiallari bilan ishtirok etishdi

Olib borilgan ilmiy tadqiqot ishlari natijasi o‘laroq, kafedra prof-o‘qituvchilari mazkur yilda1 ta monografiya, 2 ta o‘quv-uslubiy qo‘llanma nashr qilindi. Xalqaro miqiyosdagi jurnallarda  5 ta maqola, OAK ro‘yxatidagi jurnallarda 2 ta, Xalqaro miqyosdagi ilmiy anjumanlarda 7 ta, Respublika miqyosidagi anjumanlarda 17 ta tezis chop qilindi. Shuningdek, Viloyat va universitet miqyosidagi ilmiy  anjumanlarda 38 ta tezis e’lon qilindi.

Iitidorli talabalar bilan ishlash. Biologiya ta’lim yo‘nalishining 2-kurs talabasi Muxlisa Ikromova, biotexnologiya ta’lim yo‘nalishining talabalari Shalola Berdiyorova va Jumanazar Xoltojiyevlar Rossiyadagi «Studencheskiy vestnik» va Internauka: nomli ilmiy jurnallarda o‘z maqolalari bilan ishtirok etishdi.

Kafedrada professor-o‘qituvchilar rahbarligida tez-tez iqtidorli talabalar ilmiy anjumanlari, seminarlar, davra suhbatlari va boshqa turli tadbirlar tashkil etib turiladi.

Kafedrada iqtidorli talabalar bilan ishlash holati talablar darajasida. Iqtidorli talabalarni aniqlash, tanlash, qiziqishlariga qarab ilmiy mavzular berish natijasida amalga oshirilgan ishlar ijobiy natija bermoqda. 2017-2018 o‘quv yilida iqtidorli talabalar soni 20  nafarni tashkil etdi va ular kafedrada ilmiy ish bilan shug‘ullanib, shulardan 10 nafar iqtidorli bitiruvchi talabalar o‘zlarining BMI ni muvaffaqiyatli himoya qilishdi.

«Yosh fiziolog» va “Yosh zoolog” to`garaklari a`zolari va iqtidorli talabalar har oyda tegishli mavzuda ma`ruzalar uyushtirib, yaxshi uyushtirilgan mavzular chop ettirishga tavsiya etiladi.

Kafedraning innovatsion loyihalardagi ishtiroki

dotsent A.Qurbonov Tempus dasturining 544134-TEMPUS-1-2013-1-BE-TEMPUS-SMGR “UzDOC: O’zbekiston oliy ta’lim muassasalari doktorantura tizimi sifatini oshirish” loyihasida,

b.f.n. I.Hayitov hamda dotsent O.Karimovlar esa “Qashqadaryo viloyatida yangi yaratilgan o’rik, shaftoli va olma navlarining ona bog’larini yaratish, ko’chatlarini ko’paytirish va ishlab chiqarishga joriy etish” innovatsion loyihasida ishtirok etishmoqda.

Tadbirkorlik ishlari. Mazkur o‘quv yilida kafedramizda universitet rektorining buyrug‘i bilan “Uy hamshirasi” pullik kursi tashkil qilindi. Mazkur yilda bu kurs faoliyati natijasida 6 200 000 so‘m pul universitet hisobiga tushirildi.

Kafedrada oq’itiladigan fanlar

Bakalavriat:

  • Odam va hayvonlar fizilogiyasi
  • Biokimyo
  • Biotexnologiya
  • Biofizika
  • Molekulyar biologiya
  • Ovqatlanish va ovqat hazm qilish fiziologiyasi
  • Yosh fiziologiyasi va gigiyena
  • Odam fiziologiyasi
  • Jismoniy mashqlarning fiziologik asoslari va biomexanika
  • ONF va MNT fiziologiyasi
  • Bolalar anatomiyasi va fiziologiyasi
  • Tibbiy bilim asoslari
  • Valeologiya asoslari
  • Odam anatomiyasi
  • Sport tibbiyoti
  • Jismoniy tarbiya gigiyenasi
  • Davolash jismoniy mashqlari
  • Pediatriya va bolalar gigiyenasi
  • Zoologiya
  • Gistologiya va embriologiya
  • Biologiya o‘qitish uslubiyoti
  • Biologiya asoslari
  • Evolyutsion ta’limot
  • Populyatsiyalar ekologiyasi
  • Entomologiya
  • Biozararlanish
  • Parazitologiya

Magistratura:

  • Ichki muhit fiziologiyasi
  • Oliy nerv faoliyati
  • Hazm va oziqlanish fizologiyasi
  • Moddalar va energiya almashinuvi fiziologiyasi
  • Ekologik fiziologiya
  • Endokrin tizim fiziolgiyasi
  • Markaziy nerv tizimi fiziologiyasi 

Kafedra tarkibi:

  • Karimov Olim Rasulovich– biologiya fanlari nomzodi, dotsent. Kafedra mudiri.
  • Qurbonov Shoniyoz Qurbonovich – biologiya fanlari doktori, professor, O’zR Turon Fanlar akademiyasi akademigi
  • O‘roqov Salom O‘roqovich – biologiya fanlari nomzodi, dotsent.
  • Bobonazarov G‘appor Yodgorovich – biologiya fanlari nomzodi, dotsent.
  • Berdiyev Jo‘ra Xursandovich – biologiya fanlari nomzodi, dotsent.
  • Qurbonov Abdulaziz Shoniyozovich – biologiya fanlari nomzodi, dotsent.
  • Davronov Barno Orziyevich – biologiya fanlari nomzodi, dotsent v.b.
  • Ro‘ziyev Baxtiyor Xushmurodovich – biologiya fanlari nomzodi, dotsent v.b.
  • Rahmatullayev Yorqin Shokirovich – biologiya fanlari nomzodi, dotsent v.b.
  • Rahmatullayev Almardon Yusupovich – biologiya fanlari nomzodi, katta o’qituvchi.
  • Cho’liyev Ikrom Ne’matullayevich – biologiya fanlari nomzodi, katta o’qituvchi.
  • Jovliyev Baxtiyor Xolbayevich – katta o’qituvchi.
  • Toshov O‘tkir Jumayevich – katta o‘qituvchi.
  • Safarov Elmurod Djumayevich – o’qituvchi.
  • Do’stov Karim To’rayevich – o’qituvchi.
  • Halimov Murodulla Ziyodullayevich – o’qituvchi.
  • Bo’ronova Gulnoza Boymuratovna– o’qituvchi.
  • Hazratova Hulkar Normurodovna - o’qituvchi.
  • Sattorova Iroda Yangiboyevna - o’qituvchi.
  • Hosilova Ziyofat Begmurodovna - o‘qituvchi
  • Xo‘jamqulova Gulira’no Bahromovna – o‘qituvchi.
  • Umedova Shohida Numanovna - o‘qituvchi
  • Qiyomova Nozigul Farhodovna – o‘qituvchi.

Kafedrada olib borilgan tashkiliy-uslubiy va ma’naviy-ma’rifiy ishlar.

Tashkiliy-uslubiy ishlar. Qashqadaryo viloyati Xalq ta’limi boshqarmasi, kasb-hunar kollejlar boshqarmasi hamda turli tashkilotlar bilan bitiruvchilarning bandligini ta’minlash maqsadida universitetda karyera kuni va ochiq eshiklar kuni o‘tkazilishida faol ishtirok etildi;

Mazkur yilda kafedrada 22 nafar 5140100 – biologiya ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bitiruvchi bo‘lib, ulardan 12 nafari tuman va shahar maktablarida, kasb-hunar kollejlarida ishlash uchun shartnomani imzoladilar, 5 nafari viloyatimizning turli tashkilotlari bilan (Qashqadaryo viloyati DSENM va b) shartnoma tuzgan va qolgan 5 nafari esa yosh bolali va homilador bo‘lganligi uchun bola tarbiyasi bilan band ekanligi haqida ma’lumotnoma taqdim etdi.

Shuningdek joriy yilda kafedrada 21 nafar 5320500 – biotexnologiya ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bitiruvchi bo‘lib, ulardan 10 nafari tuman va shahar maktablarida, kasb-hunar kollejlarida ishlash uchun shartnomani imzoladilar, 8 nafari viloyatimizning turli tashkilotlari bilan  shartnoma tuzgan va qolgan 3 nafari esa yosh bolali va homilador bo‘lganligi uchun bola tarbiyasi bilan band ekanligi haqida ma’lumotnoma taqdim etdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 25 yanvardagi “O‘zbekiston Respublikasi birinchi prezidenti I.A.Karimov tavallud topgan kun 30 yanvar sanasini nishonlashga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish to‘g‘risida”gi farmonining ijrosini ta’minlash maqsadida Qarshi va Shahrisabz tibbiyot kollejlarida 2018 yilnnig 28-30 yanvar kunlari ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.

Ma’naviy ma’rifiy ishlar. 2017 yil 2 sentabr kuni O‘zbekiston respublikasining birinchi prezidenti I.A.Karimov xotirasiga bag‘ishlangan “Xotira darslari” tashkil etildi. Tadbirda birinchi prezidentimiz hayoti, ijodi va faoliyati aks etgan videorolik namoyish qilindi.

2017 yil 1 oktabr “Ustoz va murabbiylar” kuniga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi.

2017 yil 15 oktabr kuni tabiiy fanlar fakulteti Biotexnologiya ta’lim yo‘nalishi 1- 4 - bosqich talabalari o‘rtasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 12 yanvardagi F-4789-sonli farmoyishiga muvofiq Oliy ta’lim muassasalarida har bir akademik guruh ishtirokida “Eng faol kitobxon guruh” tanlovi  o‘tkazildi.

2017 yil 20 oktabr kuni talaba yoshlar o‘rtasida sodir etilishi mumkin bo‘lgan huquqbuzarlik holatlarini oldini olish bo‘yicha ishlab chiqilgan chora tadbirlar doirasida “Keyingi bekat” filmini namoyish etildi. Bu orqali Vatanimiz kelajagi, xalqimizning ertangi kunini belgilovchi voyaga yetmaganlar va yoshlarni har tomonlama  barkamol avlod sifatida voyaga yetishida mamlakatimizda yaratilgan keng shart-sharoit bilan tanishtirish, ularning huquqlarini himoya qilish, iqtidorini to‘la-to‘kis ro‘yobga chiqarishda yaqindan muloqot qilish, eng muhimi yosh avlod o‘rtasida turli huquqbuzarlik va jinoyatchilikni oldini olishdan iborat bo‘ldi.

2017 yil 3 dekabr kuni Qarshi davlat universiteti Tabiiy fanlar fakulteti Biotexnologiya kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan 3-dekabr “Halqaro nogironlar kuni” munosabati bilan Qarshi “Muruvvat” nogiron bolalar internat uyida tarbiyalanuvchi bolalar holidan xabar olindi.

2018 yil 12 yanvar Qarshi davlat universiteti Tabiiy fanlar fakulteti Biotexnologiya kafedrasi tomonidan “14-yanvar Vatan himoyachilari kuni” ga bag‘ishlab o‘tkazilgan Vatan himoyasi – eng oliy burchdir! nomli tadbir o‘tkazildi. Tadbirda Janubiy-g‘arbiy okrugi faxriylar kengashi podpolkovniklari  Bozorov Bahodir Qurbonovich, Yo‘ldoshev Nikola Narzullayevich, Qo‘chqorov Olimjon Allayorovichlar o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etishdi.

Biotexnologiya kafedrasida 6 ta akadem guruh bo‘lib, barcha guruhlarga  biriktirilgan guruh murabbiylari o‘z guruhlarini  yillik ish rejalarini tuzgan va guruh murabbiylari ish rejaga asosan  guruhlarda ma’naviy-ma’rifiy  tadbirlar o‘tkazib kelmoqda.

Yoshlar o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olish bo‘yicha olib borilayotgan profilaktik ishlar. Kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan fakultet va talabalar turar joylarida muntazam ravishda turli ma’naviy - ma’rifiy va tushuntirish ishlari olib borishmoqda. Sohaning yetakchi mutaxassislarini jalb etgan holda talaba yoshlar bilan davra suhbatlari muntazzam o‘tkazilmoqda. Har bir akadem guruh rahbari talaba yoshlar o‘rtasida sodir etilishi mumkin bo‘lgan huquqbuzarlik holatlarini oldini olish bo‘yicha chora tadbirlar ishlab chiqqan.

Kafedraga tegishli akadem guruh talabalarining ko‘pchiligi 2-TTJ da istiqomat qilishmoqda. TTJ da kafedra professor-o‘qituvchilarining navbatchiligi jadval asosida yaxshi yo‘lga qo‘yilgan va kafedra mudiri tomonidan har oyning oxirida nazorat qilib boriladi. Talabalarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish maqsadida kafedra tomonidan muntazam ravishda ma’naviy-ma’rifiy va sport tadbirlari tashkil etilib, o‘tkazilib kelinmoqda. TTJ da istiqomat qiladigan har bir talabaning xonasida tegishli tekshiruv va nazorat daftarlari yuritib kelinmoqda. Talabalar turar joyida olib borilayotgan ishlar kafedra yig‘ilishlarida muntazzam muhokama qilib kelinmoqda.

2017 yil 14 noyabr kuni 2-TTJ “Odam savdosi davr muammosi” deb nomlangan tadbir o‘tkazildi.

2017 yil 5-dekabrda 2-TTJda Biotexnologiya kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan “ O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini 25 yilligigi bag‘ishlab “Konstitutsiya-halqimiz farovonligi yo‘lida”  mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazilib  kelinmoqda.

2018 yil 2 fevral Qarshi davlat universiteti Tabiiy fanlar fakulteti biotexnologiya kafedrasi hamda Tadbirkorlar va ishbilarmonlarni qo‘llab-quvvatlash O‘zbekiston Liberar demokratik partiyasi bilan hamkorlikda O‘zbekiston respublikasi prezidentining Qashqadaryo viloyatiga tashrifi va oziq-ovqat mahsulotlari hamda qurilish mollarining bojxonadan o‘tish tartibiga kiritilgan o‘zgartirishlar to‘g‘risida qabul qilingan qonunlariga hamda Harakatlar strategiyasining ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi.   

2018 yil 6 fevral Qarshi davlat universiteti Tabiiy fanlar fakulteti Biotexnologiya kafedrasi hamda Tadbirkorlar va ishbilarmonlarni qo‘llab-quvvatlash O‘zbekiston Liberar demokratik partiyasi bilan hamkorlikda O‘zbekiston respublikasi prezidentining 2018 yil 22 yanvardagi PF-5308 Farmoni bilan tasdiqlangan “2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini  Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili” da amalga oshirishga oid davlat Dasturi” ning mazmun mohiyatini talaba-yoshlar va professor-o‘qituvchilar orasida targ‘ib etish.

2018 yil 2 mart kuni Qarshi davlat universiteti  Tabiiy fanlar fakulteti Biotexnologiya kafedrasida “Odam savdosi-hudud, chegara, millat tanlamaydigan mudhish illat” mavzusida tadbir o‘tkazildi.

2018 yil 6 mart kuni Biotexnologiya kafedrasida  Odam savdosi bo‘yicha talaba yoshlar o‘rtasida profilaktik ishlar olib borish maqsadida “Odam savdosi-hudud, chegara, millat tanlamaydigan mudhish illat” deb nomlangan tadbir o‘tkazildi. 

2018 yil 6 aprel kuni Biotexnologiya kafedrasida “Diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi kurash” mavzusida tadbir o‘tkazildi.  Tadbirda Qarshi shahar musulmonlar idorasi ma’sul xodimi A.Boyqobilov, Falsafa kafedrasi dotsenti P.Sa’dullayevlar ishtirok etishdi.

2018 yil 15 aprel kuni Biotexnologiya kafedrasi tomonidan «O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil!» ichki turizmni rivojlantirish dasturi bo‘yicha Samarqand shahrining qadimiy obidalariga ziyorat tadbiri uyushtirildi.

2018 yil 2 may kuni Biotexnologiya ta’lim yo’nalishi 1-kurs 017-56 guruhi talabalari tomonidan Qashqadaryo viloyati tarixi va madaniyati davlat muzeyiga  sayoxat uyuishtirildi.

2018 yil 4 may kuni Biotexnologiya ta’lim yo’nalishi 1-kurs 017-56 guruhi talabalari tomonidan Qarshi shaxridagi Motomsora ona xotira maydoniga tashrif uyushtirilib o’tganlar xotirasiga gulchambarlar qo’yildi.

2018 yil 8 may kuni Biotexnologiya ta’lim yo’nalishi talabalari o’rtasida “Biotexnologiya kafedrasi kubogi” minifutbol musoboqasi o’tkazildi.

Kafedrada mavjud bo‘lgan akadem guruh talabalarining yashash manzillari  kafedra mudiri va guruh murabbiylari tomonidan har oyda nazorat qilib boriladi. Shakllantirilgan ma’lumotlar fakultetning ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha dekan o‘rinbosariga taqdim etib borilmoqda. Guruh rahbarlari har bir ijarada yashovchi talabaning ijara xonadonlari egalari bilan suhbat uyushtirib nazorat daftariga tashriflari yuzasidan fikr-mulohazalarni yozib borishmoqda. Natajalarni rasm va bayonnomalar ko‘rinishida dekan o‘rinbosariga taqdim etib borishmoqda. Ular bilan muntazam nazorat o‘rnatilagan.

Kafedrada talabalarni bo‘sh vaqtini samarali tashkil etish bo‘yicha turli sport tadbirlari, jumladan, mini futbol bo‘yicha musoboqalar va kafedra kubogi musoboqalari shular jumlasidandir. kafedrada to‘garaklar faoliyat yuritmoqda. “Yosh biotexnolog” to‘garagi har oyning payshanba va juma kunlari talabalarning darslardan bo‘sh vaqtlarida tashkil etilib kelinmoqda.

2017-2018 o‘quv yilida kafedrada tashkil etilgan tashkiliy-uslubiy va ma’naviy-ma’rifiy tadbirlardan lavhalar.


Kafedra manzili: Qarshi shahri, Ko’chabog’, №17. Tabiiy fanlar fakulteti binosi, 4-qavat

________________________________________________________________

© Qarshi davlat universiteti  www.qarshidu.uz 

________________________________________________________________