0 (375) 225 - 34 - 13               

 

01 / 06

QARSHI DU

QDU

QARSHI DU
02 / 06
03 / 06
04 / 06
05 / 06
06 / 06

PEDAGOGIKA KAFEDRASI

Ovozlar reytingi:  / 1
SayozZo'r 

Kafedra mudiri: Pedagogika fanlari nomzodi, dotsent

Soxibov Akram Rustamovich

Telefon: (+998 90) 617-99-09

Elektron manzili: soxibovakram@gmail.com

 

          

Pedagogika kafedrasi tarixi:

“Pedagogika” kafedrasi 1964 yilning mart oyida Ijtimoiy gumanitar fanlar negizida tashkil topgan. Unda taniqli olimlardan professor M.Ochilov, dotsentlar N.Hamrayev, Usmonov S.I., Xoliqov D. Qultayev J.Q., Xidirova B.X., Mazitova G.X., Mazitova M.X.lar faoliyat ko‘rsatganlar.

“Pedagogika” kafedrasi quyidagi professor-o‘qituvchilar kafedra mudirligi lavozimida ishlaganlar:

  1. Tatarskaya Ideya Yefimovna (1964-1966)
  2. Baratov T.B.  (1966-1970)
  3. Usmonov S.I. (1970-1972)
  4. Ochilov M.O. (1972- 1983)
  5. Xamrayev N.X. (1983-1985)
  6. Choriyev A.CH. (1985-1996; 1999- 2003)
  7. Eshmuradov E.E. (1996-1999)
  8. Fayzullayeva N.S. (2003-2006)
  9. Soxibov A.R. (2007-2013)
  10. Djumayeva N.E. (2013- 2018)
  11. Soxibov A.R. (2018-xozirgacha)

Kafedrada hozirgi vaqtda 1 ta professor, 5 nafar pedagogika fanlari nomzodlari, dotsentlar, 2 ta katta o’qituvchi, 10 nafar o’qituvchilar, faoliyat ko’rsatmoqda. Ilmiy salohiyat 40%. “Pedagogika” kafedrasi professor-o‘qituvchilari universitetning barcha fakultet va yo’nalishlarida faoliyat ko’rsatadi.

Kafedra professor-o’qituvchilari: 

  1. dots. Soxibov Akram Rustamovich – kafedra mudiri
  2. prof. Choriyev Abdishukur Choriyevich
  3. p.f.n. Eshmurodov Ergash
  4. p.f.n. Eshmurodova Gulbaxor Xushmurodovna
  5. p.f.n. Rajabova Inobat Ravshanovna
  6. dots. Jumayeva Nargiz Erkinovna
  7. kat. o‘q.Qoraxonova Oysara Yuldoshovna
  8. kat.o‘q. Sultonov Akram Ikromovich 
  9. o‘q.Ismoilova Yulduz Turayevna 
  10. o‘q.Xalilova Xabiba Mamatqulovna
  11. o‘q.Qurbonova Aziza O‘ktamovna 
  12. o‘q.Qultoyeva Nasiba Jurayevna
  13. o‘q.Murodova Zulfiya Qayumovna 
  14. o‘q.Sattorova Moxira Amirqulovna 
  15. o‘q. Mirzaqobilov Asqarali Davronovich 
  16. o‘q. Rajabova Lola Raxmatullayevna 
  17. o‘q. Pardaqulov Norbek Pardaqulovich 
  18. o‘q. Xo‘jayorova Nafisa Sultonmurodovna 

Kafedrada 5А110901 pedagogika nazariyasi va tarixi magistratura mutaxassisligi va universitetning barcha bakalavriat yo’nalishlari bo’yicha quyidagi fanlar o‘zbek va rus tilida  o’qitiladi: 

Bakalavriatning yo‘nalishlarida: 

  1. Pedagogika
  2. Umumiy pedagogika
  3. Ijtimoiy pedagogika
  4. Oila pedagogikasi
  5. Ta’lim texnologiyalari
  6. Pedagogika nazariyasi va tarixi
  7. Pedagogik mahorat
  8. Tarbiyaviy ishlar metodikasi 

Magistratura mutaxassisligi: 5A110901-Pedagogika nazariyasi va tarixi 

  1. Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat
  2. Pedagogik tadqiqotlar metodologiyasi
  3. Pedagogikaning konseptual asoslari
  4. Pedagogik fikrlar tarixi
  5. Pedagogik menejment
  6. Pedagogik diagnostika va korreksiya
  7. Maxsus fanlarni o‘qitish metodikasi
  8. Oliy maktab pedagogikasi 

Kafedraning bosh ustuvor ilmiy tadqiqot mavzusi “Uzluksiz ta’lim mazmuni, metodi va vositalarni modernizatsiyalashning didaktik prinsiplari”. 

Mazkur yo’nalish bo’yicha prof. A.Choriyev 4 ta, dotsent Djumayeva N.E. 4 ta, dots. A.Soxibov, p.f.n. E.Eshmurodov, p.f.n. G.Eshmurodova, p.f.n. I.Rajabovalar 3 ta monografiya,  risola, o’quv-uslubiy qo’llanmalar nashr ettirdilar. Kafedra o’qituvchilari kat. A.Sultonov, kat.O.Qoraxonova, Z.Murodovalar nomzodlik dissertatsiyalari ustida izlanmoqdalar. 

Kafedra qoshida “Yosh pedagog” to’garagi faoliyat ko’rsatib, 20 dan ortiq iqtidorli talabalar jalb etilgan, ular turli mavzularda ilmiy tadqiqot ishlari olib bormoqdalar. Har yili to‘garak qatnashchilari o‘tkaziladigan Respublika ilmiy-amaliy konferensiyalarida ilmiy ma’ruzalari bilan qatnashib kelmoqdalar. Kafedra to’garagiga mas’ul – o’qituvchi Sattorova Mohira. 

Pedagogika kafedrasida Qashqadaryo viloyati o‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi boshqarmasi bilan innovatsion hamkorlik o‘rnatilgan. Bundan tashqari Rossiyaning Belgorod DU, Qalmiq DU bilan hamkorlik aloqalari o‘rnatilgan. 

Kafedra kat.o‘qituvchisi Qoraxonova Oysara “Innovatsion texnologiyalar yordamida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini mantiqiy fikrlashga o‘rgatishning didaktik asoslari” nomli doktorlik dissertatsiyasi, 5A110901 - Pedagogika nazariyasi va tarixi mutaxassisligi 2 kurs magistrantlari Zikirova Saida Yo‘ldoshevna Bo‘lajak o‘qituvchilarda pedagogik kompetentlik sifatlarini rivojlantirish texnologiyasi,  Raxmatullayeva Zuxra Raxmatullayevna Maxsus maktabgacha ta’lim muassasalarida korreksion faoliyat samaradorligini oshirishning innovatsion metodlari, Mirzayev Sardor  Amrullayevich Modulli ta’lim texnologiyalaridan foydalanish orqali ta’lim samaradorligini oshirish (oliy ta’lim tizimida), Qilicheva Nuriyaнинг «Aziziddin Nasafiyning komil inson haqidagi ta’limoti va uning ilmiy – amaliy ahamiyati» mavzularida ilmiy tadqiqot ishlari olib borilmoqda. 

Kafedra Respublikadagi tayanch oliy o’quv yurtlari – Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat Pedagogika universiteti, Toshkent Davlat Milliy universiteti, Qori Niyoziy nomidagi O’zRes Pedagogika fanlari ilmiy tekshirish instituti, Buxoro Davlat universiteti, Termiz Davlat universiteti, Buxoro Oziq Ovqat Yengil Sanoat texnologiyalari instituti, O’zbekiston Respublika Prezidentining “Istedod” jamg’armasi masofali o’qitish markazi bilan  ilmiy yo’nalishda hamkorlik qilmoqda. Qori Niyoziy nomidagi O’zRes Pedagogika fanlari ilmiy tekshirish instituti bilan ilmiy-tadqiqot ishlari, Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat Pedagogika universiteti o’quv-uslubiy ishlar bo’yicha, Buxoro Oziq Ovqat Yengil Sanoat texnologiyalari instituti, Toshkent Davlat universiteti qoshidagi Oliy Pedagogika instituti bilan ilmiy kadrlar tayyorlash, professor-o’qituvchilarni malakasini oshirish bo’yicha 2018 yilgacha  shartnoma asosida  hamkorlik ishlarini amalga oshirib kelmoqda. 

Pedagogika kafedrasi jamoasi

 

Pedagogika kafedrasi mudiri Djumayeva N.Ening “Культура и просвещение в эпоху Амира Темура и темуридов (XIV –XV вв.) ”mavzusida ochiq darsi

 

Qarshi pedagogika kollejida O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimovning xotirasiga bag’ishlangan tadbir.

Pedagogika kafedrasi o’qituvchilarining universitetda o’tgazilgan ayollar spartakiadasidagi ishtiroki

Boburxonlik kechasiga bag’ishlangan tadbirda (2017 yil fevral)

Dehqonobod tumani ta’lim tizimida (2017 yil, may)

Talabalar turar joyida tadbir

Magistrlik dissertatsiyasi himoyasida

 

Kutubxonada talabalar bilan ishlash jarayoni

________________________________________________________________

© Qarshi davlat universiteti  www.qarshidu.uz 

________________________________________________________________