0 (375) 225 - 34 - 13               

 

01 / 06

QARSHI DU

QDU

QARSHI DU
02 / 06
03 / 06
04 / 06
05 / 06
06 / 06

FIZIKA KAFEDRASI

Ovozlar reytingi:  / 1
SayozZo'r 

Kafedra mudiri: fizika–matematika fanlari nomzodi, dotsent.

Qo‘yliyev Bahrom Tuxliyevich

Telefon: +99894 286-83-43

Elektron manzili: bahromq@rambler.ru

Kafedra tarixi 

2014-yilda «Astronomiya va optika» kafedrasi “Fizika va uni o‘qitish metodikasi” kafedrasi bilan birlashtirilib «Fizika» kafedrasi deb nomlandi. Kafedrada 2 ta professor, 4 ta fan nomzodi, dotsent, 2  ta  fan nomzodi, katta о‘qituvchi, 1 ta katta o‘qituvchi va   17 ta assistent о‘qituvchi faoliyat kо‘rsatmoqda. Ilmiy salohiyat – 43 %. «Fizika» kafedrasi 5140200 -  Fizika yo‘nalishi bo‘yicha mutaxassis chiqaruvchi kafedra hisoblanadi.  Kafedrada «M5A140202 -  Fizika (yo‘nalishlar bo‘yicha: optika, magnitooptika, molekulyar optika)» mutaxassisligi bo‘yicha magistratura mavjud.

Kafedrada о‘qitiladigan barcha fanlardan zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalari asosida ta’lim texnologiyalari yaratilgan. Kafedra qoshida ikkita zamonaviy axborot-kommunikatsiya va multimedia  vositalari bilan jihozlangan ma’ruzalar zali mavjud. Kafedrada hozirgi kunda dots. B.T.Qo‘yliyev rahbarlik qilmoqda.

Kafedrada ilmiy salohiyatni oshirish uchun barcha yosh o‘qituvchilar tajribali o‘qituvchilarga biriktirilgan. 5 nafar o‘qituvchi doktorlik ilmiy ishi ustida ishlamoqda. Kafedra qoshida ilmiy seminar faoliyat ko‘rsatadi. 

Kafedra O‘zR FA Astronomiya instituti, Samarqand davlat  universitetining "Optika va spektroskopiya" kafedrasi, O‘zbekiston Milliy universitetining "Fotonika" kafedrasi, O‘zR FAning Yadro fizikasi,   Ion-plazma va lazer fizikasi, Polimerlar fizikasi va kimyosi institutlari va ko‘pgina respublikamizdagi oliy o‘quv  yurtlari bilan hamkorlik asosida faoliyat olib bormoqda. Bundan tashqari kafedraning MDH mamlakatlari Oliy  o‘quv yurtlari bilan hamkorlik shartnomalari ham mavjud. Kafedra professor-o‘qituvchilari Sankt-Peterburg universiteti, Kiyev Milliy universitetlari professorlari bilan hamkorlikda maqolalar chop ettirishmoqda.

Ishlab chiqarish korxonalaridan Muborak gazni qayta ishlash korxonasi xodimlari bilan shartnoma asosida ilmiy tadqiqot ishlari olib borilmoqda.

Kafedra qoshida “Yosh fiziklar” to‘garagi faoliyat ko‘rsatadi, unga 20 dan ortiq iqtidorli talaba jalb etilgan.

Kafedrada 7 ta o‘quv laboratoriyasi  mavjud. Bundan tashqari "Molekulyar spektroskopiya" va geliotexnika sohasi bo‘yicha ilmiy laboratoriya mavjud  bo‘lib, unda bakalavr va magistr talabalar o‘zlarining bitiruv malakaviy vа magistrlik dissertatsiyalarini  bajarishmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining    2011-yil 20-maydagi PQ-1533-sonli qaroriga ko‘ra laboratoriyalarimiz O‘zbekiston Respublikasi Оliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligini rivojlantirish fondi tomonidan Germaniyada ishlab chiqarilgan yangi laboratoriya jihozlari bilan jihozlandi.

 

Kafedrada ilmiy-tadqiqot va uslubiy ishlar ham yaxshi yo‘lga qo‘yilgan. Kafedra tashkilotchiligida har 5 yilda Qarshi davlat universitetida Respublika miqyosida «Zamonaviy fizika va astronomiyaning dolzarb muammolari» mavzusida ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkaziladi. 2020-yilda kafedra tomonidan Respublika miqyosida Xalqaro qatnashchilar ishtirokida konferensiya o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan. Oxirgi 3 yilda kafedra professor-o’qituvchilari tomonidan 1 ta darslik, 1 ta elektron darslik, 4 ta o‘quv qo’llanma, 4 ta monоgrafiya muvofiqlashtiruvchi kengash ruxsatnomasi bilan chop etildi. 20 dan ortiq ilmiy maqolalar esa dunyoning nufuzli jurnallarida chop etildi.

Kafedra a’zolari Хalqaro, respublika, viloyat va universitet miqyosida o‘tkazib kelinayotgan ilmiy-amaliy konferensiyalarda ўзларининг мақола ва тезислари билан  faol ishtirok etib  kelmoqdalar. Masalan, dots. B. Qo‘yliyev Qrimda har ikki yilda bo‘ladigan Хalqaro konferensiyada doimiy ravishda o‘z ma’ruzasi bilan qatnashib kelmoqda.

“Kristallar va molekulalar spektroskopiyasi” XXI Хalqaro konferensiya.

Dotsent B.T.Qo‘yliyev (o‘rtada), Professor A.Koll (o‘ngda, Polsha), professor S.F.Bureyko (chapda, Rossiya, Sankt-Peterburg universiteti)


Konferensiyalardan lavhalar 

2015-2017- yillarда kafedra professor-o’qituvchilari tomonidan 2 ta amaliy loyiha bajarildi, shuningdek 2018-2020-yillarga rejalashtirilgan bitta amaliy loyiha bajarilmoqda.

Kafedraning uchta professor-o‘qituvchisi B.E.Xayriddinov, A.Q.Tashatov va B.T.Qo‘yliyevlar doktorlik dissertatsiyalarini himoya qiladigan ixtisoslashgan ilmiy kengashga a’zodirlar.

Baxtimiz qomusi - Konstitutsiyamizning 25 yilligi munosabati bilan kafedra professor-o‘qituvchilaridan B.E.Xayriddinov, A.Q.Tashatov va B.T.Qo‘yliyevlar ko‘krak nishoni bilan taqdirlandilar.

Kafedrada reja asosida talabalar bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazilib boriladi.


Ma’naviy-ma’rifiy tadbirlardan lavhalar 

2017 yil 20-aprelda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ №2909-sonli qarori qabul qilindi. Ushbu qarordan kelib chiqib kafedrada kelgusida amalga oshiriladigan ishlar rejasi belgilab olindi. Ular quyidagilar:

  • Ilmiy salohiyatni oshirish.
  • Moddiy texnik bazani zamonaviylashtirish.
  • Ta’lim jarayoniga Xalqaro ta’lim standartlariga asoslangan ilg‘or pedagogik texnologiyalar va o‘quv-uslubiy materiallarini keng joriy qilish.
  • Kafedrada ilmiy salohiyatni oshirish uchun yo‘nalishlar bo‘yicha olib boriladigan ilm-fanni yanada rivojlantirish, uni ishlab chiqarish  korxonalaridagi muammolar bilan integratsiyalashuvini kuchaytirish.
  • Ilmiy tadqiqot ishlarning samaradorligini oshirish va sohalardagi muammolarni yechish.
  • Iqtidorli talabalarni ilmiy-tadqiqot ishlariga muntazam ravishda jalb qilish.

Kafedraning ilmiy darajali professor-o‘qituvchilari:

1. B.E. Xayriddinov  T.f.d professor 

2. A.Q. Tashatov F-m.f.d professor 

3. B.T.Qo`yliyev F-m.f.n dotsent 

4. N. Xolmirzayev  T.f.n dotsent 

5. T.J. Jumayev F-m.f.n dotsent 

6. G.S. Uzoqova P.f.n dotsent 

7. M. Raxmatov P.f.n dotsent 

8. A.S. Mallayev F-m.f.n katta o`qituvchi 

________________________________________________________________

© Qarshi davlat universiteti  www.qarshidu.uz 

________________________________________________________________