0 (375) 225 - 34 - 13               

 

QARSHI DU ARM FOK LABORATORY LANGUAGES TTJ JARAYON MARAFON MASTER OBOD 02 03 04 05 07
01 / 15

QARSHI DU

QARSHI DU

QDU

QARSHI DU
QARSHI DAVLAT UNIVERSITETI
02 / 15

ARM

03 / 15

FOK

04 / 15

LABORATORY

05 / 15

LANGUAGES

06 / 15

TTJ

TTJ

07 / 15

JARAYON

08 / 15

MARAFON

09 / 15

MASTER

MAGISTRATURA

10 / 15

OBOD

OBOD

11 / 15

02

12 / 15

03

13 / 15

04

14 / 15

QarshiDU

05

QarshiDU
15 / 15

07

INFORMATIKA O'QITISH METODIKASI KAFEDRASI

Ovozlar reytingi:  / 4
SayozZo'r 

Kafedra mudiri: Pedagogika fanlari nomzodi, dotsent

Karimov Qayum Mamashayevich

Telefon: (+99897) 720-44-14

Elektron manzili: kayum_km@umail.uz, qayum_km@mail.ru

Kafedra haqida

Qarshi davlat universiteti rektorining 2018-yil 1-noyabr №508-X buyrug’I bilan fizika-matematika fakulteti tarkibidagi Amaliy matematika va informatika kafedrasi bazasida Informatika o’qitish metodikasi kafedrasi tashkil etildi. Kafedraga 2018-yil 1-noyabrdan buyon pedagogika fanlari nomzodi, dotsent Karimov Qayum Mamashayevich mudirlik qilmoqda.

Kafedrada 5110700 – “Informatika o‘qitish metodikasi” yo‘nalishi bo‘yicha bakalavr kadrlar tayyorlanadi. Ayni vaqtda kafedrada 15 nafar professor-o‘qituvchi, 1 nafar laborant faoliyat ko‘rsatmoqda. Professor-o‘qituvchilardan 1 nafari fan nomzodi, dotsent, 2 nafari fan nomzodi, 6 nafari katta o‘qituvchi va 8 nafari assistent-o‘qituvchilardir.

Kafedrada universitetning 5130200 – “Amaliy matematika va informatika”, 5110700 – “Informatika o‘qitish metodikasi”  yo‘nalishiga taalluqli fanlari, hamda universitetning barcha ta’lim yo’nalishlari, maxsus sirtqi va sirtqi ta’lim yo‘nalishlari uchun “Ta’limda axborot texnologiyalari” fani o‘qitiladi. 

Kafedra professor-o’qituvchilari: 
  1. Karimov Qayum Mamashayevich                      p.f.n., dotsent
  2. Begmatova Nodira Hakimovna                          p.f.n., katta o‘qituvchi
  3. Qayumova Nasiba Ashurovna                           p.f.n., katta o‘qituvchi 
  4. Norov Abdisait Murodovich                                Katta o‘qituvchi
  5. Yuldoshev Ismoil Abriyevich                              Katta o‘qituvchi
  6. Safarov Laziz Sayimovich                                  Katta o‘qituvchi
  7. Qurbonov Zafar Mamanazarovich                      Katta o‘qituvchi
  8. Daminova Barno Esonovna                                O‘qituvchi
  9. Jo‘rayev To‘ychi Norbutayevich                          O‘qituvchi
  10. Shodiyev Fayzulla Yusupovich                           O‘qituvchi
  11. Razzoqov Ilhom Dovranovich                             O‘qituvchi
  12. Musurmonova Ma’mura Oman qizi                     O‘qituvchi
  13. Egamberdiyev Elyor Hayitmamatovich               O‘qituvchi
  14. Tog‘ayev Ilxom Baxtiyorovich                              O‘qituvchi
  15. Saidova Dilfuza Ergashevna                              O‘qituvchi 

Kafedrada olib borilayotgan ilmiy ishlar: 

  • Informatika fanini o‘qitishning dolzarb muammolari;

 

Kafedra O‘zRFAning “Matematika va information texnologiyalari”, O‘zMU, TATU, TDTU, SamDU, BuxDU hamda Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti kabi oliy ta’lim muassasalari bilan ilmiy aloqaga ega.

Kafedra qoshida “Algoritmlar” va “Shaxmat va shashka” to‘garaklari reja asosida faoliyat ko‘rsatib, ularga 30 dan ortiq iqtidorli talabalar muntazam ishtirok etadi hamda talabalarga ilmiy tadqiqot mavzulari bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar olib borilmoqda.

Kafedra professor-o‘qituvchilari va talabalari o‘rtasida ilmiy-texnik ma’lumotlar, innovatsion g‘oyalar va tajriba almashishni tashkil etish, xorijdagi universitetlarning mutaxassislik kafedralari bilan hamkorlikda seminar va taqdimotlar o‘tkazish kabi maqsadlarni nazarda tutadi.

Har o‘quv yilida “Informatika o’qitish metodikasi” bakalavriat ta’lim yo‘nalishi talabalari kasb-hunar kollejlari, akademik litsey va umumiy o‘rta ta’lim maktablarida malakaviy pedagogik amaliyot o‘tadilar.

Kafedrada iqtidorli talabalar bilan ilmiy-uslubiy ishlar professor-o‘qituvchilarga biriktirilgan holda olib boriladi. 

Xalqaro va Respublika miqyosidagi ilmiy-amaliy konferensiyalarda bir nechta iqtidorli talabalar ishtirok etib kelmoqdalar. 

Kafedrada Respublika fan olimpiadalarida “Informatika va axborot texnologiyalari” fani bo‘yicha 3-o‘rin g‘oliblari, tayyorlangan. 

2017-2018-o‘quv yilida  kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan 1 ta monografiya chop etilgan. 

Professor-o‘qituvchilar tomonidan 2017-2018-o‘quv yilida 3 ta Elektron hisoblash mashinalari uchun yaratilgan dasturning rasmiy ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomalar olingan.  

Hozirgi kunda kafedra qoshida “Informatika va matematika o’qitish metodikasi” ilmiy seminari faoliyat yuritmoqda. Unda ilmiy ma’ruzalar, maqolalar va dissertatsiya ishlari muhokama etilishi rejalashtirilgan. 

Hozirgi kunda kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan doktorlik dissertatsiyalari ustida ishlar olib borilmoqda. 

Kafedra manzili: Qarshi shahri Ko’chabog’, 17-uy

________________________________________________________________

© Qarshi davlat universiteti  www.qarshidu.uz 

________________________________________________________________